"Email Filters" interfeysi

Individual pochta filterlarini sozlash

cPanel v136.0.32

Ushbu interfeysga ko'p to'xtalib o'tirmaymiz. Sababi, bu interfeys va "Global Email Filters" interfeysi bir-biridan faqatgina bir qadam bilangina farq qiladi.

Global filterlarda to'g'ridan-to'g'ri sozlab ketavergan bo'lsak, endi "Email Filters" interfeysida, avvaliga aynan qaysi elektron pochta manzili uchun filter qo'yilayotgani tanlanishi kerak bo'ladi:

Qolgan qismi Global filterlar qanday sozlangan bo'lsa, xuddi o'sha bir xil boshqaruv davom etadi.

Agar siz hali "Global Email Filters" interfeysi bilan tanishib chiqmagan bo'lsangiz, ushbu qisqa maqolamiz nimani nazarda tutishini tushunish uchun bundan avvalgi interfeys bilan tanishib chiqishingiz lozim: