---
title: To'lov qilish tartibi
description: Hostmaster xizmatlari uchun to'g'ri tartibda to'lovni amalga oshirish
navigation: true

badges:
  - value: To'lovlar
    to: /personal-cabinet/billing
    target: _self
    icon: lucide:credit-card

authors:
  - name: Umidjon Obidov
    username: umidjon
  - name: Arlen Egamov
    username: arlen
---

Hostmaster xizmatlari uchun to'lovlarni tez, xavfsiz va rasmiy tarzda amalga oshirishingiz shart-sharoitlari yaratilgan bo'lib, to'lov usuli siz jismoniy yoki yuridik shaxs ekanligingizga bog'liq bo'ladi.

## Jismoniy shaxslar uchun to'lov

Jismoniy shaxslar xizmatlar uchun ommabop to'lov ilovalari orqali to'lov qilishlari mumkin:

* Payme;
* Click;
* Uzum Bank.

Xavfsizlik, shaffoflik va mablag'larning avtomatik hisobga o'tishini ta'minlash uchun barcha to'lovlar faqat rasmiy to'lov tizimlari orqali amalga oshirilishi shart.

### To'lovni amalga oshirish tartibi

1. **Payme**, **Click** yoki **Uzum Bank** ilovasini oching.
2. Xizmatlarni to'lash bo'limiga o'ting.
3. Qidiruvdan **Hostmaster** kompaniyasini toping.
4. **Mijoz ID (ID klienta)** raqamingizni kiriting.
5. To'lovni tasdiqlang.

:read-more{to="/personal-cabinet/billing/how-to-top-up-your-balance-with-click-payme-uzumbank" title="Jarayon bilan to'liqroq tanishmoqchi bo'lsangiz, bizda bu mavzu uchun alohida maqolamiz bor" target="_blank"}

## Yuridik shaxslar uchun to'lov

Yuridik shaxslar xizmatlar uchun **faqat pul o'tkazish (безналичный расщёт) yo'li bilan** to'lov qiladilar.

To'lovni amalga oshirish uchun hisob-faktura (счет) olish va unda ko'rsatilgan rekvizitlar bo'yicha bank o'tkazmasini bajarish lozim. Mablag' kelib tushgach, xizmat avtomatik ravishda faollashadi yoki uzaytiriladi.

Agar tashkilotingizga **didox.uz** EDO (elektron hujjat aylanishi) tizimi orqali hisob-faktura taqdim etilishi kerak bo'lsa, Hostmaster [yordam markazi](https://t.me/hostmaster_support){target="_blank"}ga murojaat qiling. Mutaxassislar zarur hujjatlarni tayyorlab, jo'natib berishadi.

## Xizmat ko'rsatish shartnomasi

Xosting yoki domen nomini ro'yxatdan o'tkazish xizmatlari bo'yicha shartnoma har doim shaxsiy kabinetda tayyor turadi.

Shartnomani ochish uchun:

1. Kerakli xizmat bo'limiga o'ting.
2. **"Operatsiyalar"** bo'limini oching.
3. Hujjat belgisining (list) ustiga boring.
4. Sichqoncha ko'rsatkichini olib borganingizda **"Shartnomani ochish"** degan yordamchi yozuv chiqadi.
5. Shartnomani ochish yoki yuklab olish uchun tugmani bosing.


## To'lovda muammo yuzaga kelsa

Agar to'lov o'tmayotgan bo'lsa, birinchi navbatda quyidagilarni tekshiring:

* Mijoz ID raqami to'g'ri kiritilganiga ishonch hosil qiling;
* Bank kartangizda yetarli mablag' borligini tekshiring;
* Biroz kutib, to'lovni qayta amalga oshirishga urinib ko'ring.


::alert{type="warning" icon="lucide:triangle-alert"}
  **Muhim eslatma:** Agar muammo hal bo'lmasa yoki to'lov muvaffaqiyatli bajarilib, mablag' hisobga o'tmagan bo'lsa, Hostmaster yordam markaziga murojaat qiling. Murojaatga to'lov chekini ilova qilish muammoni tezroq hal qilishga yordam beradi.
::

## Ko'p so'ralgan savollar (FAQ)

::accordion{collapsible}

  ::accordion-item
  #title
  Mijoz ID raqamini qayerdan topish mumkin?

  #content
  Mijoz ID raqami shaxsiy kabinetning **"Xizmatlar va to'lovlar"** bo'limida ko'rsatiladi. Ilovada to'lov qilayotganda aynan shu identifikatorni ko'rsatish shart.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Karta raqam bersangiz, xizmat uchun to'lovni shu kartangizga tashlab qo'ysam bo'ladimi?

  #content
  Hostmaster xodimlarning yoki kompaniyaning bank kartalariga to'g'ridan-to'g'ri o'tkazmalarni qabul qilmaydi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Amerika dollarida (USD), yoki bitkoinda, yohud shu kabi biror xalqoro valyutada to'lov qilsam bo'ladimi? 

  #content
  Bizda barcha hisob-kitob ishlari faqat va faqat O'zbekiston Respublikasi milliy valyutasi – o'zbek so'mida (UZS) qabul qilinadi.
  ::

::

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/personal-cabinet/billing/payment
