"File Manager" orqali fayllarni serverga yuklash

Foydalanuvchi hosting papkasi, kerakli qismiga, lokal kompyuterdan kerakli fayl/papkalarni strukturasini boshqarish

Ushbu maqolada "File Manager"`da amalga oshiriladigan eng asosiy amallardan biri - shaxsiy kompyuteringizdan loyiha(sayt) faylini hosting serverning kerakli papkasiga yuklab olish bilan tanishib chiqamiz.

Birinchi o'rinda qilinadigan ish bu, fayllar yuklanadigan papkaga kirib olish bo'ladi.

Masalan, public_html bu sizning asosiy domeningiz papkasi hisoblanadi.

Agar qo'shimcha domen, yoki subdomeningiz uchun fayl yuklanadigan bo'lsa, ularning alohida o'z papkalari bo'ladi.

Biz shu papkani ochib olamiz va "Upload" tugmasini bosamiz:

Overwrite existing files - bu, tanlangan papkadan mavjud fayllarni o'chirib yuborgan holda yuklash hisoblanadi.

Ochilgan sahifada loyiha faylini drag-and-drop holatida, yoki "Select" tugmasini bosib, "File Explorer"(Windows OS da) orqali tanlab olishingiz mumkin bo'ladi.

Biz o'zimizning misolda, oddiy html-css-js loyihamiz - "Magic 8 Ball" ni yuklab ko'ramiz.

Uning tarkibi quyidagicha:

Loyiha papkasini to'g'ridan-to'g'ri yuklashning iloji yo'q. Faqat fayllar yuklanishi mumkin. Shuning uchun biz, loyihani .zip formatida arxivlab olamiz:

So'ng, mana shu arxiv faylni tanlagan holda serverga yuklaymiz:

Go Back tugmasi bilan "File Manager" interfeysiga qaytib olamiz.

Loyihamiz arxiv fayldan ishga tushib ketmaydi, albatta. Shuning uchun uni arxivdan chiqarib olamiz.

Arxivdan chiqarish jarayoni arxiv fayl nomi bilan papka hosil qilgan holda fayllarimizni arxivdan chiqaradi.

Bu yaxshi emas. Fayllarimizni papka ichidan bir pog'ona tashqariga, ya'ni domenimiz papkasi qismiga chiqarib olishimiz kerak:

Bu yerda biz /public_html/project papkasini ochib oldik. So'ng "Select All" tugmasini bosishimiz bizga papkadagi barcha fayl va papkalarni tanlab beradi. So'ng yuqori ,menyudagi "Move", ya'ni ko'chirish amali orqali papka ichidagi barcha narsani public_html`ga ko'chirib olamiz. Yodda tuting, "Move" funksionali ochadigan dialogda ayni ochiq turgan papka manzili turgan bo'ladi. Biz uni bir qadam tashqaridagi papkaga o'zgartirib sozlab qo'yishimiz lozim. Ya'ni, bizning holatda /public_html/project turgan bo'lsa, biz uni /public_html/`ga o'zgartirib, so'ng ko'chirganmiz.

Yuqorida ko'rsatilgan papka va fayl endi kerak emas. Ularni o'chirib tashlayveramiz.

Shu bilan loyihamiz to'laligicha hosting serverdagi, domenning kerakli papkasiga kelib tushgan bo'ladi.