cPanelda SSL sertifikati qanday olinadi (v134)

cPanel-ning "SSL/TLS Certificates" interfeysi va domenlar uchun TLS sertifikatini olish tartibi

cPanel v134.0.30

Zamonaviy cPanel versiyalarida alohida xavfsizlik menyulari yagona va soddalashtirilgan interfeysga birlashtirilgan: SSL/TLS Certificates (SSL/TLS sertifikatlari). Ushbu yangi ko'rinish eski “SSL/TLS Status” jadvali o'rnini egallaydi va sayt (TLS sertifikat bilan) shifrlanishini boshqarish uchun qulayroq tab menyuli holatga keltirilgan.

Yangi ekran maxsus kalitlardan tortib, sertifikatlarni o'rnatishgacha bo'lgan barcha jarayonlarni boshqarish uchun qulay tab menyuli holatda:

  • Wizard (Uskuna): Domenlarni bosqichma-bosqich tanlash va yangi sertifikatlarni o'rnatish uchun mo'ljallangan asosiy tab menyu.
  • Status (Holat): Faol sertifikatlarni ko'rish va tizim jurnallarini (log) tekshirish menyusi.
  • Certificates / Keys / Requests (Sertifikatlar / Kalitlar / So'rovlar): Shaxsiy kalitlar va CSR (sertifikat imzolash so'rovlari) hujjatlarini qo'lda ko'rish, yuklash yoki yaratish uchun kengaytirilgan menyu qismlari.

SSL va TLS: Farqi nimada?

Veb-saytingiz xavfsizligini boshqarishda siz SSL va TLS atamalarining tez-tez bir ma'noda qo'llanishiga guvoh bo'lasiz. Biroq ular aynan bir xil narsa emas.

SSL o'zi nima?

SSL (Secure Sockets Layer) — 1990-yillarda foydalanuvchi brauzeri va hosting serveringiz o'rtasida uzatiladigan ma'lumotlarni shifrlash uchun ishlab chiqilgan dastlabki texnologiyadir. Eski xavfsizlik zaifliklari tufayli asl SSL’ning barcha versiyalari hozirda butunlay eskirgan va ulardan foydalanish xavfli hisoblanadi.

Unda TLS nima?

TLS (Transport Layer Security) — SSL’ning zamonaviy va yuqori darajada himoyalangan voris texnologiyasi. SSL bilan aynan bir xil vazifani bajaradi — ma'lumotlarni shifrlaydi va maxfiylikni himoya qiladi, lekin ancha kuchliroq xavfsizlik algoritmlaridan foydalanilgan. Bugungi veb-standartlar faqat TLS 1.2 va TLS 1.3 protokollariga tayaniladi. Ya'ni, aslida siz doim domeningiz uchun SSL emas, TLS sertifikat olasiz.

Nima uchun biz hali ham uni "SSL" deb ataymiz?

Agar SSL eskirgan bo'lsa, nima uchun cPanel hali ham ushbu menyuni "SSL/TLS Certificates" deb ataydi?

Buning sababi odamlarning eski atamaga ko'nikib qolganliklaridan. Oxirgi 30 yil ichida "SSL" atamasi keng tanilgan nomga aylanib ulgurgan. O'z saytlarini himoya qilmoqchi bo'lgan oddiy foydalanuvchilarni chalg'itmaslik uchun dasturiy ta'minot panellari(cPanel kabi) va hosting provayderlari(jumladan biz - Hostmaster) ushbu nomdan foydalanishda davom etmoqdalar. SSL o'rnatildi deb yuritiladi, lekin aslida TLS sertifikat olingan bo'ladi.


So'rov cheklovlari (Blokirovkalar)

Domen tasdiqlanishi qayta-qayta xatolik bilan tugasa, Sertifikat Markazlari (masalan, Let's Encrypt) sizni bloklaydi:

  • 1 soatlik blok: Agar domenni tasdiqlash bir soat ichida 5 marta muvaffaqiyatsiz tugasa, siz 1 soatga bloklanasiz.
  • 7 kunlik blok: Agar siz tizimli ravishda xato bo'lgan bir xil sertifikatlarni takroran so'rayversangiz, 7 kunlik blokka tushish xavfi bor (haftasiga ko'pi bilan 5 ta bir xil sertifikat dublikatiga ruxsat beriladi).

Saytingiz ishga tushishi bir haftaga kechikmasligi uchun, sertifikat berish tugmasini bosishdan oldin hamisha DNS sozlamalari to'liq yangilanishini kutishingiz lozim.


1-qadam: Domeningiz tayyor holatdaligini tekshiring

1. Domen holatini tekshiring

Domeningiz faol va ro'yxatdan o'tgan bo'lishi kerak.

  • .uz domenlari uchun: Rasmiy reyestrni cctld.uz sayti orqali tekshiring:
    1. Qidiruv satriga domen nomini kiriting.
    2. Holat faol (aktiv) ekanligini tasdiqlang.
  • Boshqa barcha domenlar uchun (.com, .net va h.k.): whois.domaintools.com kabi standart WHOIS xizmatlaridan foydalaning:
    1. Domen nomini kiriting.
    2. Domen faol va sizning nomingizga ro'yxatdan o'tganligiga ishonch hosil qiling.

2. Domen hostingingizga yo'naltirilganini tekshiring

Domeningiz aynan siz foydalanayotgan hosting serverining IP manzilinga yo'naltirilgan bo'lishi kerak.

  1. Domenning hozirgi IP manzilini aniqlang: dnschecker.org saytiga kiring, A record turini tanlang va domeningizni qidiring. Ko'rsatilgan IP manzilini belgilab qo'ying.
  2. cPanel IP manzilini toping: cPanel boshqaruv panelining o'ng tomonidagi General Information (Umumiy ma'lumotlar) blokiga qarang. U yerdan Shared IP Address (Umumiy IP manzil) yoki Dedicated IP Address (Ajratilgan IP manzil) qiymatini toping.

⚠️ Qoida: Ushbu ikki IP manzil bir xil bo'lishi kerak. Agar ular mos kelmasa, tizim sertifikat bera olmaydi.


2-qadam: Sertifikatni "Wizard" orqali rasmiylashtirish

Domen sozlamalari to'g'ri ekanligiga ishonch hosil qilganingizdan so'ng, sertifikat yaratish uchun SSL/TLS Certificates bo'limidagi Wizard menyusiga o'tib oling.

1. Domenlarni tanlang

Wizard-ni ochganingizda, Issue a certificate (Sertifikat berish) qismiga e'tibor bering.

Agar hali hech qanday domen tanlanmagan bo'lsa, maydon bo'sh ko'rinadi. Domen ro'yxatini chiqarish uchun qidiruv maydonidan foydalaning.

2. Kerakli domenlarni belgilang

Sizning asosiy domeningiz va uning barcha subdomenlari aks etgan ro'yxat paydo bo'ladi.

  1. Chap tomondagi katakchalardan (chekbox) foydalanib, himoyalanishi kerak bo'lgan domenlarni tanlang.
  2. Life-hack: Barcha subdomenlarni birvarakasiga himoya qilish uchun wildcard domeningizni belgilasangiz, qolgan subdomenlar avtomatik tanlanadi (masalan, *.example.com).
  3. Continue (Davom etish) tugmasini bosing.

3. Tasdiqlash holatini kuzating

Interfeys sizning tanlovingizni qayta ishlaydi va har bir host uchun real vaqt rejimidagi yangilanishlarni ko'rsatadi.

  • Tanlangan elementlarda ko'k rangli Running Domain Control Validation... (Domen nazoratini tasdiqlash bajarilmoqda...) holat belgisi paydo bo'ladi.
  • Belgilanmagan yoki ichki qoidalar bilan allaqachon himoyalangan elementlar uchun pastda tegishli eslatmalar ko'rsatiladi.

4. Provayderni tanlang

Sahifani pastrog'iga tushib, Select the product that you would like for this certificate (Ushbu sertifikat uchun mahsulotni tanlang) qismiga o'ting.

Bepul va avtomatlashtirilgan asosiy xavfsizlik sertifikatini so'rash uchun pastki o'ng burchakdagi Let's Encrypt Certificate tugmasini bosing.

5. Shartlarni qabul qiling va yakunlang

Provayder shartlarini ko'rib chiqishni so'rovchi tasdiqlash oynasi ochiladi.

  1. "I acknowledge that certificates are managed by the Let's Encrypt Terms of Service." (Sertifikatlar Let's Encrypt xizmat ko'rsatish shartlari asosida boshqarilishini tasdiqlayman) yozuvi yonidagi katakchani belgilang.
  2. Ko'k rangli Continue (Davom etish) tugmasini bosing.

Tizim Sertifikat Markazi bilan bog'lanib, jarayonni yakunlaydi. Bir necha soniyadan so'ng qalqib chiquvchi oyna yopiladi va domenlaringiz to'liq shifrlanib, har 90 kunda avtomatik ravishda yangilanish rejimiga o'tadi!