---
title: VNC boshqaruv paneli
description: VDS xizmatlari uchun VNC boshqaruv paneli va unga kirib olish
navigation: true

badges:
  - value: VDS
    to: /vds
    target: _self
    icon: lucide:terminal

authors:
  - name: Sherali Salomidinov
    username: coderplusdesigner
---

## VNC o'zi nima?

VNC (Virtual Network Computing) - bu VDS serverlar boshqaruvini to'g'ridan-to'g'ri amalga oshirish usuli hisoblandi.

VNC panelining siz uchun asosiy bajaradigan funksiyalari bu:
1. Remote Console 
2. Server ustida `stop`, `start`, `reboot`, `shutdown` kabi muhim o'chirish-yoqish amallari
2. Serverning CPU, RAM, Tarmoq traffigi, Disk I/O bo'yicha hozirgi, kunlik, haftalik, oylik va yillik yuklamasini tekshirish uchun grafik elementlar

Ularning ichida eng asosiysi bu Remote Console hisoblandi. Bu texnologiya serverdan to'g'ridan-to'g'ri, pekselli ekran uzatmasini ko'rsatib turadi, shuningdek, sichqoncha va klaviatura orqali boshqaruvni veb interfeys orqali serverga uzatadi.

Bunday boshqaruv agar sizda SSH(Linux), yoki RDP(Windows) aloqasida muammo yuzaga kelsa, serverga to'g'ridan-to'g'ri bog'lanib boshqarish va kamchiliklarni to'g'irlab olish imkonini beradi.

## VNC boshqaruviga qanday kiriladi?

VNC veb interfeysiga kirish manzili: [vnc.hostmaster.uz](https://vnc.hostmaster.uz/){target="_blank"}

VNC boshqaruv paneliga kirish uchun birinchi o'rinda, albatta sizda VDS server rasmiylashtirilgan bo'lishi kerak.

::steps{:level="5"}

  ##### Shaxsiy kabinetingizdan Mening VDSlarim bo'limini oching 

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/vnc_1.png
  srcDark: /images/vds/uz/vnc_1.png
  alt: Fig1 | VNC
  ---
  ::

  ##### Ochilgan oynadan "VNC uchun kirish ma’lumotlarini o‘zgartirish" tugmasini bosing

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/vnc_2.png
  srcDark: /images/vds/uz/vnc_2.png
  alt: Fig2 | VNC
  ---
  ::

  ##### Ochilgan sahifada tasdiqlash kodi yuboriladigan pochta manzilingiz ko'rsatiladi. "Yuborish" tugmasini bosasiz.

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/vnc_3.png
  srcDark: /images/vds/uz/vnc_3.png
  alt: Fig3 | VNC
  ---
  ::
  
  ##### Pochtangizni tekshirasiz va tasdiqlash kodini nusxalab olasiz

  > Agar inbox - asosiy kiruvchi xabarlar ichida tasdiqlash xabari kelmagan bo'lsa, spam papkani ham tekshirib ko'ring.

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/vnc_4.png
  srcDark: /images/vds/uz/vnc_4.png
  alt: Fig4 | VNC
  ---
  ::
  
  ##### Nusxalagan kodni tegishli oyna formasiga kiriting va "Tasdiqlash"ni bosing.

  > Ko'rsatilgan vaqt momenti o'tkazib yuborilsa, tasdiqlash xabarini qayta yuborish tugmasi mavjud.

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/vnc_5.png
  srcDark: /images/vds/uz/vnc_5.png
  alt: Fig5 | VNC
  ---
  ::
  
  ##### Tasdiqlash xabari yuborilgach, Sizga VNC ga kirish ma'lumotlari fayl ko'rinishida pochtangizga yangi pochta xabari ko'rinishida yuboriladi.

  > Agar xabar kelmagan bo'lsa, spam papkasini ham tekshirib ko'ring

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/vnc_7.png
  srcDark: /images/vds/uz/vnc_7.png
  alt: Fig7 | VNC
  ---
  ::

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/vnc_6.png
  srcDark: /images/vds/uz/vnc_6.png
  alt: Fig6 | VNC
  ---
  ::

  
  ##### Xabarda olingan VNC kirish ma'lumotlaridan foydalanib panelga kirib olasiz

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/vnc_8.png
  srcDark: /images/vds/uz/vnc_8.png
  alt: Fig8 | VNC
  ---
  ::

  1. login/username ni kiriting
  2. parolni kitiring
  3. Realm uchun "Proxmox VE authentication server" uslubini tanlang
  4. "Login" tugmasini bosing
  
  ##### Ochilgan panelda o'z VDS serveringizni topib oling va ustiga ikki marta bosish orqali ichki boshqaruv bo'limini ochib oling 

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/vnc_9.png
  srcDark: /images/vds/uz/vnc_9.png
  alt: Fig9 | VNC
  ---
  ::

  ::color-mode-image
  ---
  srcLight: /images/vds/uz/vnc_10.png
  srcDark: /images/vds/uz/vnc_10.png
  alt: Fig10 | VNC
  ---
  ::

::

## VNC paneli boshqaruv elementlari

Remote Console ni Console qismi orqali ochib olasiz

::color-mode-image
---
srcLight: /images/vds/uz/vnc_11.png
srcDark: /images/vds/uz/vnc_11.png
alt: Fig11 | VNC
---
::

Summary bo'limida esa
1. Vaqt filteri bo'yicha berilgan CPU, RAM, Tarmoq traffigi, Disk I/O bo'yicha yuklamalarni tekshirib olishingiz
2. Yuqoriroqda esa o'chirish-yoqish amallarini topasiz 

::color-mode-image
---
srcLight: /images/vds/uz/vnc_12.png
srcDark: /images/vds/uz/vnc_12.png
alt: Fig12 | VNC
---
::

## Ko'p so'ralgan savollar

::accordion{collapsible}

  ::accordion-item
  #title
  Agar men yana ikkinchi, uchinchi VDS serverlar sotib olsam, ularga VNC alohida bo'ladimi?
  #content
  Yo'q. Yangi serverlar ham mavjud VNC akkauntingiz(panelingiz)da paydo bo'ladi, qo'shiladi.
  ::
  
  ::accordion-item
  #title
  VDS buyurtma qildim, lekin faqat SSH ma'lumotlari keldi, VNC ham jo'natilmaydimi?
  #content
  Yo'q. VNC paneliga kirish ma'lumotlarini olish uchun alohida so'rov yuborish kerak bo'ladi. Buni qanday amalga oshirishni [yuqorida](/vds/vnc-panel#vnc-boshqaruviga-qanday-kiriladi) tushuntirib o'tdik.
  ::
  
  ::accordion-item
  #title
  Serverga SSH/RDP bilan ulana olmayapman, nima qilsam bo'ladi?
  #content
  Ushbu vaziyatda sizga VNC paneli qo'l keladi, sababi unda "Remote Console" - server ekraniga to'g'ridan-to'g'ri ulanish mavjud. U yerdan sizga taqdim qilingan kirish login paroli bilan tizimga kiring va muammo sababini o'rganib chiqing.<br>

  Agar hali VNC paneliga kirish ma'lumotlarini olmagan bo'lsangiz, [bu yerda](/vds/vnc-panel#vnc-boshqaruviga-qanday-kiriladi) uni qanday olish haqida ma'lumot berganmiz, tanishib chiqing.
  ::


::

---

**Source URL:** https://support.hostmaster.uz/vds/vnc-panel
