---
title: "\"Images\" interfeysi"
description: Rasm fayllari ustida turli amallarni amalga oshirish mumkin bo'lgan cPanel interfeysi bilan tanishamiz
navigation: true

badges:
  - value: Veb Hosting
    to: /shared-hosting
    target: _self
    icon: lucide:layout-template

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

:badge[cPanel v136.0.28]{type="info"}

:read-more{icon="lucide:link" title="Rasmiy qo'llanma" to="https://go.cpanel.net/Images" target="_blank"}

---

Web loyihalarda rasmlarning hosting serverga yuklanishi va ularning ustida o'lcham va o'lchovlarning normalizatsiyalari(thumbnailing, convertation, resizing) hozirda BackEnd tizimining o'zida amalga oshiriladi. Ya'ni backend frameworkning o'zi rasm yuklanishi jarayonining o'zida uning thumbnail versiyasini yaratib, undan foydalanishni yo'lga qo'yishi mumkin.

Bu davrgacha esa hamma narsalar statik bo'lgan va hozirda ham ba'zi loyihalar statik holatda qoldirilgan (baza va backend tuzilmasisiz).

Nima bo'lishidan qat'iy nazar, buni foydali deb topamizmi yoki yo'q, cPanel bizga rasmlar ustida ishlash uchun o'zining alohida interfeysini taqdim etadi - Images.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/images_1.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/images_1.png
alt: Fig1 | Images Interface
---
::

Shuningdek, quyida ko'rib chiqiladigan holatlar uchun biz alohida `shop.scroll.uz` nomli subdomen va uning katalogidagi images papkasiga namunaviy rasm qo'shib qo'ydik:

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/images_2.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/images_2.png
alt: Fig2 | Images Interface
---
::

## Scaler - rasm o'lchamini o'zgartirib olish

::steps{level=5}

  ##### "Images" interfeysimizdan "Scaler" havolamizni bosamiz va ochiladigan fayl menejer kabi sahifadan o'lcham o'zgartirilishi kerak bo'lgan faylimizni topib olamiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_3.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_3.png
  alt: Fig3 | Images Interface
  ---
  ::

  ##### O'lcham o'zgartirish sahifamizda o'zimizga kerakli holatda o'lchamni belgilab olamiz va "Scale Image" tugmasini bosamiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_4.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_4.png
  alt: Fig4 | Images Interface
  ---
  ::

  ##### Natijada 2 xil fayl hosil bo'ladi

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_5.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_5.png
  alt: Fig5 | Images Interface
  ---
  ::

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_6.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_6.png
  alt: Fig6 | Images Interface
  ---
  ::
  
  1. `old-` qo'shimchasi qo'shilgan rasmning asl nusxasi;
  2. Faylning o'z nomi bilan esa o'lchami o'zgargan holati saqlanadi.


::

## Thumbnailer - rasmlarning eskiz holatini yaratish

> Vazifasi nuqtai nazaridan "Thumbnailer" xuddi "Scaler" ning butun boshli rasmlar papkasiga qo'llash mumkin bo'lgan variantiga o'xshab ketadi.

::steps{level=5}

  ##### "Images" interfeysimizdan "Thumbnailer" havolamizni bosamiz va ochiladigan fayl menejer kabi sahifadan o'lcham o'zgartirilishi kerak bo'lgan papkani topib olamiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_7.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_7.png
  alt: Fig7 | Images Interface
  ---
  ::

  ##### O'zimizga kerak bo'lgan o'lcham o'zgarishini belgilaymiz va "Thumbnail Images" tugmasini bosamiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_8.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_8.png
  alt: Fig8 | Images Interface
  ---
  ::

  ##### Natijada rasmlar joylashgan papkamiz ichida "thumbnails" papkasida o'lchamlari o'zgartirilib, fayl nomi oldiga `tn_` qo'shilgan holda yangi fayllar hosil bo'ladi

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_9.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_9.png
  alt: Fig9 | Images Interface
  ---
  ::

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_10.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_10.png
  alt: Fig10 | Images Interface
  ---
  ::

::

## Converter - rasmlarning kengaytmasini o'zgartirish

Ba'zida bizning loyihamiz uchun aynan ma'lum kengaytmali rasm fayllari kerak bo'ladi va bunda biz rasmlarimizni "Converter" uskunamiz orqali kerakli kengaytma holatiga o'tkazib olishimiz mumkin bo'ladi.

::steps{level=5}

  ##### "Images" interfeysimizdan "Converter" havolamizni bosamiz va ochiladigan fayl menejer kabi sahifadan kengaytmalari o'zgartiriladigan fayllar joylashgan papkani belgilaymiz (papka ichidagi aniq bir rasm faylini ham tanlash mumkin)

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_11.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_11.png
  alt: Fig11 | Images Interface
  ---
  ::

  ##### O'zgartiriladigan rasm formatini tanlab olamiz va "Convert" tugmasini bosamiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_12.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_12.png
  alt: Fig12 | Images Interface
  ---
  ::

  ##### Natijada rasmlarimizning biz tanlagan kengaytmadagi nusxalari paydo bo'ladi

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_13.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_13.png
  alt: Fig13 | Images Interface
  ---
  ::

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/shared-hosting/en/images_14.png
  srcDark: /images/shared-hosting/en/images_14.png
  alt: Fig14 | Images Interface
  ---
  ::

::

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/shared-hosting/cpanel/files-section/images-interface
