Hostmaster — bu shunchaki xosting provayder emas, balki O‘zbekiston raqamli makonida biznesingiz uchun to‘liq ekotizimdir. Biz sizning zamonaviy saytlaringiz va servislaringiz quriladigan poydevorni ta’minlab beramiz.
Asosiy afzalliklar
Infratuzilma
O‘zbekistonda loyihalarning barqaror ishlashi uchun optimallashtirilgan ishonchli server infratuzilmasi.
Biz Intel Xeon protsessorlari va SSD xotira qurilmalari asosidagi sinovdan o‘tgan server uskunalaridan foydalanamiz, bu esa barqaror ishlash va ma’lumotlarni tez qayta ishlashni ta’minlaydi.
TAS-IX ga 1 Gbit/s gacha kirish imkoniga ega tarmoq kanallari va 100 Mbit/s gacha tashqi kanallar kechikishlarni kamaytiradi va mamlakat ichida saytlar tez yuklanishini ta’minlaydi.
Xavfsizlik
Ma’lumotlarni himoya qilish va servislarning barqaror ishlashini ta’minlashga kompleks yondashuv.
Barcha akkauntlar bir-biridan izolyatsiya qilingan, bu xavfsizlikni oshiradi va qo‘shni loyihalarning ta’sirini istisno qiladi. Muntazam zaxira nusxalari zarurat bo‘lganda ma’lumotlarni tez tiklash imkonini beradi.
SSL sertifikatlarini qo‘llab-quvvatlash foydalanuvchilar va servislaringiz o‘rtasida xavfsiz ma’lumot uzatishni ta’minlaydi.
Himoya choralari:
- Avtomatik zaxira nusxalari
- Akkauntlar izolyatsiyasi
- SSL qo‘llab-quvvatlash (bepul sertifikatlar bilan birga)
- Kirishni nazorat qilish (FTP, SSH, pochta)
- Tarmoq tahdidlaridan bazaviy himoya
Qulaylik va boshqaruv
Hostmaster xizmatlari biznesini yangi boshlaganlar uchun ham, yirik va korporativ biznes uchun mos keladi.
Web hosting xizmatida intuitiv, tushunarli boshqaruv paneli (cPanel) orqali sayt, domenlar, pochta va ma’lumotlar bazalarini chuqur texnik bilimlarsiz boshqarish mumkin.
Mavjudlik va masshtablash
Bizning tizim kichik saytlardan tortib, o‘sib borayotgan loyihalargacha moslashuvchan tariflar va har qanday vazifa uchun optimal yechimlarni tanlash imkonini beradi.
Yuklama oshgani sari siz murakkab migratsiyasiz kuchliroq tarif yoki VDS ga oson o‘tishingiz imkoni mavjud.
Qo‘llab-quvvatlash
Tezkor texnik yordam xizmatimiz muammolaringizni hal qilish va xizmatlaringiz barqaror ishlashini ta’minlashga yordam beradi.
Aloqa kanallari:
- Telegram
- Elektron pochta
- Telefon orqali qo‘ng‘iroq
Ma’lumotlarni joylashtirish va qayta ishlash bilan bog‘liq deyarli barcha vazifalar uchun mos — kichik saytlardan tortib korporativ tizimlar va server infratuzilmasigacha.
hostmaster.uz bilan siz nafaqat xizmatlar, balki vaqtingiz, ma’lumotlaringiz va muvaffaqiyatingizni qadrlaydigan ishonchli hamkorni qo‘lga kiritasiz!