"File and Directory Restoration" interfeysi

Yo'qotilgan, yoki o'chirib yuborilgan fayl yoki papkani kerakli sana bo'yicha tiklab olish

Bundan avvalgi "Backup" va "Backup Wizard" interfeyslari to'liq olinadigan backup va tiklash interfeyslari bo'lgan bo'lsa, ushbu interfeys aniq tanlanadigan fayl yoki papkaning kerakli sana bo'yicha tiklanishi uchun ishlatiladi.

  1. Chap tomondagi qismda kerakli fayl yoki papkani topib olasiz;
  2. Kerakli fayl yoki papka qarshisidagi "Show Backups" tugmasi bosilishi bilan o'ng tomondagi qism tanlangan fayl yoki papka uchun mavjud zaxira nusxalarini sanalari bilan ko'rsatadi.

Masalan, quyida biz public_html papkasi ichidagi docs papkasi uchun zaxiralarni ko'rib olishimiz mumkin:

Tiklash uchun esa, kerakli sana uchun "Restore" tugmasini bosishning o'zi kifoyda qiladi.

Shuningdek, chap qismda "Enter a path" usuli orqali aniq papka manzilini ko'rsatishingiz va "Show Backups" tugmasini bosib, zaxira nusxalarini chiqarib olishingiz mumkin bo'ladi:

Doimgidek, kerakli sana uchun "Restore" tugmasini bosib, tiklab olaverasiz.