---
title: cPanelda SSL sertifikati qanday olinadi (v134)
description: cPanel-ning "SSL/TLS Certificates" interfeysi va domenlar uchun TLS sertifikatini olish tartibi
navigation: true

badges:
  - value: Web Hosting
    to: /shared-hosting
    target: _self
    icon: lucide:layout-template

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

:badge[cPanel v134.0.30]{type="info"}

:read-more{icon="lucide:link" title="Rasmiy qo'llanma" to="https://docs.cpanel.net/cpanel/security/ssl-tls-certificates/" target="_blank"}

---

::alert{type="warning" icon="lucide:triangle-alert"}
  **Versiyani tekshirish:** Ushbu qo'llanma aynan cPanel **v134.0.30** va undan yangiroq versiyalar uchun yozilgan. Agar siz boshqacha eski interfeysni ko'rayotgan bo'lsangiz, hosting serveringiz hali ham eski versiyada (v110 yoki undan past) ishlayotgan bo'lishi mumkin.
::

:read-more{icon="lucide:link" title="Eski versiyalar uchun qo'llanmani ochish" to="/shared-hosting/cpanel/security-section/ssl-tls-status" target="_self"}

Zamonaviy cPanel versiyalarida alohida xavfsizlik menyulari yagona va soddalashtirilgan interfeysga birlashtirilgan: **SSL/TLS Certificates** (SSL/TLS sertifikatlari). Ushbu yangi ko'rinish eski “SSL/TLS Status” jadvali o'rnini egallaydi va sayt (TLS sertifikat bilan) shifrlanishini boshqarish uchun qulayroq tab menyuli holatga keltirilgan.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_1.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_1.png
alt: 1-rasm | Zamonaviy cPanel SSL/TLS Certificates varaqalari
---
::

Yangi ekran maxsus kalitlardan tortib, sertifikatlarni o'rnatishgacha bo'lgan barcha jarayonlarni boshqarish uchun qulay tab menyuli holatda:
* **Wizard (Uskuna):** Domenlarni bosqichma-bosqich tanlash va yangi sertifikatlarni o'rnatish uchun mo'ljallangan asosiy tab menyu.
* **Status (Holat):** Faol sertifikatlarni ko'rish va tizim jurnallarini (log) tekshirish menyusi.
* **Certificates / Keys / Requests (Sertifikatlar / Kalitlar / So'rovlar):** Shaxsiy kalitlar va CSR (sertifikat imzolash so'rovlari) hujjatlarini qo'lda ko'rish, yuklash yoki yaratish uchun kengaytirilgan menyu qismlari.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_10.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_10.png
alt: 7-rasm | Sertifikat uchun katakchalarni belgilash
---
::

---

## SSL va TLS: Farqi nimada?

Veb-saytingiz xavfsizligini boshqarishda siz **SSL** va **TLS** atamalarining tez-tez bir ma'noda qo'llanishiga guvoh bo'lasiz. Biroq ular aynan bir xil narsa emas.

### SSL o'zi nima?
**SSL (Secure Sockets Layer)** — 1990-yillarda foydalanuvchi brauzeri va hosting serveringiz o'rtasida uzatiladigan ma'lumotlarni shifrlash uchun ishlab chiqilgan dastlabki texnologiyadir. Eski xavfsizlik zaifliklari tufayli **asl SSL’ning barcha versiyalari hozirda butunlay eskirgan va ulardan foydalanish xavfli hisoblanadi.**

### Unda TLS nima?
**TLS (Transport Layer Security)** — SSL’ning zamonaviy va yuqori darajada himoyalangan voris texnologiyasi. SSL bilan aynan bir xil vazifani bajaradi — ma'lumotlarni shifrlaydi va maxfiylikni himoya qiladi, lekin ancha kuchliroq xavfsizlik algoritmlaridan foydalanilgan. Bugungi veb-standartlar faqat **TLS 1.2** va **TLS 1.3** protokollariga tayaniladi. Ya'ni, aslida siz doim domeningiz uchun SSL emas, TLS sertifikat olasiz.

### Nima uchun biz hali ham uni "SSL" deb ataymiz?
Agar SSL eskirgan bo'lsa, nima uchun cPanel hali ham ushbu menyuni "SSL/TLS Certificates" deb ataydi?

Buning sababi odamlarning eski atamaga ko'nikib qolganliklaridan. Oxirgi 30 yil ichida "SSL" atamasi keng tanilgan nomga aylanib ulgurgan. O'z saytlarini himoya qilmoqchi bo'lgan oddiy foydalanuvchilarni chalg'itmaslik uchun dasturiy ta'minot panellari(cPanel kabi) va hosting provayderlari(jumladan biz - Hostmaster) ushbu nomdan foydalanishda davom etmoqdalar. SSL o'rnatildi deb yuritiladi, lekin aslida TLS sertifikat olingan bo'ladi.

---

::alert{type="danger" icon="lucide:octagon-alert"}
  **MUHIM TEKSHIRUV:** Sertifikat olishga urinishdan oldin domeningiz **albatta** ro'yxatdan o'tgan, faol va hosting serveringizga yo'naltirilgan bo'lishi shart. Agar unday bo'lmasa, ketma-ket muvaffaqiyatsiz urinishlar tufayli Sertifikat Markazlari domeningizni bloklab qo'yishi mumkin.
::

### So'rov cheklovlari (Blokirovkalar)
Domen tasdiqlanishi qayta-qayta xatolik bilan tugasa, Sertifikat Markazlari (masalan, Let's Encrypt) sizni bloklaydi:

* **1 soatlik blok:** Agar domenni tasdiqlash bir soat ichida 5 marta muvaffaqiyatsiz tugasa, siz **1 soatga** bloklanasiz.
* **7 kunlik blok:** Agar siz tizimli ravishda xato bo'lgan bir xil sertifikatlarni takroran so'rayversangiz, **7 kunlik blokka** tushish xavfi bor (haftasiga ko'pi bilan 5 ta bir xil sertifikat dublikatiga ruxsat beriladi).

Saytingiz ishga tushishi bir haftaga kechikmasligi uchun, sertifikat berish tugmasini bosishdan oldin hamisha DNS sozlamalari to'liq yangilanishini kutishingiz lozim.

---

## 1-qadam: Domeningiz tayyor holatdaligini tekshiring

### 1. Domen holatini tekshiring
Domeningiz faol va ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak.

* **`.uz` domenlari uchun:** Rasmiy reyestrni [cctld.uz](https://cctld.uz) sayti orqali tekshiring:
    ::color-mode-image
    ---
    srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_2.png
    srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_2.png
    alt: 2-rasm | .uz domeni holatini tekshirish
    ---
    ::
    1. Qidiruv satriga domen nomini kiriting.
    2. Holat faol (aktiv) ekanligini tasdiqlang.

* **Boshqa barcha domenlar uchun (`.com`, `.net` va h.k.):** [whois.domaintools.com](https://whois.domaintools.com/) kabi standart WHOIS xizmatlaridan foydalaning:
    ::color-mode-image
    ---
    srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_3.png
    srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_3.png
    alt: 3-rasm | Global WHOIS holatini tekshirish
    ---
    ::
    1. Domen nomini kiriting.
    2. Domen faol va sizning nomingizga ro'yxatdan o'tganligiga ishonch hosil qiling.

### 2. Domen hostingingizga yo'naltirilganini tekshiring
Domeningiz aynan siz foydalanayotgan hosting serverining IP manzilinga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

1. **Domenning hozirgi IP manzilini aniqlang:** [dnschecker.org](https://dnschecker.org) saytiga kiring, **A record** turini tanlang va domeningizni qidiring. Ko'rsatilgan IP manzilini belgilab qo'ying.
    ::color-mode-image
    ---
    srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_4.png
    srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_4.png
    alt: 4-rasm | DNS A yozuvini tekshirish
    ---
    ::

2. **cPanel IP manzilini toping:** cPanel boshqaruv panelining o'ng tomonidagi **General Information** (Umumiy ma'lumotlar) blokiga qarang. U yerdan **Shared IP Address** (Umumiy IP manzil) yoki **Dedicated IP Address** (Ajratilgan IP manzil) qiymatini toping.
    ::color-mode-image
    ---
    srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_5.png
    srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_5.png
    alt: 5-rasm | cPanel’da hosting serveri IP manzilini topish
    ---
    ::

> ⚠️ **Qoida:** Ushbu ikki IP manzil bir xil bo'lishi kerak. Agar ular mos kelmasa, tizim sertifikat bera olmaydi.

---

## 2-qadam: Sertifikatni "Wizard" orqali rasmiylashtirish

Domen sozlamalari to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qilganingizdan so'ng, sertifikat yaratish uchun **SSL/TLS Certificates** bo'limidagi **Wizard** menyusiga o'tib oling.

### 1. Domenlarni tanlang
Wizard-ni ochganingizda, **Issue a certificate** (Sertifikat berish) qismiga e'tibor bering.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_9.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_9.png
alt: 6-rasm | Dastlabki bo'sh uskuna ekrani
---
::

Agar hali hech qanday domen tanlanmagan bo'lsa, maydon bo'sh ko'rinadi. Domen ro'yxatini chiqarish uchun qidiruv maydonidan foydalaning.

### 2. Kerakli domenlarni belgilang
Sizning asosiy domeningiz va uning barcha subdomenlari aks etgan ro'yxat paydo bo'ladi.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_11.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_11.png
alt: 7-rasm | Sertifikat uchun katakchalarni belgilash
---
::

1. Chap tomondagi katakchalardan (chekbox) foydalanib, himoyalanishi kerak bo'lgan domenlarni tanlang.
2. *Life-hack:* Barcha subdomenlarni birvarakasiga himoya qilish uchun wildcard domeningizni belgilasangiz, qolgan subdomenlar avtomatik tanlanadi (masalan, `*.example.com`).
3. **Continue** (Davom etish) tugmasini bosing.

### 3. Tasdiqlash holatini kuzating
Interfeys sizning tanlovingizni qayta ishlaydi va har bir host uchun real vaqt rejimidagi yangilanishlarni ko'rsatadi.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_12.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_12.png
alt: 8-rasm | Domen nazoratini tasdiqlash (Domain Control Validation) holati
---
::

* Tanlangan elementlarda ko'k rangli **Running Domain Control Validation...** (Domen nazoratini tasdiqlash bajarilmoqda...) holat belgisi paydo bo'ladi.
* Belgilanmagan yoki ichki qoidalar bilan allaqachon himoyalangan elementlar uchun pastda tegishli eslatmalar ko'rsatiladi.

### 4. Provayderni tanlang
Sahifani pastrog'iga tushib, **Select the product that you would like for this certificate** (Ushbu sertifikat uchun mahsulotni tanlang) qismiga o'ting.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_13.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_13.png
alt: 9-rasm | Mahsulotni tanlash ekrani
---
::

Bepul va avtomatlashtirilgan asosiy xavfsizlik sertifikatini so'rash uchun pastki o'ng burchakdagi **Let's Encrypt Certificate** tugmasini bosing.

### 5. Shartlarni qabul qiling va yakunlang
Provayder shartlarini ko'rib chiqishni so'rovchi tasdiqlash oynasi ochiladi.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_14.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_14.png
alt: 10-rasm | Let's Encrypt tasdiqlash oynasi
---
::

1. **"I acknowledge that certificates are managed by the Let's Encrypt Terms of Service."** (Sertifikatlar Let's Encrypt xizmat ko'rsatish shartlari asosida boshqarilishini tasdiqlayman) yozuvi yonidagi katakchani belgilang.
2. Ko'k rangli **Continue** (Davom etish) tugmasini bosing.

Tizim Sertifikat Markazi bilan bog'lanib, jarayonni yakunlaydi. Bir necha soniyadan so'ng qalqib chiquvchi oyna yopiladi va domenlaringiz to'liq shifrlanib, har 90 kunda avtomatik ravishda yangilanish rejimiga o'tadi!

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/shared-hosting/cpanel/security-section/ssl-tls-certificates
