---
title: "\"Git™ Version Control\" interfeysi"
description: 
navigation: true

badges:
  - value: Veb Hosting
    to: /shared-hosting
    target: _self
    icon: lucide:layout-template

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

Bu interfeys bizga Git tizimlarini bizdgi hosting bilan sinxron holda ishlashi uchun vosita vazifasini bajarib beradi.

Masalan, sizning `github.com`da loyihangiz bor va uni hostingga ko'chirib olmoqchisiz. Ammo oddiy arxivlash va ko'chirish usuli biroz noqulaylik tug'dirishi tabiiy va bunda bizga versiya boshqaruv tizimi - Git yordamga keladi. Ya'ni har qanday o'zgarishni siz mana shu git tizimi orqali juda qulay holatda yuklab olishingiz mumkin bo'ladi.

cPanel-ning "Git™ Version Control" interfeysi bilan esa bu jarayon bir tugmaning bosilishi bilan amalga oshadigan bo'ladi.

Faqatgina boshlang'ich sozlash ishlarini qilib olsangiz bas.

> Quyida interfeysni sozlashni ko'rsatib o'tishdan avval eslatamiz, bu interfeysning ishlashini tushunish uchun sizda Git tizimi va Github platformasi bo'yicha boshlang'ich tushuncha va amaliyot bo'lishi kerak.

## Github platformasidan kerakli repository-ni hosting uchun sozlab olish

Bu yerda biz testlash uchun alohida github repo yaratib olamiz va uni hostingga joylash uchun alohida subdomen ham yaratamiz.

::steps{level=5}

  ##### `git.scroll.uz` nomli alohida subdomen yaratib olamiz 

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_1.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_1.png
  alt: Fig1 | Git™ Version Control
  ---
  ::

  > Shu o'rinda, yaratilgan subdomen uchun o'z nomi asosida papka hosil bo'ladi. Biz git repo ni aynan shu papkaga sozlaymiz

  ##### Subdomen papkasini to'liq tozalab olasiz

  cPanel-ning "File manager" interfeysi orqali kirib, subdomen papkasi ichidagi barcha fayllarni (yashirinlarini ham) o'chirib yuborishigniz kerak bo'ladi

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_2.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_2.png
  alt: Fig2 | Git™ Version Control
  ---
  ::

  > Busiz git repo clone bo'lmaydi. Sababi clone qilish jarayoni tanlangan papkaning to'liq bo'm-bo'sh bo'lishini talab qiladi. Bu juda muhim!

  ##### github.com platformasida temp nomi ostida alohida namuna repo yaratib olamiz va clone havolasini nusxalab olamiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_3.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_3.png
  alt: Fig3 | Git™ Version Control
  ---
  ::

  ##### Git™ Version Control interfeysidan "Create" tugmasini bosamiz
  
  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_4.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_4.png
  alt: Fig4 | Git™ Version Control
  ---
  ::
  
  ##### Ochilgan sahifa formasida kerakli bo'limlarni to'ldiramiz va "Create" tugmasini bosamiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_5.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_5.png
  alt: Fig5 | Git™ Version Control
  ---
  ::

  1. github.com da nusxalab olingan repo havolasini joylashtiramiz
  2. repo uchun papka sifatida subdomen papkasini kiritamiz (asosiy domen uchun `public_html` deb kiritasiz)
  3. "Create" tugmasini bosasiz

  ##### Shu tariqa github.com-dagi git repo bilan bog'lanma yaratiladi 
  
  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_5.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_5.png
  alt: Fig5 | Git™ Version Control
  ---
  ::

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_6.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_6.png
  alt: Fig6 | Git™ Version Control
  ---
  ::

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_7.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_7.png
  alt: Fig7 | Git™ Version Control
  ---
  ::

::

## Loyihadagi o'zgarishni yuklab olish

Biz allaqachon bog'lamani yaratib oldik. Shu sabab, kerakli tugmani topib, uni bosib qo'yish bilan loyiha yangilanaveradi.

::steps{level=5}

  ##### Avvaliga github.com dagi repo da, index.html faylimizda kichik o'zgarish qilib olamiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_8.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_8.png
  alt: Fig8 | Git™ Version Control
  ---
  ::

  ##### Interfeysdagi yangilash tugmasi orqali so'ngi yangilanishni yuklab olamiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_9.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_9.png
  alt: Fig9 | Git™ Version Control
  ---
  ::

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_10.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_10.png
  alt: Fig10 | Git™ Version Control
  ---
  ::

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_11.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_11.png
  alt: Fig11 | Git™ Version Control
  ---
  ::

  ##### Shu tariqa oxirgi yangilanishlar hosting papkasiga git tizimi bo'yicha kelib tushadi

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_12.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_12.png
  alt: Fig12 | Git™ Version Control
  ---
  ::

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/git_13.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/git_13.png
  alt: Fig13 | Git™ Version Control
  ---
  ::

::

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/shared-hosting/cpanel/files-section/git-version-control-interface
