Hosting xizmati

Hostmaster taqdim etadigan hosting xizmati haqida batafsil

Hosting tushunchasi

Hosting so'zi "host" - mezbon so'zi asosida shakllangan bo'lib, provayder kompaniyadan, loyihangizni (mezbon sifatida) joylashtirish, u uchun server resurslarini olishni anglatadi.

Resurslar bu, disk (HDD, SSD, …), operativ xotira (RAM), markaziy protsessor (CPU), tarmoq o'tkazuvchi tezligi (global, Tas-ix, Uz-ix, …), …

Siz hosting xizmatini turli ko'rinishlarda olishingiz mumkin:

  • Shared hosting, yohud web hosting. Bu bitta kuchli virtual mashina resurlarini, umumiy boshqaruv paneli orqali (bizda bu — cPanel), ko'plab boshqa "qo'shni" (ammo sizdan izolyatsiyalangan) mijozlar bilan birga, ajratilgan resurslar asosida ishlatishingiz hisoblanadi. Eng oddiy, ammo tayyor samarali yechimlarga ega, web interfeysli boshqaruv tizimi.
  • Reseller hosting. Bu shared-hosting-ning bir pog'ona yuqori darajasi hisoblanadi. Siz endi bir hosting akkaunt emas, butun boshli bir guruh hosting akkauntlar yaratib olib, boshqarishingiz mumkin bo'ladi. O'z nomidan, reseller - qayta sotuvchi hosting tariflari, sizga ko'p loyihali, kattaroq biznesingiz uchun kerak bo'ladi.
  • VDS hosting. Alohida virtual server, virtual mashina bo'lib, o'zining shaxsiy IP manziliga ega bo'ladi. Resurslar shared-hostingdan farqli ravishda CPU va RAM uchun aniq ajratilgan holatda bo'ladi. Shuningdek, u uchun siz o'z istagan operatsion tizimingizni o'rnatib olish huquqingiz bo'ladi (Ubuntu, Windows server, Debian, CentOS, …).
  • DS hosting. Alohida fizik server bo'lib, unda bir necha virtual mashina(VDS)lar yaratib olish va murakkabroq infratuzilmalarni shakllantirish mumkin.
  • Server Cluster hosting. Yirik bizneslar uchun bir nechta DS serverlarning birlashtirilgan holatdagi tuzilmasi.

Ushbu bo'limda biz, Hostmaster taqdim qiluvchi shared hosting xizmati haqida ma'lumot beramiz.

Hostmaster taqdim qiluvchi Web Hosting xizmati

Bizning hostingimiz sayt va ilovalaringiz uchun tez, xavfsiz va moslashuvchan muhitni taqdim etadi. Barchasi qulay cPanel boshqaruv paneli orqali boshqariladi. Oddiy blog, online store saytlardan tortib murakkab veb-ilovalargacha.

Asosiy imkoniyatlar

  • cPanel – fayllar, domenlar, pochta, DB va zaxiralarni bir joyda boshqarish
  • Dasturlash tillari – PHP, Python, Node.js qo‘llab-quvvatlanadi
  • Ma’lumotlar bazasi – MySQL, PostgreSQL
  • Pochta xizmati – korporativ email, webmail, spam himoya
  • Xavfsizlik – SSL, firewall, katalog himoyasi
  • Qo‘shimcha – 1-click installer (CMS), cron jobs, DNS boshqaruvi, statistikalar
  • Unumdorlik – tez yuklanish va barqaror ishlash uchun optimallashtirilgan serverlar

Afzalliklari

  • Moslashuvchanlik – yangi boshlaganlar uchun sodda, tajribali dasturchilar uchun esa keng imkoniyatlarga ega boshqaruv tizimi
  • Masshtablash – loyiha o‘sishi bilan resurslarni oson kengaytirish
  • To‘liq nazorat – qulay cPanel orqali barcha xizmatlarni boshqarish

cPanel hosting xizmatimizni ishga tushiring va loyihangizni barqaror, xavfsiz, hamda to‘liq nazorat ostida rivojlantirib boring!