"File Manager" interfeysining yon oynasi
"File Manager"`ning yon oynasi va cPanel hosting akkaunti asosiy papkalari tasnifi haqida
Sidebar xuddi "Windows OS"`dagi "File Manager" yon qismi menyusi kabi ishlaydi. Shuning uchun uni navigatsiya, ya'ni kerakli papkalar/manzillarga kirib olish uchun ishlatasiz.
Yangi olingan hosting tarkibiy qismlari
Yangi hosting sotib olganingizda, "File Manager" interfeysida siz uchun yuqoridagi papka va fayllar taqdim qilinadi.
Ular bilan birma-bir tanishib chiqamiz:
| Nomi | Turi | Maqsadi | Foydalanuvchi Nazorati (Oʻzgartirish) |
|---|---|---|---|
| etc | 🗂️ | Tizim konfiguratsiyasi. Serverdagi pochta (SMTP/POP3) va boshqa muhim xizmatlarning sozlash fayllari (masalan, parollar, yoʻnaltirish qoidalari) shu yerda joylashadi. Veb-sayt fayllari emas! | ⚠️ Tegmaslik kerak. Tizim ishiga taʼsir qilishi mumkin. Faqat cPaneldan oʻzgartirish tavsiya etiladi. |
| logs | 🗂️ | Hisobot va Xato Yozuvlari. Domenlarga qilingan har bir kirish (access) va PHP kabi skriptlarda yuzaga kelgan xato (error) yozuvlarini saqlaydi. Analitika va muammolarni bartaraf etish (debugging) uchun muhim. | ❌ Tegmaslik kerak. Bu fayllarni oʻchirish yoki oʻzgartirish hisobotga taʼsir qiladi. Faqat oʻqish uchun foydalanish mumkin. Log fayllarni o'chirib ham yubormang. Bu xavfli oqibatlarga olib kelishi mumkin. Loglarni tozalab olish uchun log fayllarni birma-bir tahrirlash uchun ochib, ichki matnini o'chirib, saqlasangiz, shu to'g'ri yo'l bo'ladi. |
| 🗂️ | Elektron Pochta Ma'lumotlari. Serverda yaratilgan har bir pochta hisobining (masalan, info@example.uz) xabarlari va sozlamalarini fizik jihatdan saqlaydi. | ⚠️ Tegmaslik kerak. Pochta aloqasini buzishi mumkin. Pochta hisoblarini faqat cPanel orqali boshqarish lozim. | |
| public_ftp | 🗂️ | Ommaviy Fayl Almashinuvi. Agar FTP serverda anonim kirishga ruxsat berilgan bo'lsa, foydalanuvchilar parolsiz yuklab olishi mumkin bo'lgan fayllar shu yerga joylanadi. | ✅ Oʻzgartirish mumkin. FTP orqali ommaga tarqatilishi reja qilingan fayllar aynan shu yerga joylanadi. |
| public_html | 🗂️ | Veb-saytning Ildizi. Brauzerga domen nomi kiritilganda server birinchi bo'lib qidiradigan papka. Barcha veb-sayt fayllari (HTML, CSS, JS, PHP, rasm va boshqalar), asosiy domen loyihasi uchun, majburiy tarzda shu yerda joylashgan boʻlishi kerak. | ✅ Asosiy Oʻzgarishlar Joyi. Asosiy domen Veb-saytini yangilash, fayllar qoʻshish yoki oʻchirish uchun faqat shu yerdan foydalaning. |
| ssl | 🗂️ | Xavfsizlik Kalitlari. Domen nomini xavfsiz (HTTPS) qilish uchun ishlatiladigan SSL sertifikatlari, shaxsiy kalitlar va CSR (Certificate Signing Request) fayllari saqlanadi. | ❌ Tegmaslik kerak. Bu yerda qilinadigan o'zgarish sertifikatlarni shikastlashi va saytni xavfsiz holatdan chiqarishi mumkin. Sertifikatlarni oʻrnatish faqat cPanel orqali amalga oshiriladi. |
| tmp | 🗂️ | Vaqtinchalik Ma'lumotlar. PHP skriptlari, sessiyalar yoki boshqa dasturlar tomonidan tezkor ishlov berish uchun yaratilgan, lekin doimiy saqlashga mo'ljallanmagan vaqtinchalik fayllar uchun maxsus foydalaniladigan papka. | ❌ Tegmaslik kerak. Server tomonidan boshqariladi. Odatda tizim ushbu fayllarni avtomatik oʻchiradi. |
| wordpress-backups | 🗂️ | Zaxira Nusxalar Ombori. Agar hosting provayderi yoki WordPress plaginlari avtomatik zaxiralashni amalga oshirsa, bu papka ularning nusxalarini xavfsiz saqlash uchun ishlatiladi. | ✅ Foydalanish va o'chirish mumkin. Bu yerdagi eski zaxiralarni oʻchirish mumkin, lekin ichki fayllarni oʻzgartirish tavsiya etilmaydi. |
| access-logs | 🔗 | Loglarga Tezkor Havola. Bu aslida papka emas, balki logs papkasidagi access yozuvlari saqlanadigan joyga berilgan simvolik havola (shortcut) hisoblanadi. | ❌ Tegmaslik kerak. Bu shunchaki havola. Uni o'chirmang, o'zgartirmang. Asl loglar logs papkasida joylashgan. |
| temp | 📄 | Vaqtinchalik Fayl. Serverda turli jarayon natijasida qolgan, ammo hali o'chirilmagan, nomlanmagan, vaqtinchalik hujjat/fayl (papka emas). | ❌ Tegmaslik kerak. Ayni payt tizim biror fayl ustida ishlayotgan va bu manashu fayl bo'lishi mumkin. Tizim ishlashi buzilishi, yoki loyiha fayllariga shikast yetishi mumkin. |
| www | 🔗 | public_html uchun Alternativ. Koʻpincha, bu public_html katalogiga berilgan havola (alias) boʻlib, domen nomini kiritishdagi xatoliklarning oldini oladi. | ❌ Tegmaslik kerak. Bu shunchaki yoʻnaltiruvchi havola. Oʻzgarishlar public_html da qilinadi. Havolani o'chirmang va o'zgartirmang |
- 🗂️ - papka
- 📄 - fayl
- 🔗 - havola(symlink | symbolic link)
Ogohlantirishlardan tushunib turgan bo'lsangiz kerak, bu yerda berilganlarning ko'piga tegish kerak emas ┐( ̄~ ̄)┌ .
Asosiy domen papkasini o'zgartirish mumkinmi?
Biz uchun faydalaniladigan papka bu public_html hisoblanadi. Aytilganidek, bu papka sizning asosiy domeningiz uchun mo'ljallangan papka hisoblanadi.
Siz istalgan payt alohida papka yaratib, asosiy domenni shu papkaga sozlab qo'ya olmaysiz. Bunga hech qanday hojat yo'q. Sizda allaqachon bu uchun ideal holatdagi papka yaratib berilgan - public_html.
Qolgan papka va fayllar bu tizim fayllari joylashadigan kataloglar hisoblanadi.
Alohida yaratiladigan papkalar
Boshqa domen va subdomenlar uchun ularni qo'shish jarayonida alohida papkalar yaratiladi.
Masalan, biz example.com domenini addon domen sifatida qo'shib ko'ramiz. Shuningdek, test.scroll.uz domenini ham:
Va albatta, istasangiz, o'z shaxsiy fayllaringizni saqlash uchun ham papka yaratib olishingiz mumkin - Yangi papka yaratish (Folder).