---
title: Domen ma'lumotlarini qayerdan aniqlab olsam bo'ladi?
description: Har qanday domen haqida WHOIS ma'lumotlarini bilib olish uchun asosiy manbaalar haqida bilib oling
navigation: true

badges:
  - value: Domains
    to: /domains
    target: _self
    icon: lucide:globe

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

## Domenning WHOIS ma'lumotlari

**WHOIS ma'lumotlari** — bu ro'yxatdan o'tkazilgan domen nomi haqida ochiq (yoki qisman ochiq) ma'lumotlar to'plami hisoblanadi. Ushbu ma'lumotlar domen registratorlari va registrlari tomonidan saqlanadi va WHOIS qidiruv xizmatlari orqali olish mumkin.

### WHOIS nimalarni o'z ichiga oladi?

Odatda WHOIS yozuvi quyidagi ma'lumotlarni o'z ichiga oladi:

- **Domen nomi** — ro'yxatdan o'tgan domen (masalan: hostmaster.uz)
- **Registrator** — domen ro'yxatdan o'tkazilgan kompaniya
- **Ro'yxatdan o'tgan sana** — domen qachon yaratilgan
- **Amal qilish muddati** — domen muddati qachon tugaydi
- **Name Serverlar (NS)** — domenni yo'naltiruvchi serverlar
- **Domen egasi (Registrant) ma'lumotlari** — ismi, tashkilot, email, telefon, ...
- **Admin kontakt** — ma'muriy masalalar uchun mas'ul shaxs
- **Texnik kontakt** — texnik muammolar uchun mas'ul shaxs
- **Domen holati** — (masalan: active, suspended, pending, transfer)

### WHOIS nima uchun kerak?

WHOIS ma'lumotlari quyidagilar uchun foydali:

- Domen egasini tekshirish
- Domen mavjud yoki yo'qligini aniqlash
- DNS yoki hosting muammolarini aniqlash
- Domen egasi bilan bog'lanish
- Shubhali yoki zararli domenlarni tekshirish

### Maxfiylik (Privacy Protection)

Ko'plab registratorlar **WHOIS Privacy Protection** xizmatini taklif qiladi. Bu xizmat orqali shaxsiy ma'lumotlar (ism, email, telefon) yashiriladi va ularning o'rniga umumiy (proxy) ma'lumotlar ko'rsatiladi.

## WHOIS ma'lumotini olish uchun muhim manbaalar

> Agar bu .uz domeni bo'lsa, eng yaxshi (rasmiy) manbaa bu - ccTLD ning [cctld.uz](https://cctld.uz/) sayti hisoblanadi.
> Agar boshqa TLD domeni bo'lsa, unda quyida berilgan manbaalardan foydalanishingiz mumkin

### DomainTools

::color-mode-image
---
srcLight: /images/domains/en/domaintools1.jpg
srcDark: /images/domains/en/domaintools1.jpg
alt: 
---
::

:read-more{icon="lucide:link" title="Yuqoridagi sahifani ochish" to="https://whois.domaintools.com/" target='_blank'}

WHOIS ma'lumoti olinadigan domen(SLD)ni to'liq holatda kiriting

Qidirishni bosganingizda quyidagi kabi ma'lumot olasiz:

::color-mode-image
---
srcLight: /images/domains/en/domaintools2.jpg
srcDark: /images/domains/en/domaintools2.jpg
alt: 
---
::

### GoDaddy-dan WHOIS ma'lumotlari

Yuqoridagi qidiruv qismiga kerakli domenni kiriting va qidirish tugmasini bosing:

::color-mode-image
---
srcLight: /images/domains/en/godaddy.jpg
srcDark: /images/domains/en/godaddy.jpg
alt: 
---
::

:read-more{icon="lucide:link" title="Yuqoridagi sahifani ochish" to="https://www.godaddy.com/en-ph/whois" target='_blank'}


---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/domains/how-to-get-the-domain-info
