"Git™ Version Control" interfeysi
Bu interfeys bizga Git tizimlarini bizdgi hosting bilan sinxron holda ishlashi uchun vosita vazifasini bajarib beradi.
Masalan, sizning github.comda loyihangiz bor va uni hostingga ko'chirib olmoqchisiz. Ammo oddiy arxivlash va ko'chirish usuli biroz noqulaylik tug'dirishi tabiiy va bunda bizga versiya boshqaruv tizimi - Git yordamga keladi. Ya'ni har qanday o'zgarishni siz mana shu git tizimi orqali juda qulay holatda yuklab olishingiz mumkin bo'ladi.
cPanel-ning "Git™ Version Control" interfeysi bilan esa bu jarayon bir tugmaning bosilishi bilan amalga oshadigan bo'ladi.
Faqatgina boshlang'ich sozlash ishlarini qilib olsangiz bas.
Quyida interfeysni sozlashni ko'rsatib o'tishdan avval eslatamiz, bu interfeysning ishlashini tushunish uchun sizda Git tizimi va Github platformasi bo'yicha boshlang'ich tushuncha va amaliyot bo'lishi kerak.
Github platformasidan kerakli repository-ni hosting uchun sozlab olish
Bu yerda biz testlash uchun alohida github repo yaratib olamiz va uni hostingga joylash uchun alohida subdomen ham yaratamiz.
git.scroll.uz nomli alohida subdomen yaratib olamiz
Shu o'rinda, yaratilgan subdomen uchun o'z nomi asosida papka hosil bo'ladi. Biz git repo ni aynan shu papkaga sozlaymiz
Subdomen papkasini to'liq tozalab olasiz
cPanel-ning "File manager" interfeysi orqali kirib, subdomen papkasi ichidagi barcha fayllarni (yashirinlarini ham) o'chirib yuborishigniz kerak bo'ladi
Busiz git repo clone bo'lmaydi. Sababi clone qilish jarayoni tanlangan papkaning to'liq bo'm-bo'sh bo'lishini talab qiladi. Bu juda muhim!
github.com platformasida temp nomi ostida alohida namuna repo yaratib olamiz va clone havolasini nusxalab olamiz
Git™ Version Control interfeysidan "Create" tugmasini bosamiz
Ochilgan sahifa formasida kerakli bo'limlarni to'ldiramiz va "Create" tugmasini bosamiz
- github.com da nusxalab olingan repo havolasini joylashtiramiz
- repo uchun papka sifatida subdomen papkasini kiritamiz (asosiy domen uchun
public_htmldeb kiritasiz) - "Create" tugmasini bosasiz
Shu tariqa github.com-dagi git repo bilan bog'lanma yaratiladi
Loyihadagi o'zgarishni yuklab olish
Biz allaqachon bog'lamani yaratib oldik. Shu sabab, kerakli tugmani topib, uni bosib qo'yish bilan loyiha yangilanaveradi.