title: FAQ
description: Web Hosting bo'yicha ko'p so'ralgan savollar
navigation: true

badges:
- value: Hosting xizmati
to: /shared-hosting
target: _self
icon: lucide:layout-template

authors:
- name: Sherali Salomidinov
username: coderplusdesigner
- name: Umidjon Obidov
username: umidjon
- name: Marat Aglyamov
username: marat

::accordion{collapsible}

::accordion-item

#title
cPanel-ga qanday kirish mumkin?

#content
Sotib olingan web hosting xizmati boshqaruv paneli — cPanel-ga kirish ma'lumotlari, shaxsiy kabinetingizdagi hosting ma'lumotlari ichida berilgan bo'ladi.

:read-more{icon="lucide:link" title="cPanel boshqaruv paneliga qanday kirib olish mumkin?" to="/shared-hosting/cpanel/how-to-login-to-cpanel" target="_blank"}

<Alert type="warning">
Eslatma: Hosting boshqaruv paneli ma'lumotlari faqatgina, xizmat holati "Faol" bo'lgandagina paydo bo'ladi va amal qiladi.
</Alert>

::accordion-item
#title
cPanel ochilmayapti, nima qilishim kerak?

#content
1. Birinchi o'rinda, sizdagi internet tarmog'i va brauzeringizda muammo yo'qligiga ishonch hosil qiling.
2. Tarmoqda muammo yo'q bo'lsa va boshqa brauzerda ham holat takrorlansa, hosting xizmatingiz "Faol" holatdaligini tekshirib olishingiz kerak.
3. Agar yuqoridagi holatlarda muammo topilmasa, texnik qo'llab-quvvatlash xizmatimizga to'g'rida-to'g'ri murojaat qilishingiz mumkin.

::accordion-item
#title
Sayt ochilmayapti, nima qilishim kerak?

#content
Sayt ishlamay qolishiga turli holatlar sabab bo'lishi mumkin.

1. Birinchi o'rinda domen holatini tekshiring. Sayt ishlashi uchun domen statusi aktiv holatda bo'lishi kerak.

:read-more{icon="lucide:link" title=".uz domeni statusini tekshirish" to="/domains/how-to-check-uz-domain-status-registrar-and-dns-server" target="_blank"}

2. Agar domen statusi aktiv bo'lsa, keyingi o'rinda siz hosting statusini tekshirishingiz kerak. Buni shaxsiy kabinetingizdagi hosting ma'lumotlarida, uning statusi orqali bilib olasiz.

3. Agar hosting statusi ham faol bo'lib, sayt butunlay ochilmayotgan bo'lsa, to'liqroq tekshiruvni amalga oshirish uchun texnik qo'llab-quvvatlash kontaktimizga bu xaqida xabar berishingiz mumkin.

4. Agar sayt ochilayotgan, ammo sahifa noodatiy(odatda oq ekran), yohud xatoliklar bilan ochilayotgan bo'lsa, bu haqida dasturchingizni xabardor qiling. cPanel-da web server va loyiha loglarini ko'rib, muammoni aniqlash uchun barcha kerakli boshqaruv elementlari mavjud.

::accordion-item
#title
Hosting muddatini uzaytirish qanday amalga oshiriladi?

#content
Hostingni uzaytirish jarayoni to‘liq avtomatlashtirilgan: bunda, balansni kerakli summaga, o‘z vaqtida to‘ldirib turish muhim hisoblanadi.

To‘lov kechiktirilsa, xizmat avtomatik tarzda bloklanadi.

:read-more{icon="lucide:link" title="@hostmaster_support" to="https://t.me/hostmaster_support" target="_blank"}

Bunday holatda xizmatni tiklash uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish kerak.

::accordion-item
#title
Xosting tarifini qanday o‘zgartirish mumkin?

#content
Xosting tarif rejasini o‘zgartirish uchun, iltimos, qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

:read-more{icon="lucide:link" title="@hostmaster_support" to="https://t.me/hostmaster_support" target="_blank"}

Bizning jamoa sizga eng mos tarifni tanlash va ulashda yordam beradi.

::accordion-item
#title
Bloklangan hosting akkauntini qanday tiklash mumkin?

#content
Bloklangan hosting akkauntini tiklash uchun qarzdorlikni to‘lash kerak.

:read-more{icon="lucide:link" title="@hostmaster_support" to="https://t.me/hostmaster_support" target="_blank"}

Hisobingiz holati va qarz miqdorini aniqlash uchun qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling.

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/shared-hosting/faq