O'chirilgan hostingni qanday tiklab olish mumkin
Siz avval Hostmaster'dan hosting xarid qilgansiz va undan bir muddat foydalangansiz. Keyinchalik esa turli sabablarga ko'ra xizmatdan foydalanishni to'xtatgansiz.
Oradan vaqt o'tib, o'sha hostingdagi loyihalaringizni qayta ishga tushirish zarurati tug'ildi. Bunga quyidagi holatlar sabab bo'lishi mumkin:
- loyiha fayllari va ma'lumotlar sizda saqlanmagan;
- hostingda muhim sozlamalar mavjud bo'lgan;
- yoki tayyor va ishlayotgan muhitni tiklab, ishni davom ettirishni xohlaysiz.
Hostingni tiklash jarayoni qanday kechadi?
1. So'rov yuborish
O'chirilgan hosting akkauntni tiklash imkoniyatini ko'rib chiqish uchun, support xizmatimizga to'g'ridan-to'g'ri murojaat qilishingiz kerak.
Murojaat jarayonida quyidagi ma'lumotlarni taqdim etishingiz so'raladi:
- hostingning asosiy domeni;
- oxirgi foydalanilgan vaqt (oy va yil);
- hostingni qaysi davr holatiga tiklash kerakligi.
2. Tekshiruv
So'rovingiz qabul qilingach, menejerimiz uni texnik mutaxassislarga yo'naltiradi.
Texnik xodimlar:
- hosting backup nusxasi mavjud yoki yo'qligini;
- mavjud bo'lsa, uni qaysi davr holatiga tiklash mumkinligini aniqlaydilar.
3. To'lov va tiklash
Agar kerakli backup topilsa:
- menejerimiz sizga bu haqda xabar beradi;
- tiklash xizmati va hosting uchun (oylik yoki yillik) to'lov hisobini taqdim etadi.
To'lov amalga oshirilgach, texnik xodimlar hostingni tiklash jarayonini boshlaydi va ish yakunlangach sizga xabar beriladi.