---
title: FAQ
description: VDS xizmati bo'yicha ko'p so'ralgan savollar
navigation: true

badges:
  - value: VDS
    to: /vds
    target: _self
    icon: lucide:terminal

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
  - name: Umidjon Obidov
    username: umidjon
  - name: Marat Aglyamov
    username: marat
---

::accordion{collapsible}

  ::accordion-item
  #title
  Qanday tariflar mavjud?

  #content
  :read-more{icon="lucide:link" title="VDS xizmati tariflari va narxlari" to="/prices/vds-price" target="_blank"}
  <br>

  <ButtonLink to="https://hostmaster.uz/vds/tariffs" rightIcon="lucide:arrow-up-right" target="_blank">Sayt orqali ko'rib chiqish</ButtonLink>
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Tarifni o'zgartirish mumkinmi?
  #content
  Agar VDS xizmati tarifini o'zgartirish niyyatida bo'lsangiz, bizning texnik qo'llab-quvvatlash xizmatimiz bilan bog'lanasiz.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Xizmat uchun qanday qilib buyurtma berishim mumkin?
  #content
  Xizmatni buyurtma qilish uchun, siz birinchi o'rinda, bizning tizimda ro'yxatdan o'tgan bo'lishingiz kerak. So'ng, kerakli tarifni tanlab, buyurtma berasiz. Hisob-fakturani kutasiz va to'lovni amalga oshirasiz. To'lov qabul qilingach, xizmat avtomatik ravishda faollashadi.
  ::

  ::accordion-item{id="choose-resources"}
  #title
  VDS-server uchun resurslarni tanlash mumkinmi?
  #content
  Ha, albatta. Siz [saytimizda](https://hostmaster.uz/vds/tariffs) turli vazifalar uchun optimallashtirilgan tayyor tariflardan birini tanlashingiz mumkin. Agar standart konfiguratsiyalar sizga mos kelmasa, kerakli miqdordagi vCPU, RAM hajmini va disk o'lchamini tanlab, individual server yig'ishingiz mumkin. Variant va konfiguratsiyalar bilan [tegishli xizmatlar bo'limida](https://hostmaster.uz/vds/config) tanishishingiz mumkin.
  ::

  ::accordion-item{id="renewal"}
  #title
  VDS-serverni muddatini uzaytirish
  #content
  Serverni uzaytirish uchun hech qanday qo'shimcha tugmalarni bosish yoki xizmatni qayta sozlash shart emas. Shunchaki to'lovni(hisobni to'ldirishni) o'z vaqtida amalga oshirish kifoya. Hisob-kitob davri tugashiga yaqin qolganda, loyihalaringiz uzluksiz ishlashi uchun oldidan to'lov qilib qo'yishni unutmang.
  ::

  ::accordion-item{id="reinstall-os"}
  #title
  VDS-serverda operatsion tizimni qayta o'rnatish mumkinmi? Va bu xizmat bepulmi?
  #content
  Operatsion tizimni qayta o'rnatishni texnik qo'llab-quvvatlash mutaxassislari sizning so'rovingiz asosida amalga oshiradilar. Bu yerda, muhim jihati: OS qayta o'rnatilganda serverdagi barcha mavjud ma'lumotlar to'liq o'chirib tashlanadi, shuning uchun oldindan zaxira nusxalar (backuplar) olib, o'zingizda saqlab olishishingiz lozim. Birinchi qayta o'rnatish bepul taqdim etiladi. Keyingi barcha qayta o'rnatishlar pullik hisoblanadi — aniq narx va tartib-taomillar haqida qo'llab-quvvatlash xizmatimizdan to'g'ridan-to'g'ri so'rab bilishingiz mumkin.
  ::

  ::accordion-item{id="change-resources"}
  #title
  VDS-server resurslarini qanday o'zgartirish mumkin va to'lov farqi qancha bo'ladi?
  #content
  Resurslarni o'zgartirish uchun qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qilishingiz kerak.
  Resurslarni oshirishda (upgrade): Jarayon uzluksiz o'tadi, barcha ma'lumotlar va sozlamalar to'liq saqlab qolinadi.
  Resurslarni kamaytirishda (downgrade): Joriy diskni shunchaki "qisqartirish" texnik jihatdan mumkin emas, CPU va RAM masalasi esa alohida ko'rib chiqiladi. Shuning uchun, bu holatda, yangi server yaratiladi va eski serverdagi barcha ma'lumotlar yo'qoladi (tiklanmaydi).<br>
  **To'lov**: Narx farqi va qayta hisob-kitob tartibi siz tanlagan yangi tarifga qarab qo'llab-quvvatlash mutaxassislari tomonidan individual ravishda hisoblanadi.
  ::

  ::accordion-item{id="bulk-discounts"}
  #title
  Bir nechta VDS-server sotib olishda chegirmalar bormi?
  #content
  Istalgan VDS-serverni bir yo'la 1 yilga to'lash (sotib olish) uchun bizda belgilangan chegirma mavjud.
  ::

  ::accordion-item{id="multiple-ips"}
  #title
  VDS-server uchun bir nechta ommaviy IP-manzillarini olish mumkinmi?
  #content
  Ha, biz faqat IPv4 formatidagi manzillarni taqdim etamiz va serveringiz uchun zarur bo'lgan miqdorda IP ajrata olamiz. VDS buyurtma qilganda birinchi IP-manzil bepul taqdim etiladi. Har bir qo'shimcha IPv4-manzil oyiga 29 900 so'm tarifi bo'yicha alohida to'lanadi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Server yaratilishi qancha vaqt oladi?
  #content
  Server odatda to'lovdan so'ng 5-15 daqiqa ichida to'liq ishga tushadi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  To'lovdan keyin nima yuz beradi?
  #content
  To'lovdan so'ng xizmat avtomatik ravishda faollashadi va serverga kirish ma'lumotlari tasdiqlangan elektron pochta manzilingizga yuboriladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Buyurtma berishda OS tanlash mumkinmi?
  #content
  Ha, mavjud operatsion tizimlar xizmatga buyurtma berish jarayonida tanlanadi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Buyurtma berishda konfiguratsiyani o'zgartirish mumkinmi?
  #content
  Ha, mavjud parametrlarni buyurtma rasmiylashtirish paytida tanlash mumkin.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Server resurslarini oshirish mumkinmi?
  #content
  Ha, resurslarni oshirish texnik qo'llab-quvvatlash xizmatimizga alohida murojaat bilan chiqish orqali amalga oshiriladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  OS-ni qayta o'rnatish mumkinmi?
  #content
  Operatsion tizimni qayta o'rnatib berish faqatgina texnik qo'llab-quvvatlash xizmatimizga alohida murojaatni amalga oshirish bilan qilib beriladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  O'zimning, ro'yxatda berilmagan operatsion tizimimni o'rnatib olish uchun ISO faylimni ulab o'rnatib olishim imkoni mavjudmi?
  #content
  Yo'q, o'z ISO faylingizni ulab, aynan siz taqdim qiladigan operatsion tizimni o'rnatib berish, standart holatda, mavjud emas.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Resurslar bo'yicha cheklovlar bormi?
  #content
  Ha, cheklovlar tanlangan tarifga bog'liq holatda belgilanadi (CPU, RAM, Disk).
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Serverga kirish ma'lumotlarini qayerdan olish mumkin?
  #content
  Serverga kirish ma'lumotlari tasdiqlangan elektron pochtaga alohida xatlar bilan yuboriladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Kirish ma'lumotlari kelmasa nima qilish kerak?
  #content
  Spam papkasini tekshiring. Shunda ham xabarlar kelmagani ma'lum bo'lsa, VDS serverlar bo'limidagi qayta yuborish tugmasi orqali ma'lumotlarni qayta yuborishni sinab ko'ring. Shunda ham kerakli xabarlarni olmaydigan bo'lsangiz, bizning texnik qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qilishingiz mumkin.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Telefondan kirish mumkinmi?
  #content
  Ha, smartfonlarda ham brauzer yoki VNC-client, yoki ba'zi ilovalarni ishlatgan holda serveringiz(terminali)ga bog'lanib olish imkoniyatlari mavjud.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Login va parolni qayerdan olish mumkin?
  #content
  Ma'lumotlar server yaratilgandan so'ng tasdiqlangan elektron pochta manzilingizga yuboriladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Serverga kirish ma'lumotlarimni yo'qotdim, nima qilishim kerak?
  #content
  VNC orqali serveringizga ulanishga harakat qilib ko'ring va agar hech nimaning imkoni bo'lmasa, qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qilishingiz mumkin.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Serverning "remote console"ini qanday ochish mumkin?
  #content
  Biz serveringiz uchun ikki xil kirish ma'lumotlarini taqdim qilamiz:
  1. Serverga SSH, yoki RDP orqali kirish ma'lumotlari
  2. VNC-ga kirish ma'lumotlari

  VNC panelida siz server monitoring ma'lumotlarini kuzatishingiz, asosiy boshqaruv amallari - serverni o'chirish, yoqish ishlarini amalga oshirishingiz va "remote console" ga bog'lanishingiz mumkin bo'ladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  VNC orqali qanday ulanish mumkin?
  #content
  VNC-ga kirish uchun URL, login va parol elektron pochtangizga yuboriladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  VNC ishlamayapti, nima qilishim kerak?
  #content
  Internet tarmog'ingizda muammo yo'qligiga va login/parolni to'g'ri kiritganingizga ishonch hosil qiling. Shuningdek, smartphone brauzerlarida VNC-ga kirish ba'zida muammo qilishi mumkin.
  Muammoyingiz hal bo'lmagan taqdirda, qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qilishingiz mumkin.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  VNC Panel parolini o'zgartirish mumkinmi?
  #content
  Ha, parolni boshqaruv paneliga kirganidan so'ng o'zgartirish mumkin.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Avtorizatsiya xatosi bo'lsa nima qilish kerak?
  #content
  Login va parolni tekshiring. Xato xabar chiqishi davom etaversa, texnik qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Qanday boshqaruv panellari ishlatiladi?
  #content
  Virtualizatsiya uchun Proxmox ishlatiladi va VNC uchun sizga aynan Proxmox interfeysi taqdim qilinadi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Panel ishlamayapti, nima qilishim kerak?
  #content
  Internet tarmog'ingizda muammo yo'qligini tekshiring va boshqa brauzer orqali kirishga urinib ko'ring. Muammo davom etsa — qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qilishingiz mumkin.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  SSH orqali qanday ulanish mumkin?
  #content
  Tasdiqlangan pochtangizga yuboriladigan xabarda serveringiz IP-manzili, login va paroldan foydalanib serveringiz terminaliga bog'lanib olishingiz mumkin:
  <br>
  <CodeGroup>
    <CodeBlock label="Windows Powershell" language="powershell">
      ssh USER@SERVER_IP
    </CodeBlock>
    <CodeBlock label="Linux Terminal" language="bash">
      ssh USER@SERVER_IP
    </CodeBlock>
    <CodeBlock label="MacOS Terminal" language="terminal">
      ssh USER@SERVER_IP
    </CodeBlock>
  </CodeGroup>

  ::

  ::accordion-item
  #title
  SSH uchun qaysi port ishlatiladi?
  #content
  Standart holda 22-port ishlatiladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  SSH ishlamayapti, nima qilishim kerak?
  #content
  Port, firewall va server tekshirilishi kerak. SSH orqali kira olmaganingiz uchun, VNC orqali, remote console-dan kirib serverni boshqarishingiz mumkin bo'ladi.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Serverni qanday o'chirib-yoqish mumkin?
  #content
  VNC boshqaruv paneli orqali yoki tizimning o'zidan kerakli buyruq yordamida.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Serverni qanday o'chirish mumkin?
  #content
  VNC panel orqali yoki kerakli buyruq yordamida.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Serverni qanday yoqish mumkin?
  #content
  Agar serveringiz ishlamay turgan bo'lsa, uni yoqish uchun, yoki holatni tekshirgani VNC boshqaruv panelidan foydalanasiz.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Server ishlamayapti, Server ping'ga javob bermayapti, nima qilishim kerak?
  #content
  Tarmoq sozlamalarini va server ishlab turganini tekshiring.
  ::

  ::accordion-item
  #title
  Server terminali, remote console ham butunlay qotib qoldi, nima qilishim kerak?
  #content
  Serverni VNC paneli orqali o'chirib-yoqishga urinib ko'ring, yoki qo'llab-quvvatlash xizmatimizga murojaat qiling.
  ::

::

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/vds/faq
