Nega korporativ email uchun oddiy hosting to'g'ri kelmaydi?

Shared hosting nega mail server sifatida ishlatish tavsiya etilmasligi haqida tanishib oling

Nega oddiy hosting email uchun yomon tanlov?

Ko'pchilik mijozlarimiz, hosting sotib olgach, domen uchun elektron pochtalarni ham mana shu hostingning o'zida yaratib olib, ishlatmoqchi bo'ladilar. Albatta, cPanel sizga domeningiz uchun elektron pochtani juda oson yo'llar bilan yaratib olish va boshqarish imkonini beradi. Ammo biz siz bilan, bu tizim qay darajada ishonchli va stabil ekani haqida gaplashib olishimiz lozim.

Asosiy muammolar

1. Umumiy IP manzil

Oddiy(Shared) hostingda siz yuborayotgan email server IP manzili boshqa foydalanuvchilar bilan umumiy bo'ladi. Ya'ni bir nechta hosting akkaunt uchun umumiy hosting server bo'ladi va bu server IP manzili ham barcha foydalanuvchilar uchun bir xil.

Agar ulardan biri spam yuborsa:

  • IP blacklistga tushadi
  • Sizning email ham spamga ketadi yoki umuman manziliga yetib bormaydi

2. Elektron xabar yetkazilish muammolari

Korporativ email uchun eng muhim narsa — deliverability.
Shared hosting tizimini, SPF, DKIM sozlangan bo'lsa ham, Gmail, Outlook kabi servislar ishonchsiz deb qarashi mumkin

3. Cheklovlar

Oddiy hostingda barcha server foydalanuvchilari uchun xizmatni stabil ishlashini ta'minlashi va undagi tarmoqni to'g'ri taqsimlashi uchun turli cheklovlar bo'ladi. Bulardan:

  • Soatiga yuboriladigan elektron xabarlar uchun limit
  • Bulk yoki transactional email ishlamaydi
  • Queue va retry tizimi yo'q yoki juda sodda tuzilgan

4. Xavfsizlik va barqarorlik

Boshqa foydalanuvchilardan biri sabab server (IP manzili) bloklanishi mumkin. Bu esa sizning ham pochtalaringiz faoliyatiga ta'sir ko'rsatadi

Namuna

Tasavvur qiling:

  • Sizda markaz.uz domeni bor
  • Siz info@markaz.uz nomli elektron pochtani ochdingiz
  • Sayt hostingda, elektron pochta ham shu serverda yaratib olingan

Dastlab hammasi ko'zda tutilganidek ishlashi mumkin. Lekin keyinchalik:

  • Shu serverdagi boshqa user spam yuboradi
  • Server IP manzili blacklistga tushadi
  • Siz yuborgan email:
    • Gmail'da spamga tushadi
    • Ba'zan esa xabar umuman yetib bormaydi

Natijada:

  • Siz hech qanday xato qilmagansiz
  • Lekin emailingiz ishlamay qoladi

To'g'ri yechim qanday bo'ladi?

Eng yaxshi amaliyot:

  • Website — olingan hostingda qoladi
  • Email — bu uchun boshqa provayderdan alohida, maxsus email servis olinadi

Ya'ni, emailingiz boshqaruvini email tizimi uchun moslashgan professional platformaga berish kerak bo'ladi.

Tavsiya etiladigan uchinchi taraf email xizmatlari

Quyidagi xizmatlar korporativ email uchun ishonchli hisoblanadi:

  • Google Workspace
  • Microsoft 365 (Outlook)
  • Yandex 360
  • VK WorkMail
  • Zoho Mail
  • Proton Mail (biznes variantlari)
  • Rambler Mail
  • Fastmail
  • Titan Mail
  • Tutanota
  • Mailfence

Ular qanday ishlaydi?

  1. Tanlangan email xizmatida yangi hisob(akkaunt) ochasiz;
  2. Domenni u tizimga qo'shib olish uchun DNS'da kerakli yozuvlar bilan o'zgarishlar qilib olasiz;
  3. Email shu servis orqali ishlay boshlaydi va istalgan tartibda, o'sha platformaning o'zida pochtalarni yaratib olasiz va boshqaraverasiz.

Natijada:

  • Sayt hostingda ishlayveradi
  • Email esa o'zining professional infratuzilmasida ishlaydi

Xulosa

Shared hosting email uchun qulay ko'rinsa ham, u:

  • ishonchsiz;
  • cheklangan;
  • mos emas;

Email — bu biznesingiz uchun muhim xabar almashish vositasi hisoblanadi.
Shuning uchun uni shu yo'nalishga ixtisoslashgan xizmatlarga topshirish eng to'g'ri qaror bo'ladi.