---
title: Subdomenlar
description: Subdomen o'zi nima?
navigation: true

badges:
  - value: Domenlar
    to: /domains
    target: _self
    icon: lucide:globe
  - value: DNS
    to: /domains/dns
    target: _self
    icon: lucide:pencil-line

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

Tasavvur qiling, siz `house.com` domeni egasisiz.
Bunda siz faqat `house.com` domenining o'ziga emas, balki quyidagi domenlarga ham, bir vaqtning o'zida, ega bo'lasiz:

- `www.house.com`  
- `kitchen.house.com`  
- `basement.house.com`  
- `backyard.house.com`  
- `pool.backyard.house.com`
- ...`.house.com`

Bularning barchasi — subdomenlardir.

**Subdomen** — bu asosiy domen(SLD + TLD) nomidan **avval keladigan** umumiy domen qismi hisoblanadi.  

Masalan:
- `basement.house.com` domenida **basement** — bu `house.com`(SLD) uchun subdomen.
- `pool.backyard.house.com` domenida esa **pool** ham, **backyard** ham subdomenlar hisoblanadi. `backyard` — bu `house.com`(SLD) uchun bo'linish qismi(subdomeni), `pool` esa `backyard.house.com` uchun bo'linish qismi(subdomeni) hisoblanadi.

Bir ma'noda, bu sizning kompyuteringizdagi katalog(papka) strukturasiga o'xshab ketadi:

`./com/house/backyard/pool`
Ya’ni, "ildiz" domen(Root domen)dan  com TLD(Top Level Domain - Yuqori(1-darajali) domen) ochiladi, keyin undan `house` SLD(Second Level Domain - ikkinchi darajali domen), undan keyin esa backyard(`house.com` subdomeni), so‘ngra pool(`backyard.house.com` subdomeni) ochiladi va u yerda bizga kerakli sayt joylashgan bo‘ladi.

---

### Qiziqarli faktlar

::alert{type="secondary"}
#### Domenlarni nechinchi darajagacha bo'lish mumkin?
Bu quyidagi qoidalarga bog‘liq bo'ladi:  
1. To‘liq domen nomi (FQDN) uzunligi **253 ta belgidan** oshmasligi kerak (nuqtalar ham hisoblanadi). Masalan, `pool.backyard.house.com.` domenida 24 ta belgi;
2. Har bir (nuqtalar orasidagi) qism **63 ta belgidan** oshmasligi kerak;
3. Juda ko‘p darajalar DNS so‘rovlarini sekinlashtiradi va murakkablashtiradi;  

Nazariy jihatdan, siz taxminan **127 ta daraja** yaratishingiz mumkin (253 ÷ ~2 belgi ≈ 127).  
- Odatda saytlar 2–3-darajada to‘xtaydi (masalan, `mail.google.com`, `accounts.google.com`).  
- Korxonalarda ba’zida ichki tizimlar uchun 4–5-darajagacha boradi.  
- Bundan ortig‘i ham mumkin, lekin kam uchraydi.
::


---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/domains/subdomains
