---
title: .uz domenini roʻyxatdan oʻtkazish va uzaytirish jarayonlari
description: О процессах регистрации и продления домена зоны .uz
navigation: true

badges:
  - value: Domenlar
    to: /domains
    target: _self
    icon: lucide:globe

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

::i-frame{link="https://hostmaster.uz/domains/uz/?dname=#tariffs" ratio-w="1280" ratio-h="910"}
::

::alert{to="https://hostmaster.uz/domains/uz/?dname=#tariffs" target="_blank" icon="lucide:link"}
  Yuqoridagi sahifa havolasi
::

> Tariflar yuridik va jismoniy shaxslar uchun ham amal qiladi;

## Domen uchun to'lov va Muddatni cho'zish

* Domeningizni yuqoridagi jadvalda ko'rsatilgan tartib va narxlarga ko'ra, kerakli muddat bo'yicha sotib olaverasiz.
* Yoki mavjud domeningiz muddatini uzaytirib olishning imkoni mavjud. Bu "`Muddatini cho'zish`" ustuni orqali berilgan narxlar asosida amalga oshadi.


* Domen buyurtmasi va uni aktivlashtirish jarayonlari ma'lum vaqt olishi mumkin. Shuningdek, aktiv ish vaqti hisoblanmaydigan vaqtlarda, dam olish kunlari, bayram kunlari har qanday domen to'lov masalalari keyingi aktiv ish vaqtiga qoldiriladi.
* Domen muddatini uzaytirish jarayoni ketma-ket bir vaqtda amalga oshirilmaydi. Muddatni uzaytirish jarayoni o'rtacha 3 kun vaqt olishi va faqat shu muddat o'tgach, keyingi muddatni uzaytirish jarayoni amalga oshirib olinishi mumkin.

## Domen uchun to'lov vaqtida qilinmasa nima bo'ladi?

> Aytaylik, domen muddati bugun tugaydigan kun bo'lsa

1. Ertasi kunidan boshlab, 7 kun vaqt davomida domen "`Uzaytirishni kutish`" holatiga o'tadi va jadvaldagi "`Muddatini cho'zish`" to'lov summalari bo'yicha domen muddatini cho'zib olish mumkin bo'ladi.
2. Agar domen muddati 7 kundan ortiq muddatga cho'zilib ketsa, mana shu 7-kun o'tgach, keyingi 30 kunlik "`Redemption Period`"(Sotib olish davri) boshlanadi. `Redemption Period` davrida ham domen o'z egasi nomida qo'ladi, ammo aktiv bo'lmaydi.
    - `Redemption Period` davrida domenni bir yilga aktivlashtirmoqchi bo'lsangiz, "`Muddatini cho'zish`" emas, balki "`Redemption Period`" ustunidagi summani to'laysiz;
    - `Redemption Period` davrida domenni, masalan, birdaniga besh yilga aktivlashtirmoqchi bo'lsangiz, avval uning 1 yili uchun "`Redemption Period`" ustunidagi summa, so'ng qolgan 4 yili uchun "`Muddatini cho'zish`" ustunidagi 4 yillik summa yechib olinadi.
        > Ayni holat umumiy ma'noda ko'proq vaqt talab qiladi. Sababi, domen ustida ketma-ket amaliyotlar bajarilishi 3-4 kun oraliq vaqt bilan amalga oshirilishi kerak. Shu sabab, avval bir yilga aktivlashtiriladi, so'ng, 3-4 kun vaqt ichida muddati yana 4 yilga cho'zib beriladi;
3. Domen muddati "`Uzaytirishni kutish`" davridan ham, "`Redemption Period`" davridan ham o'tib ketsa (jami 37 kun), ushbu domen o'zining eski egasidan butunlay bo'shatiladi va istalgan odam uni o'z nomiga rasmiylashtirib olishi mumkin bo'ladi.

<br>

::button-link{right-icon="lucide:arrow-up-right" to="https://hostmaster.uz/domains/uz" target="_blank"}
  Domen buyurtma qilish
::


---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/domains/billing/registration-and-renewal-process-of-uz-domain
