---
title: "\"Global Email Filters\" interfeysi"
description: Har qanday domeningiz va uning pochtalariga keluvchi xabarlar uchun global filter yaratish imkoniyati
navigation: true

badges:
  - value: Web Hosting
    to: /shared-hosting
    target: _self
    icon: lucide:layout-template

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

:badge[cPanel v136.0.32]{type="info"}

:read-more{icon="lucide:link" title="Rasmiy qo'llanma" to="https://docs.cpanel.net/cpanel/email/global-email-filters/" target="_blank"}

---

Global filter sizda qancha domen va ular uchun qancha pochta ochilganidan qat'iy nazar, butunlay barcha pochtalaringiz uchun amal qiladigan filter hisoblanadi. Individual filterlar yaratib olish uchun cPanel-ning "Email Filters" interfeysidan foydalanishingiz lozim.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_1.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_1.png
alt: Fig1 | Global Email Filters interface
---
::

Interfeys juda sodda ko'rinishga ega bo'lib, global filter yaratish uchun tugma va filterlar ro'yxatini o'z ichiga oladi.

## Global filter yaratish

> Namuna sifatida, agar keladigan xabar sarlavhasida "Top secret" matni, yoki xabar matnida "top secret" matni mavjud bo'ladigan vaziyat uchun ushbu xabarni `sherali.hostmaster@gmail.com` pochtasiga o'tkazib yuborishni ko'rib chiqamiz.

::steps{level=5}

  ##### Global Email Filters interfeysidagi "Create a New Filter" tugmasini bosamiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_2.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_2.png
  alt: Fig2 | Global Email Filters interface
  ---
  ::

  ##### Yangi global filter uchun formani to'ldiramiz va yaratish uchun "Create" tugmasini bosamiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_3.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_3.png
  alt: Fig3 | Global Email Filters interface
  ---
  ::

  2. Filter uchun istalgan biror nom yozamiz;
  3. Shu o'rinda keyingi yana ikki qism mavjud: Rules va Actions. Rules bu keladigan xabarlar uchun ma'lum qoidalar ro'yxati, Actions bu Rules ga to'g'ri keladigan holatda amalga oshiriladigan jarayonlar ro'yxati. Ushbu qismda Biz birinchi rule(qoida) uchun xabar qismini tanlaymiz. Tanlangan Subject bu xabarning sarlavha qismi hisoblanadi.
  4. Keyingi qismda contains tanlangan bo'lib, bu ko'rsatiladigan matn Subject ichida (xoh, boshi, xoh oxiri, xoh o'rtasida) kelgan bo'lsa, deb talqin qilinadi;
  5. Ushbu qismda matnning o'zi kiritiladi va shu bilan birinchi rule tugatiladi. Ya'ni, end Subject ichida "Top Secret" matni kelsa ishga tushishi kerak;
  6. Biz bu yerda bitta rule bilan cheklanmaymiz. Rule ning o'ng tomonida "+" tugmasi beriladi va u yangi rule qo'shishni anglatadi. Mana shu tugmani bir marta bosamiz;
  7. Yangi rule da "Body" xabar tana qismini tanlab olamiz;
  8. Tana qismi ichida ham matn istalgan qismda kelishi holatini - contains, tanlanadi;
  9. Qidiriladigan so'z uchun "top secret" yozib qo'yiladi (birinchi rule ga aloqador joyi yo'q, biz bir xil matn tanladik, siz esa ixtiyoringizdagi istalgan matnni ishlataverasiz);
  10. Actions qismi uchun esa faqat bir jarayon amalini sozlaymiz. Action turi uchun "Redirect to Email" tanlaymiz, ya'ni kelgan xabar tegishli rule larga mos tushsa keyingi o'rinda beriladigan pochtaga qayta yo'naltirib yuborish;
  11. Ushbu qismda yo'naltiriladigan pochta manzilini kiritib qo'yamiz.

  ##### Shu tariqa global filter yaratiladi

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_4.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_4.png
  alt: Fig4 | Global Email Filters interface
  ---
  ::

  > Ro'yxatda har bir global filter uchun uni tahrirlash(Edit) va o'chirish(Delete) uchun tugmalar beriladi.

  ##### Yaratilgan global filterni tekshirib olamiz

  Buning uchun o'zimizdagi biror pochtadan `info@scroll.uz` pochtasiga xabarning Subject yoki Body qismida "top secret" matnini qo'shib xabar yuboramiz.

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_5.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_5.png
  alt: Fig5 | Global Email Filters interface
  ---
  ::

  Xabar jo'natilgach biroz kutamiz va yo'naltirilishi kerak bo'lgan pochta qutisini tekshiramiz:

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_6.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/global-email-filters_6.png
  alt: Fig6 | Global Email Filters interface
  ---
  ::

  Ko'rib turganingizdek, filter aynan biz sozlagandek ishlab turibdi. `info@scroll.uz` ga esa bu xabar umuman yetib bormaydi.

::

## Rule - qoidani sozlash

| Rule turi | Tavsifi |
|------------|------------------|
| From | Xat yuboruvchisining (From) email manzilini tekshiradi. |
| Subject | Xat mavzusini (Subject) tekshiradi. |
| To | Xat qabul qiluvchisining (To) email manzilini tekshiradi. |
| Any Recipient | Xatning barcha qabul qiluvchilari (To, Cc va Bcc) orasida qidiradi. |
| Reply | Xatdagi Reply-To manzilini tekshiradi. |
| Body | Xatning asosiy matni (Body) ichida qidiradi. |
| Any Header | Xatning istalgan header (sarlavha) qismida qidiradi. |
| Has Not Been Previously Delivered | Xat ilgari yetkazilmagan bo'lsa shart bajariladi. Odatda qayta ishlanish yoki qayta yo'naltirish sikllarining oldini olish uchun ishlatiladi. |
| Is an Error Message | Xat avtomatik xatolik (bounce) xabari ekanligini tekshiradi. |
| List ID | Xat mailing list tomonidan yuborilganligini aniqlovchi `List-ID` headerini tekshiradi. |
| Spam Status | Apache SpamAssassin™ xatni spam deb belgilagan yoki belgilanmaganligini tekshiradi. **Barcha spam xatlarni filtrlash uchun** `begins with` operatorini tanlab, qiymat sifatida `Yes` kiriting. |
| Spam Bar | Apache SpamAssassin™ tomonidan berilgan spam darajasini `+` belgilarida tekshiradi. Masalan, `+++++` spam bali **5.0 yoki undan yuqori**, `++++` esa **4.0 yoki undan yuqori** ekanligini bildiradi. |
| Spam Score | Apache SpamAssassin™ tomonidan berilgan spam ballini son sifatida tekshiradi. Bu maydon bilan `is above`, `is below` kabi sonli operatorlardan foydalanish mumkin. |

---

| Matnni qidirish turi | Tavsifi |
|------------------|------------------|
| contains | Qiymat ichida berilgan matn mavjudligini tekshiradi. |
| matches regex | Qiymatni muntazam ifoda (Regular Expression) bo'yicha tekshiradi. |
| does not contain | Qiymat ichida berilgan matn mavjud emasligini tekshiradi. |
| equals | Qiymat berilgan matnga aynan tengligini tekshiradi. |
| begins with | Qiymat berilgan matn bilan boshlanishini tekshiradi. |
| ends with | Qiymat berilgan matn bilan tugashini tekshiradi. |
| does not begin | Qiymat berilgan matn bilan boshlanmasligini tekshiradi. |
| does not end | Qiymat berilgan matn bilan tugamasligini tekshiradi. |
| does not match | Qiymat berilgan matnga aynan mos emasligini tekshiradi. |
| is above (numbers only) | Qiymat berilgan sondan katta ekanligini tekshiradi. Faqat sonli qiymatlar uchun ishlaydi. |
| is not above (numbers only) | Qiymat berilgan sondan katta emasligini tekshiradi. Faqat sonli qiymatlar uchun ishlaydi. |
| is below (numbers only) | Qiymat berilgan sondan kichik ekanligini tekshiradi. Faqat sonli qiymatlar uchun ishlaydi. |
| is not below (numbers only) | Qiymat berilgan sondan kichik emasligini tekshiradi. Faqat sonli qiymatlar uchun ishlaydi. |


## Action - amaliy jarayonni sozlash

| Action | Tavsifi |
|--------|------------------|
| Discard Message | Xatni butunlay o'chiradi. Xat qabul qilinmaydi va pochta qutisiga saqlanmaydi. |
| Redirect to Email | Xatni ko'rsatilgan boshqa email manziliga avtomatik yo'naltiradi. Asl nusxasi qoidalarga qarab saqlanishi yoki saqlanmasligi mumkin. |
| Fail With Message | Xatni rad etadi va yuboruvchiga siz belgilagan xatolik (bounce) xabarini qaytaradi. |
| Stop Processing Rules | Joriy qoida bajarilgandan so'ng qolgan email filtrlari tekshirilishini to'xtatadi. |
| Deliver to Folder | Xatni ko'rsatilgan pochta papkasiga (masalan, INBOX yoki boshqa papka) yetkazadi. |
| Pipe to a Program | Xatni serverdagi dastur yoki skriptga uzatadi. Odatda avtomatik ishlov berish yoki maxsus integratsiyalar uchun ishlatiladi. |

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/shared-hosting/cpanel/email-section/global-email-filters-interface
