cPanel boshqaruv panelini qanday ochib olish mumkin
Ushbu maqolada siz, sotib olgan hosting boshqaruv panelini qanday ochib olish bilan tanishasiz
- Hostmasterdan yangi hosting buyurtma qildim;
- To'lovni amalga oshirdim;
- Xo'sh, endi bu hosting boshqaruviga qayerdan kiraman
Quyida sizga mana shu holat uchun yo'riqnoma tayyorladik:
"Akkaunt" sahifasidan "Mening hostinglarim" kartochkasi ustida bosing
Bu sizdagi barcha hosting xizmarlari ro'yxati sahfasini ochadi
Ochilgan sahifada kerakli aktiv hosting uchun ko'rish(ko'z ikonasi) tugmasini bosasiz
Sizda hosting ma'lumotlari sahifasi ochiladi va u yerda hosting boshqaruv panelini ochib olish uchun barcha ma'lumotlar beriladi
- Brauzeringizda "cPanel-ga kirish" deb berilgan qismda ko'rsatilgan URL manzilini ochib oling;
- Ochilgan sahifadagi
usernamedeb berilgan forma qismiga hosting ma'lumotlarida "Login cPanel" deb berilgan qiymatni kiritasiz - Password qismiga esa hosting ma'lumotlaridagi "Parol cPanel" qiymatini kiritasiz
So'ng, sizda hosting akkaunt uchun cPanel boshqaruv paneli ochiladi:
Agar hosting aktiv bo'lsa-yu, lekin uning ma'lumotlari ichida login yoki parol uchun qiymatlar berilmagan bo'lsa, bizning qo'llab-quvvatlash kontaktimizga to'g'ridan-to'g'ri aloqaga chiqib, bu haqida xabar berishingiz mumkin.