---
title: Menga qaysi hosting tarifi to'g'ri keladi?
description: Ushbu maqola asosida siz o'zingizga mos hosting tarifini tanlashni o'rganasiz
navigation: true

badges:
  - value: Hosting xizmati
    to: /shared-hosting
    target: _self
    icon: lucide:layout-template

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

Mavjud hosting tariflari bilan tanishib oling:

<br>

::i-frame{link="https://hostmaster.uz/hosting"}
::

:read-more{icon="lucide:link" target='_blank' title='Yuqoridagi havolani ochish' to="https://hostmaster.uz/hosting"}

Hostmaster taqdim qiladigan web hosting tariflari, ko'rib turganingizdek, asosan disk hajmi bilan farq qiladi.

Shuning uchun ham, kerakli tarifni tanlashda, loyihangizning umumiy hajmi, yoki agar u hali tugallanmagan bo'lsa, potensial hajmini hisobga olgan holda kerakli tarifni tanlab olaverasiz.

### Ushbu mavzuda ko'p uchraydigan savollar

::accordion{default-value="first-item" collapsible}
  ::accordion-item{value="first-item"}
  #title
  Menda 1 GB hajmni egallovchi WordPress sayti bor. Uni hostingga joylamoqchiman. Bunda 1GB hajmli "Enter" tarifi mos keladimi?

  #content
  Yo'q. 1GB hajmli "Enter" tarifini tanlash to'g'ri bo'lmaydi. Saytingizda keyinchalik qilinadigan o'zgarishlarni hisobini olgan holda 2 GB hajmli "Shift" tarifini olish maqulroq.
  ::

::accordion-item
#title
Loyiham 200 MB joy egallaydi. Mayli, keyinchalik baribir shuncha joy egallashi mumkin, shunga 10 GB-lik VIP 1 tarifini olsak bo'ladimi?

#content
Yo'q. Bu noto'g'ri yondashuv. Siz bu holatda bemalol 1GB lik minimal tarifimiz &mdash; "Enter" ni rasmiylashtirishingiz mumkin. Keyinchalik, kattaroq hajmli tarif kerak bo'lsa, bemalol o'sha tarifga o'tib olishingiz mumkin. Bunda sizning ma'lumotlaringiz yo'qolmaydi, balki hosting akkauntingiz disk hajmi tarifga mos ravishda kattalashadi xolos.
::

::accordion-item
#title
Menda bir emas, o'nlab saytlarim bo'ladi. 10 ta sayt sig'ishi uchun 10 GB-li "VIP 1" tarifini olishim kerakmi shunda?

#content
Yo'q. Katta hajmli hostinglarimiz o'zida ko'plab media yoki boshqa turdagi manbaalarni saqlovchi yirikroq loyihalar uchun mo'ljallangan. Katta hajmli bo'lsa ham, ular maksimum 5-6 ta loyiha uchun mos keladi. Agar sizda 10 ta sayt bo'ladigan bo'lsa, u holda siz "Reseller hosting" olishingiz maqulroq. Reseller hosting sizga har bir loyihangiz uchun alohida hosting akkaunt yaratib olish imkoniyatini beradi. Bu resurs(RAM, CPU) ajratilishi jihatidan ham optimal, shuningdek loyiha ko'pligi jihatidan ham tartibliroq bo'ladi. 
::
::


---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/shared-hosting/which-hosting-tariff
