---
title: "\"File and Directory Restoration\" interfeysi"
description: Yo'qotilgan, yoki o'chirib yuborilgan fayl yoki papkani kerakli sana bo'yicha tiklab olish
navigation: true

badges:
  - value: Veb Hosting
    to: /shared-hosting
    target: _self
    icon: lucide:layout-template

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

Bundan avvalgi "Backup" va "Backup Wizard" interfeyslari to'liq olinadigan backup va tiklash interfeyslari bo'lgan bo'lsa, ushbu interfeys aniq tanlanadigan fayl yoki papkaning kerakli sana bo'yicha tiklanishi uchun ishlatiladi.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/file-and-directory-restoration_1.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/file-and-directory-restoration_1.png
alt: Fig1 | File and Directory Restoration
---
::

1. Chap tomondagi qismda kerakli fayl yoki papkani topib olasiz;
2. Kerakli fayl yoki papka qarshisidagi "Show Backups" tugmasi bosilishi bilan o'ng tomondagi qism tanlangan fayl yoki papka uchun mavjud zaxira nusxalarini sanalari bilan ko'rsatadi.

Masalan, quyida biz `public_html` papkasi ichidagi `docs` papkasi uchun zaxiralarni ko'rib olishimiz mumkin:

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/file-and-directory-restoration_2.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/file-and-directory-restoration_2.png
alt: Fig2 | File and Directory Restoration
---
::

Tiklash uchun esa, kerakli sana uchun "Restore" tugmasini bosishning o'zi kifoyda qiladi.

Shuningdek, chap qismda "Enter a path" usuli orqali aniq papka manzilini ko'rsatishingiz va "Show Backups" tugmasini bosib, zaxira nusxalarini chiqarib olishingiz mumkin bo'ladi:

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/file-and-directory-restoration_3.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/file-and-directory-restoration_3.png
alt: Fig3 | File and Directory Restoration
---
::

Doimgidek, kerakli sana uchun "Restore" tugmasini bosib, tiklab olaverasiz.

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/shared-hosting/cpanel/files-section/file-and-directory-restoration-interface
