cPanel-ning "Forwarders" interfeysi

cPanel-ning elektron pochta xabarlarini yo'naltirish interfeysi

cPanel v134.0.20

cPanel-ning "Forwarders" interfeysida siz, bir elektron pochta xabarlarini, boshqasiga yo'naltirishni sozlab olasiz.

Interfeys quyidagicha qismlardan tashkil topgan:

  1. Email, yoki domen yo'naltiruvchisini yaratish uchun tugmalar
  2. Sozlangan elektron pochta yo'naltiruvchilarining jadvali
  3. Domen pochtalari yo'naltiruvchilarining jadvali

Elektron pochta yo'naltiruvchisini yaratish

Yangi elektron pochta yo'naltiruvchisini qo'shish uchun, "Add Forwarder" tugmasini bosing
Yangi email yo'naltiruvchisini qo'shish sahifasida formani to'ldirib, "Add Forwarder" tugmasini bosing
  1. Birinchi qo'shiladigan narsa, bu — elektron pochta xabarlari aynan qaysi elektron pochtadan yo'naltirilishi, ya'ni yo'naltiriladigan pochta manzili. Yuqoridagi formada siz, yo'naltiriluvchi pochta manzilini to'liq holda emas, balki avval nomi, so'ng domenini ko'rsatgan holda kiritasiz. Masalan, yo'naltiriluvchi pochta bu info@hosting1.scroll.uz bo'lsa, avval info(pochta nomi) so'ng hosting1.scroll.uz(pochta domeni) tanlab olinishi lozim.

Yuqoridagi rasmda biz 2 dan 6 gacha ko'rsatgan variantlarimizning bari, manzil elementlari hisoblanadi, ya'ni "destination". Bu qismda siz, birinchi qismda ko'rsatgan elektron pochtangizga elektron xabar kelib tushganda, bu xabar bilan nima ish amalga oshirishingizni tanlab olasiz.

  1. Agar kelib tushgan xabar shunchaki boshqa elektron pochtaga ham yuborilishi kerak bo'lsa, "Forward to Email Address" opsiyasini tanlaysiz va manzil pochtasini to'liq holatda kiritasiz. Bu yerda ko'rsatiladigan pochta manzili sizning domeningiz manzili bo'lishi shart emas. Bunday yo'naltirishni har qanday pochta manzili uchun sozlashingiz mumkin.
  2. Agar siz, "Discard and send an error to the sender (at SMTP time)" bandini tanlasangiz, jo'natuvchi jo'natma qabul qilinmagani haqida xabar oladi. Bu xabar matniga, sababni aniqlashtirib beruvchi matn yozib jo'natish imkoni mavjud.
  3. "Forward to a system account" qismi belgilansa, tizim akkaunti belgilanishi va pochta qabul qiluvchi xabarni umumiy tizim pochtasiga yuborilishini sozlash mumkin bo'ladi.
  4. "Pipe to a Program" qismi, shunchaki boshqa tomonga yo'naltirish bo'lmay, endi qabul qilinadigan xabarni script bilan qayta ishlash imkonini beradi. Buning uchun forma maydoniga script faylingiz manzilini kiritishingiz kerak bo'ladi. Masalan, script faylingiz public_html papkasida joylashgan bo'lsa, uning to'liq manzili - /home/sizning_papkangiz/public_html/script.php bo'ladi, siz esa input maydonga public_html/script.php holatida kiritishingiz kerak bo'ladi.
  5. Discard opsiyasi esa, bu pochta uchun xabarlarni butunlay qabul qilmaslikni sozlaydi.
Shu tariqa elektron pochta yo'naltiruvchisi yaratib olinadi

Elektron pochta yo'naltiruvchilarini o'zgartirib olish imkoniyati, ba'zi sabablarga ko'ra mavjud emas. Shuning uchun o'zgartirish amaliyotini, avval eskisini o'chirib, so'ng kerakli holatda yaratib olish orqali amalga oshirib olasiz.

Jadvalda yo'naltiruvchini o'chirib olish uchun "Delete" tugmasi berilgan bo'ladi.

Domen yo'naltiruvchisini yaratish

Domen yo'naltiruvchilari qabul qiluvchi domenning har qanday pochta xabarini yo'naltiravermaydi. Bu noto'g'ri tushuncha.

Domen yo'naltiruvchisining asl maqsadi — agar xabar qabul qiluvchi pochta mavjud bo'lmasa va autoresponder ham sozlanmagan bo'lsa, belgilangan manzil domen pochtasiga xabarlarni yo'naltirish.

Masalan, agar xabar user1@example.uz pochtasiga jo'natilsa, ammo bunday pochta mavjud bo'lmasa, shuningdek, autoresponder sozlanmagan bo'lsa, tizim bu domen uchun Domain Forwarder(domen yo'naltiruvchisi) sozlanganini tekshiradi. Mavjud bo'lsa, kerakli domen pochtasiga xabarni yo'naltiradi (masalan, sozlangan domen example2.uz bo'lsa, xabar user1@example2.uz ga jo'natiladi).

Forwarders interfeysidan "Add Domain Forwarder" tugmasini bosing
Ochilgan sahifadan formani to'ldiring va undagi "Add Domain Forwarder" tugmasini bosing
  1. Yo'naltiriladigan domenni tanlang
  2. Yo'naltiradigan domeningiz manzilini kiriting. Bu yerda siz, manzil domen uchun sizga tegishli bo'lmagan domenni ham kiritishingiz mumkin. Ammo ehtiyot bo'ling, bunda, siz qabul qiladigan spam xabarlarni boshqa domen pochtalariga yo'naltirishni sozlab qo'yishingiz mumkin.
Shu tariqa domen yo'naltiruvchisi qo'shiladi

Domen yo'naltiruvchilarini o'zgartirib olish imkoniyati, ba'zi sabablarga ko'ra mavjud emas. Shuning uchun, o'zgartirish amaliyotini, avval eskisini o'chirib, so'ng kerakli holatda yangisini yaratib olish orqali amalga oshirib olasiz.

Jadvalda yo'naltiruvchini o'chirib olish uchun "Delete" tugmasi berilgan bo'ladi.