"Directory Privacy" interfeysi

Hosting papkalarini himoyalash vositasi bilan tanishib olamiz

cPanel v136.0.29

Bu juda ham oddiy funksional bo'lib, qisqa qilib aytganda, bu hosting papka(yohud loyihalarini) foydalanuvchi nomi va paroli bilan himoyalab(kirishni taqiqlab) qo'yish hisoblandi.

Jarayon va uning natijasini quyida, to'g'ridan-to'g'ri amaliyotda ko'rib chiqamiz.

Namunaviy loyiha papkasini himoyalash

"Directory Privacy" interfeysini oching va himoyalanishi kerak bo'lgan papkani tanlab, "Edit" tugmasini bosing

Biz namuna sifatida, alohida subdomen - top-secret.scroll.uzni yaratib oldik va hozir ayni shu subdomen papkasini himoyalash bilan tanishib chiqamiz.

Ochilgan sahifada "Password protect this directory" qismini belgilab, saqlashga beramiz, so'ng ortga qaytishni bosamiz
Avvalgi sahifaga qaytganimizda yangi qism - "Create User" paydo bo'lganini ko'ramiz. Bu qismdan kirish huquqi beriladigan foydalanuvchi yaratib olamiz
  1. Foydalanuvchi nomi;
  2. Parol;
  3. Parolni tasdiqlashni kiriting va;
  4. Ushbu foydalanuvchini yaratish uchun "Save" tugmasini bosing.
Yangi foydalanuvchi yaratilgandan so'ng yana ortga, shu sahifaning o'ziga qaytganimizda, pastki qismda yana bir bo'lim qo'shilib qolganini ko'ramiz - "Authorized Users". Bu qismdan siz qaysi foydalanuvchini qoldirish, qaysi birini o'chirib, olib tashlashni boshqarishingiz mumkin.
Ortga qaytib natijani tekshirib olamiz

Papka/Loyiha himoyani olib tashlash

"Directory Privacy" interfeysidan papka himoyasi olib tashlanishi kerak bo'lgan katalog to'g'risidagi "Edit" tugmasini bosing
Ochilgan sahifada "Password protect this directory" qismini nofaol holatga o'tkazasiz va "Save" tugmasini bosib, saqlaysiz
Shu tariqa papkadan parol himoyasi olinadi