---
title: Domen tuzilishi
description: Domenlar qanday tuzilgan? Domen nomlari so'ngidagi nuqta(.) o'zi nima? Root DNS server
navigation: true

badges:
  - value: Domenlar
    to: /domains
    target: _self
    icon: lucide:globe
  - value: DNS
    to: /domains/dns
    target: _self
    icon: lucide:pencil-line

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

Domenlar qanday tuzilgani sirini oddiy `google.com` misolida ko‘rib chiqamiz.

Bu yerda asosiy kalit element bu **nuqta (.)**.

Domen tuzilishini inson ismiga qiyoslash mumkin. Masalan, *John Doe* ismi domen holatida bunday ko'rinishda bo'ladi: `john.doe`.<br>  
Demak, `google.com` ikki qismdan iborat: `google` (root domen) va `com` (yuqori darajali domen).  

Ammo shu o'rinda, domenlarda bo'ladigan bir yashirin qism ham mavjud: texnik jihatdan `google.com` aslida **`google.com.`** tarzida yoziladi, ya'ni so'ngida qo'shimcha/yakunlovchi nuqta(.) bilan.<br> 
O‘sha oxiridagi nuqta — bu domenlar ierarxiyasining eng yuqori qismi, ya’ni **Root DNS**ni bildiradi.

Demak, to'liq holatdagi `google.com.` uchun tuzilma quyidagicha:

| Daraja | Qism Qiymati  | Qism Nomi                         | Tavsif                                                                 |
| ------ | ------------- | --------------------------------- | ---------------------------------------------------------------------- |
| **0**  | `.`           | Root DNS (server)                 | DNS ierarxiyasining eng yuqori qismi; har bir domen shu yashirin nuqta bilan tugaydi. |
| **1**  | `com`         | Yuqori darajali domen (TLD)       | `.com` Verisign tomonidan boshqariladi; barcha `.com` domenlarini saqlaydi.   |
| **2**  | `google`      | Ikkinchi darajali domen (SLD)     | Google tomonidan `.com` ostida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Brend, tashkilotni bildiradi. |
| **3**  | `google.com.` | To‘liq domen nomi (FQDN)          | So'ngida nuqta(.) bilan birga yozilgan eng to‘liq holatdagi domen nomi.             |

Siz `google.com` deb yozganingizda, aslida brauzeringiz oxiriga qo'shimcha nuqtani avtomatik qo‘shadi va DNS rezolverlardan u bo'yicha ma’lumot so‘raydi.

---

### Qiziqarli ma’lumotlar  

::alert{type="secondary"}
#### Domen nomi qanday bo'lishi kerak?
* **harflar** `a`–`z` (katta-kichik farq qilmaydi).  
* **raqamlar** `0`–`9`.
* **defis (-)** ishlatish mumkin, ammo qoidalari bor:  
  * U **o‘rtada** bo‘lishi mumkin (`my-site.com`).  
  * U **domen boshlanishida yoki oxirida** bo‘lolmaydi (`-site.com` ❌, `site-.com` ❌).  
  * U **ikki defis (-- )** bilan boshlanmasligi kerak, bundan faqat maxsus punycode domenlar (masalan, inglizchadan boshqa tillarda) mustasno.

Shu tartibda o'zingizga domen nomini tanlab olishingiz mumkin.

::



---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/domains/domain-structure
