cPanel-ning "Autoresponders" interfeysi

Pochta serverining avtomatik javob qaytaruvchi tuzilmalarini sozlash interfeysi

cPanel v110.0.112

cPanel tizimidagi elektron pochta tizimining yana bir maxsus funksionali bu — "Autoresponder", ya'ni domen pochta manzillariga keladigan xabarlarga avtomatik javob qaytarib turuvchi funksiyasi hisoblandi.

Interfeys quyidagicha qismlardan iborat:

  1. 3-qismda joylashgan jadval uchun, domen bo'yicha filter
  2. Yangi avto javob qaytarishni qo'shish tugmasi
  3. Mavjud avto javob qaytarish tuzilmalari jadvali

Yangi avto javob qaytaruvchini yaratish

Interfeysdagi "Add Autoresponder" tugmasini bosing
Avto javob qaytaruvchi uchun formani to'ldiring va "Create" tugmasini bosing

Yangi avto javob qaytaruvchi tuzilmani quyidagi sozlamalarni amalga oshirgan holda yaratib olasiz:

  1. Xabarda ishlatiladigan belgilar standartini tanlang. Agar bunday standartlar haqida xabaringiz bo'lmasa, utf-8 eng ko'p ishlatiladigan standard hisoblanadi va o'zida barcha kerakli belgilar(kiril harflari, va xatto emojilar)ni saqlaydi.
  2. Bu avto javobning qayta jo'natilish oraliq intervali hisoblanadi. Yaxshiroq tushunib olish uchun misollar bilan ko'rib chiqamiz:
    • Agar qiymat 0(nol) deb berilsa, pochta uchun keladigan xar bir xabar uchun avtomatik javob qaytariladi;
    • Agar qiymat 1 deb berilsa, bu 1 soat degani bo'lib, pochta uchun 1 soat davomida qayta va qayta, bir manzildan xabarlar kelib tushadigan bo'lsa, bunda faqat birinchi xabar uchun avto xabar jo'natiladi. Faqat birinchi xabar kelganidan 1 soat vaqt o'tgachgina, yana xabar kelib tushadigan bo'lsa, yana avto javob qaytariladigan bo'ladi.
  3. Avto javob sozlanayotgan pochta nomi va
  4. domenini kiritasiz
  5. Bu qismda avto javobda kimdan ekanligi,
  6. Xabar mavzusi qandayligi keltirib o'tiladi
  7. Xabarning o'zi uchun, u HTML kod sifatida berilayotgan yoki yo'qligi ko'rsatilishi kerak bo'ladi
  8. Bu qismda esa xabarning o'zi kiritiladi
  9. "Start" qismi uchun avto javob qaytaruvchining faol bo'lish vaqt oralig'ining boshlash vaqti va
  10. "Stop" qismida tugash vaqti berilishi kerak bo'ladi.

Tahrirlash va O'chirish

  1. Yaratilgan avto javob qaytaruvchini tahrirlash uchun, jadvaldagi unga tegishli "Edit",
  2. O'chirish uchun esa "Delete" havolalaridan foydalaning.

Tekshirish

Tekshirish uchun shaxsiy Gmail akkauntimizdan john.doe@scroll.uz pochtasiga xabar yuborib ko'ramiz:

Xabarni qabul qilamiz:

So'ngra, Gmail akkauntimizda avtomatik qaytarilgan pochta xabari ham paydo bo'ladi: