---
title: VDS serverga kirish ma'lumotlarini qayerdan olaman?
description: VDS serverga kirish ma'lumotlarini qayerdan topish mumkinligi, ularni olishda uchraydigan muammolar va ularning yechimlari haqida.
navigation: true

badges:
  - value: VDS
    to: /vds
    target: _self
    icon: lucide:terminal

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

## Serverga kirish ma'lumotlari qayerdan olinadi

Agar siz yangi VDS server buyurtma bergan bo'lsangiz, bu serverga kirish ma'lumotlari siz saytimizda ro'yxatdan o'tgan elektron pochta manzilingizga yuboriladi.

Faqat bunda quyidagilarga ahamiyat berishingiz lozim:

- Ma'lumotlar faqatgina VDS xizmati "Aktiv" holatga o'tgandan so'ng sizga yuboriladi;
- Pochta kiruvchi xatlar(inbox) qutisida bunday xabar olmagan bo'lsangiz, spam papkasini ham tekshiring va spam emas deb belgilab qo'ying;
- Xavfsizlik nuqtai nazaridan server umumiy ma'lumotlari va IP manzil shaxsiy kabinetingizda bo'ladi, server hostname, login(username) va parol esa shu pochtaga yuboriladigan xabarda, credentials.zip faylida berilgan bo'ladi;
- Agar siz olgan server Linux tizimi bo'lsa, SSH orqali aynan root orqali kirishga urinmang. root user boshlang'ich holatda SSH sozlamalarida yopiq holatda bo'ladi. Biz sizga taqdim qiladigan login ma'lumoti sudo user nomi bo'lib, u orqali server shell ga kirishingiz(`ssh <login>@ip`), so'ng sudo bash orqali root foydalanuvchisiga o'tib olishingiz mumkin bo'ladi.

## Ma'lumotlar pochtamga kelmadi, nima qilish kerak?

Pochtangizga xabar jo'natilishi va yetib borishi biroz vaqt olishi mumkin. Biroz kutib turib, tekshirib ko'rish kerak bo'ladi.

Agar ko'p vaqt o'tib ham pochtangizga yoki uning spam papkasiga xabar kelmagan bo'lsa, unda xabarni qayta jo'natish imkoniyatidan foydalansangiz bo'ladi.

### Kirish ma'lumotlarini qayta jo'natish

::steps{level=5}

  ##### hostmaster.uz dan, "Kirish" ni bosib, shaxsiy kabinetingizga kirib oling va u yerdan "Mening VDSlarim" bo'limini oching

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/en/reset-vds-access.png
  srcDark: /images/vds/en/reset-vds-access.png
  alt: VDS access
  ---
  ::

  ##### Ochilgan sahifadagi VDS serverlaringiz ro'yxatidan keraklisi berilgan qator oxiridagi ko'z ikonasini bosasiz.

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/en/reset-vds-access_2.png
  srcDark: /images/vds/en/reset-vds-access_2.png
  alt: VDS access
  ---
  ::

  ##### Bu hosting ma'lumotlarini ko'rsatuvchi sahifani ochadi. Bu sahifada serveringiz IP manzili ham ko'rsatilgan bo'ladi. Siz pastroqdagi "VDS ruxsatlarini eslatish" tugmasini bosasiz.

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/en/reset-vds-access_3.png
  srcDark: /images/vds/en/reset-vds-access_3.png
  alt: VDS access
  ---
  ::

  ##### Pochta manzilingizni tekshirib olasiz va "Yuborish" tugmasini bosasiz.

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/en/reset-vds-access_4.png
  srcDark: /images/vds/en/reset-vds-access_4.png
  alt: VDS access
  ---
  ::

  ##### Pochtangizga yuborilgan tasdiqlash kodini nusxalab olasiz (xabarni topa olmasangiz spam papkasini ham tekshiring)

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/en/reset-vds-access_5.png
  srcDark: /images/vds/en/reset-vds-access_5.png
  alt: VDS access
  ---
  ::

  ##### Tasdiqlash oynasidagi kod kiritish maydoniga nusxalangan kodni kiritasiz va "Tasdiqlash" tugmasini bosasiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/en/reset-vds-access_6.png
  srcDark: /images/vds/en/reset-vds-access_6.png
  alt: VDS access
  ---
  ::

  ##### So'rov tasdiqlangani va xabar yuborilgani haqida xabar olasiz 

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/en/reset-vds-access_7.png
  srcDark: /images/vds/en/reset-vds-access_7.png
  alt: VDS access
  ---
  ::

  ##### Pochtangizga esa serverga kirish ma'lumotlari jo'natilgan bo'ladi

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/en/reset-vds-access_8.png
  srcDark: /images/vds/en/reset-vds-access_8.png
  alt: VDS access
  ---
  ::

::

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/vds/access-data-to-vds-server
