---
title: Domen faollashtirish muammolarini hal qilish
description: Domen faollashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar va ularning yechimlari
navigation: true

badges:
  - value: Domenlar
    to: /domains
    target: _self
    icon: lucide:globe

authors:
  - name: Arlen Egamov
    username: arlen
---

Ushbu qo'llanma domen faollashtirishda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan muammolar va ularni bartaraf etish usullarini ko'rsatib beradi.

## Cheklangan domen nomi

Domen quyidagi sabablardan biriga ko'ra buyurtma uchun rad etilishi mumkin:

### Maxsus domenlar

ICANN tavsiyasiga ko'ra turli darajadagi domenlarda turli shaxslar uchun zahiralangan domen nomlari hisoblanadi. Masalan, `example.uz`, `facebook.uz`, &mldr;

### GENERIC domenlar

Tarmoq, idoraviy va boshqa shunga o'xshash xususiyatlarni hisobga olgan holda uchinchi darajali domen nomlarini ro'yxatdan o'tkazish uchun mo'ljallangan.

### Davlat domen nomi

O'zbekiston Respublikasining davlat boshqaruvi va hokimiyat organlarining nomlarini yoki belgilarini, shuningdek, ma'muriy birliklarini — viloyat, hokimiyat, shahar, qishloq, ovul va shu kabilarni, jumladan ularning qisqartmalari va/yoki abbreviaturalarini o'z ichiga olgan domen nomi.

### Noto'g'ri domen nomi

Odobsiz, axloqsiz, noqonuniy, davlatga qarshi yoki ijtimoiyga qarshi xarakterdagi iboralarni o'z ichiga olgan domen nomi. Domen nomining yaroqsizligi «UZ» domen ma'muri tomonidan faollashtirish vaqtida aniqlanadi.

### Fishing deb belgilanishi

Ro'yxatdan o'tkazuvchining xavfsizlik tizimi, antivirus dasturi yoki brauzeri tomonidan domen nomining maxfiy ma'lumotlarni — parollar, karta raqamlari, shaxsiy ma'lumotlarni o'g'irlash maqsadida soxta saytlar yaratish uchun ishlatilishi mumkinligi haqidagi ogohlantirish. Masalan, `instagramm.uz`.

## Balansda mablag' yetarli emas

::callout{type="warning" icon="lucide:circle-alert"}
  Hisob balansida domen faollashtirishga yetarli mablag' borligiga ishonch hosil qiling. Kerakli mablag' bo'lmasa, ariza qabul qilinmaydi.
::

## Shaxsiy ma'lumotlar noto'g'ri to'ldirilgan

::callout{type="warning" icon="lucide:circle-alert"}
  Kontaktning barcha maydonlari to'g'ri va to'liq to'ldirilganiga ishonch hosil qiling. Noto'g'ri yoki to'liq bo'lmagan ma'lumotlar faollashtirishni rad etish uchun asos bo'ladi.
::

<br>

::button-link{right-icon="lucide:arrow-up-right" to="https://hostmaster.uz/domains/uz" target="_blank"}
  Domen buyurtma berish
::

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/domains/billing/domain-actication-problems
