Site Publisher interfeysi
Vaqtinchalik web sahifalar yaratib olish uchun cPanel interfeysi
Aytaylik, siz domen ham, hosting ham sotib oldingiz. Ammo sizda sayt loyihasi hali tayyor emas.
Shunga qaramay, loyiha tayyor bo'lguncha, mijozlarga sayt tez orada tayyor bo'lishi haqida biror xabar chiqib turishini xohlayapsiz.
"Site Publisher" aynan shu kabi holatlarda, sayt uchun vaqtinchalik xabar sahifalarini tezda tayyorlab olish uchun mo'ljallangan cPanel uskunasi hisoblanadi.
Countdown sahifasini yaratib olish
Site Publisher interfeysidan, birinchi qadam sifatida, aynan qaysi domen uchun sahifa joylashtirishni tanlab olamiz.
Bu yerda biz loyiha uchun alohida subdomen yaratib olamiz: site-publisher.scroll.uz:
Istasangiz asosiy domeningizni belgilab jarayonni davom ettirasiz.
Keyingi ish - sahifa uchun template(shablon) tanlab olish bo'ladi
Shablon formasini to'ldirib chiqamiz
Shablon turiga qarab uning forma elementlari turlicha bo'lishi mumkin