Hostingda local composerni o'rnatib olish
Shaxsiy hosting panelingizda global composer mavjud bo'lmagan holatda local composerni o'rnatib olish
hostingda composer o'rnatilmagan ekan. Nima qilsam bo'ladi?
Sizlarda composer global o'rnatilgan bo'lmaydimi? O'rnatib berasizmi?
Meni Laravel loyiham bor, lekin composer yo'q deb xatolik beryapti. Sizlarda nega bu o'rnatilmagan?
PHP loyihalari uchun composer cPanel hosting serverda, boshlang'ich holatda o'rnatilmagan bo'ladi. Ho'sh, buni qanday hal qilamiz?
Global composer o'rnatilmagan bo'lishi sizning ishingizga halaqit bermaydi. Siz uni o'zingiz uchun alohida(local) o'rnatib olsangiz bo'ladi. Buning uchun bizga cPanelning "Terminal" interfeysi kerak bo'ladi.
Agar "Terminal" interfeysi sizning cPanel boshqaruv panelingizda bo'lmasa, bizning qo'llab-quvvatlash kontaktimizga yozib yuboring, adminlarimiz sizning hostingga ham bu interfeysni qo'shib beradilar.
Local composer-ni o'rnatish
"bin" papkasini yaratib olamiz
composer o'rnatuvchisini va signaturasini yuklab olamiz
composer-ni bin papkasiga o'rnatamiz va unga "composer" alias nomini biriktiramiz
composer hamma yerda ishlashi uchun bin papkamizni manzillar ro'yxatiga qo'shib qo'yamiz
Tekshirib olamiz
Shu tariqa composer-ni o'rnatib olasiz va hostingda bemalol ishlataverasiz.