---
title: cPanel-ning "Forwarders" interfeysi
description: cPanel-ning elektron pochta xabarlarini yo'naltirish interfeysi
navigation: true

badges:
  - value: Web Hosting
    to: /shared-hosting
    target: _self
    icon: lucide:layout-template

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

:badge[cPanel v134.0.20]{type="info"}

:read-more{icon="lucide:link" title="Rasmiy qo'llanma" to="https://docs.cpanel.net/cpanel/email/forwarders/" target="_blank"}

cPanel-ning "Forwarders" interfeysida siz, bir elektron pochta xabarlarini, boshqasiga yo'naltirishni sozlab olasiz.

Interfeys quyidagicha qismlardan tashkil topgan:

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/emails-section_23.jpg
srcDark: /images/shared-hosting/en/emails-section_23.jpg
alt: Fig1 | cPanel's Forwarders interface
---
::

1. Email, yoki domen yo'naltiruvchisini yaratish uchun tugmalar
2. Sozlangan elektron pochta yo'naltiruvchilarining jadvali
3. Domen pochtalari yo'naltiruvchilarining jadvali

## Elektron pochta yo'naltiruvchisini yaratish

::steps{level="5"}

  ##### Yangi elektron pochta yo'naltiruvchisini qo'shish uchun, "Add Forwarder" tugmasini bosing

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/emails-section_24.jpg
  srcDark: /images/shared-hosting/en/emails-section_24.jpg
  alt: Fig2 | cPanel's Forwarders interface
  ---
  ::

  ##### Yangi email yo'naltiruvchisini qo'shish sahifasida formani to'ldirib, "Add Forwarder" tugmasini bosing

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/emails-section_25.jpg
  srcDark: /images/shared-hosting/en/emails-section_25.jpg
  alt: Fig3 | cPanel's Forwarders interface
  ---
  ::

  1. Birinchi qo'shiladigan narsa, bu &mdash; elektron pochta xabarlari aynan qaysi elektron pochtadan yo'naltirilishi, ya'ni yo'naltiriladigan pochta manzili. Yuqoridagi formada siz, yo'naltiriluvchi pochta manzilini to'liq holda emas, balki avval nomi, so'ng domenini ko'rsatgan holda kiritasiz. Masalan, yo'naltiriluvchi pochta bu `info@hosting1.scroll.uz` bo'lsa, avval `info`(pochta nomi) so'ng `hosting1.scroll.uz`(pochta domeni) tanlab olinishi lozim.

  Yuqoridagi rasmda biz 2 dan 6 gacha ko'rsatgan variantlarimizning bari, manzil elementlari hisoblanadi, ya'ni "destination". Bu qismda siz, birinchi qismda ko'rsatgan elektron pochtangizga elektron xabar kelib tushganda, bu xabar bilan nima ish amalga oshirishingizni tanlab olasiz.

  2. Agar kelib tushgan xabar shunchaki boshqa elektron pochtaga ham yuborilishi kerak bo'lsa, "Forward to Email Address" opsiyasini tanlaysiz va manzil pochtasini to'liq holatda kiritasiz. Bu yerda ko'rsatiladigan pochta manzili sizning domeningiz manzili bo'lishi shart emas. Bunday yo'naltirishni har qanday pochta manzili uchun sozlashingiz mumkin.

  3. Agar siz, "Discard and send an error to the sender (at SMTP time)" bandini tanlasangiz, jo'natuvchi jo'natma qabul qilinmagani haqida xabar oladi. Bu xabar matniga, sababni aniqlashtirib beruvchi matn yozib jo'natish imkoni mavjud.

  4. "Forward to a system account" qismi belgilansa, tizim akkaunti belgilanishi va pochta qabul qiluvchi xabarni umumiy tizim pochtasiga yuborilishini sozlash mumkin bo'ladi.

  5. "Pipe to a Program" qismi, shunchaki boshqa tomonga yo'naltirish bo'lmay, endi qabul qilinadigan xabarni script bilan qayta ishlash imkonini beradi. Buning uchun forma maydoniga script faylingiz manzilini kiritishingiz kerak bo'ladi. Masalan, script faylingiz `public_html` papkasida joylashgan bo'lsa, uning to'liq manzili - `/home/sizning_papkangiz/public_html/script.php` bo'ladi, siz esa input maydonga `public_html/script.php` holatida kiritishingiz kerak bo'ladi.

  6. Discard opsiyasi esa, bu pochta uchun xabarlarni butunlay qabul qilmaslikni sozlaydi.

  ##### Shu tariqa elektron pochta yo'naltiruvchisi yaratib olinadi

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/emails-section_26.jpg
  srcDark: /images/shared-hosting/en/emails-section_26.jpg
  alt: Fig4 | cPanel's Forwarders interface
  ---
  ::

  > Elektron pochta yo'naltiruvchilarini o'zgartirib olish imkoniyati, ba'zi sabablarga ko'ra mavjud emas. Shuning uchun o'zgartirish amaliyotini, avval eskisini o'chirib, so'ng kerakli holatda yaratib olish orqali amalga oshirib olasiz.

  > Jadvalda yo'naltiruvchini o'chirib olish uchun "Delete" tugmasi berilgan bo'ladi.

::

## Domen yo'naltiruvchisini yaratish

Domen yo'naltiruvchilari qabul qiluvchi domenning har qanday pochta xabarini yo'naltiravermaydi. Bu noto'g'ri tushuncha.

Domen yo'naltiruvchisining asl maqsadi &mdash; agar xabar qabul qiluvchi pochta mavjud bo'lmasa va autoresponder ham sozlanmagan bo'lsa, belgilangan manzil domen pochtasiga xabarlarni yo'naltirish.

Masalan, agar xabar `user1@example.uz` pochtasiga jo'natilsa, ammo bunday pochta mavjud bo'lmasa, shuningdek, autoresponder sozlanmagan bo'lsa, tizim bu domen uchun Domain Forwarder(domen yo'naltiruvchisi) sozlanganini tekshiradi. Mavjud bo'lsa, kerakli domen pochtasiga xabarni yo'naltiradi (masalan, sozlangan domen `example2.uz` bo'lsa, xabar `user1@example2.uz` ga jo'natiladi).

::steps{level="5"}

  ##### Forwarders interfeysidan "Add Domain Forwarder" tugmasini bosing

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/emails-section_27.jpg
  srcDark: /images/shared-hosting/en/emails-section_27.jpg
  alt: Fig5 | cPanel's Forwarders interface
  ---
  ::

  ##### Ochilgan sahifadan formani to'ldiring va undagi "Add Domain Forwarder" tugmasini bosing
  
  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/emails-section_28.jpg
  srcDark: /images/shared-hosting/en/emails-section_28.jpg
  alt: Fig6 | cPanel's Forwarders interface
  ---
  ::

  1. Yo'naltiriladigan domenni tanlang
  2. Yo'naltiradigan domeningiz manzilini kiriting. Bu yerda siz, manzil domen uchun sizga tegishli bo'lmagan domenni ham kiritishingiz mumkin. Ammo ehtiyot bo'ling, bunda, siz qabul qiladigan spam xabarlarni boshqa domen pochtalariga yo'naltirishni sozlab qo'yishingiz mumkin.

  ##### Shu tariqa domen yo'naltiruvchisi qo'shiladi

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/emails-section_29.jpg
  srcDark: /images/shared-hosting/en/emails-section_29.jpg
  alt: Fig7 | cPanel's Forwarders interface
  ---
  ::

  > Domen yo'naltiruvchilarini o'zgartirib olish imkoniyati, ba'zi sabablarga ko'ra mavjud emas. Shuning uchun, o'zgartirish amaliyotini, avval eskisini o'chirib, so'ng kerakli holatda yangisini yaratib olish orqali amalga oshirib olasiz.

  > Jadvalda yo'naltiruvchini o'chirib olish uchun "Delete" tugmasi berilgan bo'ladi.

::

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/shared-hosting/cpanel/email-section/cpanel_forwarders
