---
title: Nega serverimdagi RAM(operativ xotira) miqdori kam ko'rsatmoqda?
description: Proxmox virtual mashinalarida RAM-ning kam miqdorda ko'rsatilishi sabablari va Memory Ballooning qanday ishlashi
navigation: true

badges:
  - value: Linux
    to: /vds/linux
    target: _self
    icon: lucide:terminal

authors:
  - name: Marat Aglyamov
    username: marat
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

Ba'zan operatsion tizimda sizning serveringizda ko'rsatilgan RAM miqdori tarifdagi qiymatdan ancha kam bo'lishi mumkin (masalan, tarifdagi kabi 4 GB emas, 869 MB).

Bu o'z-o'zidan sizda: "Nega menga olingan tarif rejasi bo'yicha, kerakli miqdordagi operativ xotira sozlangan VDS server taqdim qilinmadi?", - kabi savolni yuzaga keltirishi tabiiy.

Aslida esa, siz tarifda ko'rsatilganidek resurslarga ega bo'lyapsiz, faqat bu yerda RAM masalasida siz bilib olishingiz lozim bo'lgan bir tushuncha mavjud va bu - **Memory Ballooning**.

## Memory Ballooning o'zi nima?

Bizning serverlarda (Proxmox virtualizatsiya muhitida) **Memory Ballooning** texnologiyasi ishlatiladi.

- VNC panelida, Hardware bo'limida, aytaylik, **4 GB RAM** ko'rsatilgan. Nu serveringizga **maksimal ajratilishi mumkin bo'lgan RAM** hisoblanadi.
- Agar server hozirda barcha RAMni ishlatmayotgan bo'lsa:
  - gipervizor vaqtincha ajratilgan RAM miqdorini kamaytiradi (ya'ni minimal ko'rsatilgan miqdorga)
  - shuning uchun operatsion tizimda, tekshirganingizda, kamroq miqdordagi RAM-ni ko'rishingiz mumkin

## Agar serverimda yuklama oshsa, unda nima sodir bo'ladi?

- Server avtomatik ravishda ko'proq RAM-dan foydalanishni boshlaydi
- RAM miqdori **4 GB gacha oshishi mumkin** (ya'ni misol tariqasida olganimiz, tarif bo'yicha maksimal operativ xotira hajmiga)
- Bu jarayon avtomatik ravishda, **serverni qayta ishga tushirmasdan** amalga oshadi

> Shunday qilib, resurslar dinamik tarzda, zarur bo'lgan miqdorgacha yetkazib berib turiladi.

## Swap memory haqida biroz to'xtalamiz

Serverda shuningdek, masalan, **2 GB Swap** sozlangan deylik:

- vaqtincha RAM yetishmasa **zaxira sifatida u ishlatiladi**
- yuqori yuklama paytida kamchiliklarni oldini oladi
- disk orqali ishlagani uchun disk i/o ni biroz sekinlashtirishi mumkin

## Demak RAM-ning kam ko'rsatilishi bu normal holatmi?

✅ Ha, bu **Memory Ballooning yoqilgan virtual serverlar uchun standart holat** hisoblanadi:

- Serverda aniq belgilangan **RAM cheklovi yo'q**
- Tarif bo'yicha to'liq RAM maksimal ishlatilishi mumkin bo'lgan qiymat sifatida sozlangan bo'ladi
- Bu yerda, shunchaki, tizim resurslarni **moslashuvchan tartida boshqarishga** urinadi

Shuning uchun ham umumiy tizim nuqtai nazaridan Ballooning boshlang'ich holat sifatida qo'llab-quvvatlanadi.

## RAMni maksimal qiymatga sozlab qo'yish mumkinmi?

Ha, istasangiz konfiguratsiyani o'zgartirish, va maksimal holatga sozlab berish imkoni mavjud.

### Memory Ballooningni o'chirish

- RAM **doimiy 4 GB** bo'ladi
- Miqdor kamaymaydi
- RAM-dan doimiy maksimal foydalanishga urinuvchi ilovalar uchun qulayroq

### Ballooning bilan hozirgi boshlang'ich holatda qolish (tavsiya qilinadi)

- Tizim miqyosida resurslardan samarali foydalanishga imkon yuzaga keladi
- Virtual mashinada yuklamaga avtomatik moslashuv shakllanadi

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/vds/linux/why-is-my-ram-lower-than-expected-on-vps-proxmox-memory-ballooning
