---
title: cPanelda SSL sertifikati qanday olinadi (v134)
description: cPanel-ning "SSL/TLS Status" interfeysi va domenlar uchun TLS sertifikatini olish tartibi
navigation: true

badges:
  - value: Web Hosting
    to: /shared-hosting
    target: _self
    icon: lucide:layout-template

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

:badge[cPanel v110.0.121]{type="info"}

:read-more{icon="lucide:link" title="Rasmiy qo'llanma" to="https://docs.cpanel.net/cpanel/security/ssl-tls-status/" target="_blank"}

---

::alert{type="warning" icon="lucide:triangle-alert"}
  **Muhim eslatma:** Davom etishdan oldin cPanel versiyangizni tekshiring. Ushbu interfeys **v134.0.3** versiyasidan keyin butunlay o'zgargan.
::

Hozirgi versiyangizni aniqlash uchun cPanel boshqaruv paneliga kiring va pastki o'ng burchakka (futer) qarang. Sizning aniq versiya raqamingiz o'sha yerda ko'rsatilgan bo'ladi.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_1.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_1.png
alt: 1-rasm | cPanel’ning SSL-TLS Status interfeysi
---
::

Agar cPanel versiyasi 134 dan kichiq qiymat bilan ko'rsatilgan bo'lsa, unda shu maqola sizga to'g'ri keladi.

:read-more{icon="lucide:link" title="Yangi versiyalar uchun qo'llanmani o'qish" to="/shared-hosting/cpanel/security-section/ssl-tls-certificates" target="_self"}

## SSL va TLS: Farqi nimada?

Veb-saytingiz xavfsizligini boshqarishda siz **SSL** va **TLS** atamalarining tez-tez bir maʼnoda qo'llanishiga guvoh bo'lasiz. Biroq ular bir xil narsa emas.

### SSL nima?
**SSL (Secure Sockets Layer)** — 1990-yillarda foydalanuvchi brauzeri va hosting serveringiz o'rtasida uzatiladigan maʼlumotlarni shifrlash uchun ishlab chiqilgan dastlabki texnologiyadir. Eski xavfsizlik zaifliklari tufayli **asl SSL’ning barcha versiyalari hozirda butunlay eskirgan va ulardan foydalanish xavfli hisoblanadi.**

### TLS nima?
**TLS (Transport Layer Security)** — SSL’ning zamonaviy va yuqori darajada himoyalangan vorisidir. U xuddi o'sha vazifani bajaadi — maʼlumotlarni shifrlaydi va maxfiylikni himoya qiladi, lekin ancha kuchliroq xavfsizlik algoritmlaridan foydalanadi. Bugungi veb-standartlar to'liq **TLS 1.2** va **TLS 1.3** protokollariga tayanadi.

### Nima uchun biz hali ham uni "SSL" deb ataymiz?
Agar SSL eskirgan bo'lsa, nima uchun cPanel hali ham ushbu menyuni "SSL/TLS Status" deb ataydi?

Buning sababi ko'nikishdir. Oxirgi 30 yil ichida "SSL" atamasi keng tanilgan nomga aylanib ulgurdi. O'z saytlarini himoya qilmoqchi bo'lgan oddiy foydalanuvchilarni chalg'itmaslik uchun dasturiy taʼminot panellari va hosting provayderlari ushbu nomdan foydalanishda davom etmoqdalar. Bugungi kunda siz "SSL sertifikati"ni o'rnatganingizda, aslida zamonaviy **TLS sertifikati**ni o'rnatgan bo'lasiz.

---

::alert{type="danger" icon="lucide:octagon-alert"}
  **MUHIM TEKSHIRUV:** Sertifikat olishga urinishdan oldin domeningiz **albatta** ro'yxatdan o'tgan, faol va hosting serveringizga yo'naltirilgan bo'lishi shart. Agar unday bo'lmasa, ketma-ket muvaffaqiyatsiz urinishlar tufayli Sertifikat Markazlari domeningizni bloklab qo'yishi mumkin.
::

### So'rov cheklovlarini tushunish (Blokirovkalar)
Domen tasdiqlanishi qayta-qayta xatolik bilan tugasa, Sertifikat Markazlari (masalan, Let's Encrypt) sizni bloklaydi:

* **1 soatlik blok:** Agar domenni tasdiqlash bir soat ichida 5 marta muvaffaqiyatsiz tugasa, siz **1 soatga** bloklanasiz.
* **7 kunlik blok:** Agar siz tizimli ravishda xato bo'lgan bir xil sertifikatlarni takroran so'rayversangiz, **7 kunlik blokka** tushish xavfi bor (haftasiga ko'pi bilan 5 ta bir xil sertifikat dublikatiga ruxsat beriladi).

Saytingiz ishga tushishi bir haftaga kechikmasligi uchun, sertifikat berish tugmasini bosishdan oldin hamisha DNS sozlamalari to'liq yangilanishini kuting.


## 1-bosqich: Domeningiz tayyorligini tekshiring

### 1. Domen holatini tekshiring
Domeningiz va ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak.

* **`.uz` domenlari uchun:** Rasmiy reyestrni [cctld.uz](https://cctld.uz) sayti orqali tekshiring.
    ::color-mode-image
    ---
    srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_2.png
    srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_2.png
    alt: 2-rasm | .uz domeni holatini tekshirish
    ---
    ::
    1. Qidiruv satriga domen nomini kiriting.
    2. Holat faol (aktiv) ekanligini tasdiqlang.

* **Boshqa barcha domenlar uchun (`.com`, `.net` va h.k.):** [whois.domaintools.com](https://whois.domaintools.com/) kabi standart WHOIS xizmatlaridan foydalaning.
    ::color-mode-image
    ---
    srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_3.png
    srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_3.png
    alt: 3-rasm | Global WHOIS holatini tekshirish
    ---
    ::
    1. Domen nomini kiriting.
    2. Domen faol va sizning nomingizga ro'yxatdan o'tganligiga ishonch hosil qiling.

### 2. Domen xostingingizga yo'naltirilganini tekshiring
Domeningiz aynan siz foydalanayotgan hosting serverining IP manzilinga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

1. **Domenning hozirgi IP manzilini aniqlang:** [dnschecker.org](https://dnschecker.org) saytiga kiring, **A record** turini tanlang va domeningizni qidiring. Ko'rsatilgan IP manzilini belgilab qo'ying.
    ::color-mode-image
    ---
    srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_4.png
    srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_4.png
    alt: 4-rasm | DNS A yozuvini tekshirish
    ---
    ::

2. **cPanel IP manzilini toping:** cPanel boshqaruv panelining o'ng tomonidagi yon paneldan **Shared IP Address** (Umumiy IP manzil) qiymatini toping.
    ::color-mode-image
    ---
    srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_5.png
    srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_5.png
    alt: 5-rasm | cPanel’da hosting serveri IP manzilini topish
    ---
    ::

> ⚠️ **Qoida:** Ushbu ikki IP manzil bir xil bo'lishi kerak. Agar ular mos kelmasa, tizim sertifikat bera olmaydi.

---

## 2-bosqich: Sertifikatni rasmiylashtirish

Versiyangiz, domen holati va IP manzillaringizni tekshirib olganingizdan so'ng siz domen uchun sertifikat olishga tayyor bo'lasiz.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_6.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_6.png
alt: 6-rasm | SSL-TLS Status boshqaruv elementlari umumiy ko'rinishi
---
::

### Interfeysning umumiy ko'rinishi:
1. **Qidiruv satri (Search):** Muayyan domen yoki subdomenni tezda topish uchun foydalaniladi.
2. **Katakchalar (Checkboxes):** Avtomatlashtirish uchun alohida domenlarni belgilash yoki belgini olib tashlash.
3. **Include (Kiritish):** Tanlangan domenlarni avtomatik yangilanish tsikliga qo'shadi.
4. **Exclude (Chiqarib tashlash):** Tanlangan domenlarga avtomatik sertifikatlar olinishini oldini oladi.
5. **Run AutoSSL:** Sertifikatlaringizni yaratish uchun qo'lda tekshirishni darhol ishga tushiradi.

### Bosqichma-bosqich sertifikat olish uchun namuna:
Ushbu misolda biz `www.ssl.scroll.uz` nomli subdomen uchun sertifikat olamiz.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_7.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_7.png
alt: 7-rasm | Muayyan domenni belgilash
---
::

1. Kerakli domen yoki subdomen yonidagi katakchani belgilang.
2. Ro'yxatning yuqori qismidagi **Run AutoSSL** tugmasini bosing.

::color-mode-image
---
srcLight: /images/shared-hosting/en/tls_8.png
srcDark: /images/shared-hosting/en/tls_8.png
alt: 8-rasm | AutoSSL muvaffaqiyatli bajarildi
---
::  

Sahifa yangilanadi va domeningiz yonida yashil rangli qulf belgisi paydo bo'ladi, bu esa saytingiz endi shifrlangan va xavfsiz ekanligini tasdiqlaydi!

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/shared-hosting/cpanel/security-section/ssl-tls-status
