---
title: Hostmasterning DNS menejeridan foydalanish uchun nima qilish kerak?
description: 
navigation: true

badges:
  - value: Domenlar
    to: /domains
    target: _self
    icon: lucide:globe

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

- Sizda boshqa registratordan olingan .uz domen mavjud va uni ma'lum sabablarga ko'ra (masalan, hosting, VDS server yoki infratuzilmangiz Hostmasterda joylashganligi sababli) Hostmasterga ko'chirmoqchisiz;

- Siz ilgari DNS boshqaruvini boshqa provayderga o'tkazgansiz, ammo endi uni yana Hostmaster orqali boshqarishni xohlaysiz;

- Yoki siz barcha domenlaringizni bitta joyda — Hostmasterda jamlamoqchisiz va buni qanday amalga oshirishni bilmoqchisiz.

---

Qaysi holat bo'lishidan qat'iy nazar, domeningiz DNS yozuvlarini Hostmaster orqali boshqarish uchun ikki xil usul mavjud:

### 1. Domenni to'liq Hostmasterga ko'chirish

Bu usulda siz domen registratorini Hostmasterga o'tkazasiz. Natijada domen to'liq ko'chiriladi va uning DNS boshqaruvi hamda to'lovlari Hostmaster orqali amalga oshiriladi.

:read-more{icon="lucide:link" title=".uz domenini Hostmasterga ko'chirish bo'yicha yo'riqnoma" to="/domains/billing/how-to-transfer-uz-domain-to-hostmaster"}

### 2. Domen NS yozuvlarini Hostmaster DNS serverlariga sozlash

Registrator o'zgarmagan holda ham, domeningiz uchun NS yozuvlarini Hostmaster DNS serverlariga yo'naltirishingiz mumkin.

Ammo, agar domen boshqa registratorda bo'lsa, siz hostmaster.uz'dagi DNS menejerdan foydalana olmaysiz. Bunday holatda, agar sizda hosting mavjud bo'lsa, uning DNS menejeri orqali domenni qo'shib olib, so'ng cPanel-ning "Zone Manager" interfeysi orqali boshqarishingiz mumkin.

:read-more{icon="lucide:link" title="Hostmasterning DNS serveri NS yozuvlari qanday?" to="/domains/billing/what-are-the-ns-records-of-hostmaster"}

::alert{type="warning" icon="lucide:triangle-alert"}
  **E'tiborga oling**<br>
  Domen registratorini ko'chirish masalasi aynan .uz domeni uchun. boshqa TLD-larni Hostmasterga ko'chirishning hozircha imkoni mavjud emas. NS yozuvlarning o'zini sozlashda esa TLD-ning ahamiyati yo'q.
::

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/domains/billing/what-to-do-to-use-hostmasters-dns-manager
