---
title: FAQ
description: Shaxsiy kabinet bo'yicha ko'p so'ralgan savollar
navigation: true

badges:
  - value: Shaxsiy kabinet
    to: /personal-cabinet
    target: _self
    icon: lucide:user-round

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
  - name: Umidjon Obidov
    username: umidjon
  - name: Marat Aglyamov
    username: marat
---

::accordion{collapsible}

  ::accordion-item
  #title
  Akkaunt qanday yaratiladi?

  #content
  
  Ro'yxatdan o'tish uchun rasmiy saytimizga o'ting (hostmaster.uz). Faol elektron pochta manzilingizni kiritgan holda, ishonchli parol o'ylab topib, ro'yxatdan o'tasiz. Shuningdek, ro'yxatdan o'tish payti, sizdan "kontakt" yaratish ham so'raladi. Formani to'ldirilganingizdan so'ng shaxsiy kabinetingiz yaratiladi.
  <br>

  :read-more{icon="lucide:link" title="Hostmasterda ro'yxatdan o'tish" to="/personal-cabinet/registration/registration-in-hostmaster" target="_blank"}

  :read-more{icon="lucide:link" title="Kontakt yaratish" to="/personal-cabinet/registration/establish-physical-legal-contact" target="_blank"}

  ::

  ::accordion-item
  #title
  Elektron pochtani tasdiqlash kerakmi?

  #content
  Ha, elektron pochta manzilini tasdiqlash majburiy bosqich hisoblanadi. Ushbu emailga muhim bildirishnomalar, hisob-fakturalar va serverlaringizga kirish ma'lumotlari yuboriladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Akkaunt ma'lumotlarini qanday o'zgartirish mumkin?

  #content
  Shaxsiy ma'lumotlaringizni mustaqil ravishda yangilashingiz mumkin. Buning uchun shaxsiy kabinetga kiring va "Mening kontaktlarim" bo'limiga o'ting, u yerda ma'lumotlarni tahrirlash maydonlari mavjud.
  <br>

  :read-more{icon="lucide:link" title="Shaxsiy ma'lumotlarni o'zgartirish" to="/personal-cabinet/registration/changing-personal-info" target="_blank"}
  
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Akkaunt emailini o'zgartirish mumkinmi?

  #content
  Shaxsiy akkauntingiz uchun sozlangan elektron pochta manzilini o'zgartirish bizning texnik qo'llab-quvvatlash kontaktlarimizga bog'lanish orqali, bilvosita amalga oshiriladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Parolni qanday tiklash mumkin?

  #content
  Agar akkauntga kirishni parolingizni yo'qotgan bo'lsangiz, shaxsiy kabinet kirish sahifasidagi "Parolni tiklash" funksiyasidan foydalaning. Parolni tiklash bo'yicha ko'rsatmalar tasdiqlangan elektron pochta manzilingizga yuboriladi.
  <br>

  :read-more{icon="lucide:link" title="Parolni tiklash" to="/personal-cabinet/registration/password-restoration" target="_blank"}
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Parolni o'zgartirish mumkinmi?

  #content
  Ha, boshqaruv paneli orqali yoki qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat orqali parolingizni yangilab olishingiz mumkin.
  <br>

  :read-more{icon="lucide:link" title="Shaxsiy kabinet uchun kirish parolini o'zgartirish" to="/personal-cabinet/registration/where-can-i-change-the-password-for-my-personal-account" target="_blank"}
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Shaxsiy kabinetda kirish ma'lumotlari bormi, bera olasizmi?

  #content
  Yo'q, biz sizga kirish ma'lumotlari to'g'ridan-to'g'ri taqdim eta olmaymiz. Bunday ma'lumotlar, faqat tasdiqlangan elektron pochta manziliga yuboriladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Akkaunt buzib kirilsa nima qilish kerak?

  #content
  Shubhali faollik aniqlansa yoki akkaunt ustidan nazorat yo'qolsa, texnik qo'llab-quvvatlash bilan zudlik bilan bog'lanishingiz lozim bo'ladi. Biz begona shaxslarning kirishini bloklash va xizmatlaringiz ustidan nazoratni tiklashga yordam beramiz.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Mening xizmatlarimni qayerda ko'rishim mumkin?

  #content
  Joriy faol xizmatlaringiz, ularning holati va amal qilish muddatlari to'g'risidagi barcha ma'lumotlar shaxsiy kabinetingizda mavjud.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Xizmatlar uchun qanday to'lash mumkin?

  #content
  Xizmatlarimiz uchun to'lov amalga oshirishda ko'p ishlatiladigan to'lov ilovalaridan foydalanishingiz mumkin: Payme, Click yoki Uzum Bank. To'lov chiqarilgan hisob-faktura asosida amalga oshiriladi. Shaxsiy kabinetda tarifni tanlagandan so'ng, tizim hisob-faktura shakllantiradi va xizmat to'lovdan so'ng avtomatik faollashadi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Qanday to'lov tizimlari mavjud?

  #content
  Hozirda uchta asosiy to'lov tizimi qo'llab-quvvatlanadi: Payme, Click va Uzum Bank. Bu bank kartalari (Uzcard/Humo) yordamida tezkor to'lovlarni amalga oshirish imkonini beradi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Hisob-faktura bo'yicha qanday to'lash mumkin?

  #content
  Hisob-faktura bo'yicha to'lov naqd pulsiz hisob-kitob orqali amalga oshiriladi. Agar siz yuridik shaxs nomidan faoliyat yuritsangiz, to'lov uchun hisob-faktura so'rashingiz, so'ngra ko'rsatilgan rekvizitlar bo'yicha bank o'tkazmasini amalga oshirishingiz lozim.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  To'lov o'tmadi, nima qilishim kerak?

  #content
  Avvalo, kiritilgan ma'lumotlarning to'g'riligini va balansda yetarli mablag' borligini tekshiring. Agar ma'lumotlar to'g'ri bo'lsa, lekin tranzaksiya rad etilsa, sabablarni aniqlash va zarur bo'lsa to'lovni qo'lda kiritish uchun darhol texnik qo'llab-quvvatlashga murojaat qilishingiz lozim.
  ::

::


---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/personal-cabinet/faq
