---
title: VDS server buyurtma qilish?
description: Hostmasterda virtual server (VDS) buyurtma qilish bo'yicha qo'llanma
navigation: true

badges:
  - value: VDS
    to: /vds
    target: _self
    icon: lucide:server

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

Ushbu qo'llanmada virtual server (VDS) xizmatini buyurtma qilish jarayonini ko'rib chiqamiz.

Avvalo, saytda ro'yxatdan o'tishingiz kerak bo'ladi. Agar hali ro'yxatdan o'tmagan bo'lsangiz, jarayon bilan tanishish uchun [ushbu havola](/personal-cabinet/registration/registration-in-hostmaster) orqali buni ko'rib chiqing va ro'yxatdan o'ting. Shundan so'ng ushbu maqolaga qaytib, davom etishingiz mumkin bo'ladi.

Agar siz allaqachon ro'yxatdan o'tgan va shaxsiy kabinetga kirgan bo'lsangiz, yangi VDS buyurtma qilish uchun quyidagi bosqichlarni bajaring:

::steps{:level="5"}

  ##### VDS bo'limiga o'tish

  Ishni boshlash uchun shaxsiy kabinetga o'ting. Asosiy panelda «Mening VDSlarim» blokini toping va «VDSga buyurtma qilish» tugmasini bosing.

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/order-server_1.png
  srcDark: /images/vds/uz/order-server_1.png
  alt: ...
  ---
  ::

  ##### Yangi buyurtma yaratish

  Siz virtual serverlaringiz ro'yxati joylashgan sahifaga o'tasiz. Yangi xizmat buyurtma qilish uchun jadval yuqorisidagi qizil «Yangi VDS uchun buyurtma» tugmasini bosing.

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/order-server_2.png
  srcDark: /images/vds/uz/order-server_2.png
  alt: ...
  ---
  ::

  ##### Tarif rejasini tanlash

  Tarifni tanlash bosqichida quyidagi amallarni bajaring:

  1. **To'lov muddati:** Qulay billing davrini tanlang — «1 oy» yoki «1 yil» (bir yilga to'lov qilinganda chegirmali yakuniy narx ko'rsatiladi).<br>
  2. **Konfiguratsiyani tanlash:** Server parametrlarini (CPU, RAM, SSD) ko'rib chiqing va vazifalaringizga mos tarif ostidagi «Buyurtma berish» tugmasini bosing (masalan, SSD Master).

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/order-server_3.png
  srcDark: /images/vds/uz/order-server_3.png
  alt: ...
  ---
  ::

  ##### Parametrlarni sozlash va tasdiqlash

  Buyurtmani yuborishdan oldin server konfiguratsiyasi formasini diqqat bilan to'ldiring:

  1. **Tarif:** Tanlangan tarif rejasi to'g'riligini tekshiring.
  2. **Bog'lanma(Kontakt):** To'lovchi shaxs kontaktini ro'yxatdan tanlang. Agar ro'yxat bo'sh bo'lsa, avval shaxsiy kabinetdagi «Kontaktlar» bo'limida yangi kontakt yaratishingiz va ma'lumotlarni to'liq to'ldirishingiz kerak bo'ladi. Bu haqida batafsil [kontakt yaratish qo'llanmasida](/personal-cabinet/registration/establish-physical-legal-contact) o'qishingiz mumkin.
  3. **Hostname:** Server identifikatsiyasi uchun qulay, qisqa nom kiriting (masalan, kompaniya yoki loyiha nomi).
  4. **OS:** Kerakli operatsion tizimni tanlang (masalan, Ubuntu 22.04 LTS). Agar qaysi OS tanlashni bilmasangiz, [VDS uchun operatsion tizim tanlash haqidagi maqola](/vds/which-os) bilan tanishing.
  5. **Oferta va yuborish:** Ommaviy oferta shartlari bilan tanishing, rozilik belgisini qo'ying va forma pastidagi «Buyurtma qilish» tugmasini bosing.

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/order-server_4.png
  srcDark: /images/vds/uz/order-server_4.png
  alt: ...
  ---
  ::

::

<br>

::button-link{right-icon="lucide:arrow-up-right" to="https://hostmaster.uz/vds/tariffs" target="_blank"}
  VDS buyurtma qilish
::

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/vds/billing/ordering-a-server
