cPanel’ning “Domenlar” bo‘limi
Ushbu bo‘lim nimaga mo‘ljallangani va bu yerda nimalarni o‘rganamiz
cPanel'da birinchi ko'rib chiqilishi kerak bo'lgan bo'lim — bu Domains bo'limidir. Uning nomi faqat domen nomlarini boshqarish uchun mo'ljallangandek tuyulsa-da, aslida bu bo'lim yana boshqa boshqaruv elementlarini o'z ichiga oladi.
cPanel'ning yangi versiyalarida interfeys soddalashtirilgan bo'lib, Domain Management endi shunchaki Domains deb nomlanadi. Addon Domains va Parked Domains bo'limlari olib tashlanib ulardagi funksional hozirda shu yangi, Domains sahifasida mavjud.
Asosiy domen sozlamalash ishlaridan tashqari, foydalanuvchilar bir nechta, veb-saytni joylashtirish uskunalariga ham ega bo'ladilar.
cPanel'dagi Domains bo'limining asosiy funksiyalari
- Domains: Yangi domenlar qo‘shish, parked va addon domenlar, subdomenlar yaratish;
- Redirects: Trafikni bir domen yoki sahifadan boshqasiga yo‘naltirish uchun URL yo‘naltirishlarini sozlash;
- Zone Editor: DNS yozuvlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri cPanel orqali tahrirlash;
- Dynamic DNS: IP manzillar o‘zgarganda, DNS yozuvlarini avtomatik yangilash, dinamik IP muhitlar yaratish uchun uskuna;
- Site Publisher: Tayyor shablonlar yordamida oddiy veb-saytni tezda ishga tushirib olish — vaqtinchalik sahifalar uchun ideal yechim;
- Sitejet Builder: cPanel ichida zamonaviy drag-and-drop veb-sayt quruvchisi, chiroyli va moslashuvchan saytlar yaratish uchun uskuna;
- WordPress Management: WordPress'ni o‘rnatish, yangilash va boshqarish imkoniyatini beruvchi muhit uskunasi.
Bu bo‘lim domen sozlamalari va odatiy tuzilmalar bilan sayt yaratib olish yo'lini tutuvchi foydalanuvchilar uchun ayniqsa asosiy bo'lib bo'lib xizmat qiladi. Agar siz ham WordPress yoki shu kabi CMS-lar bilan ishlovchi, tayyor shablonlar bilan tez va qulay tarzda saytni joylab, ishga tushirib olishni maqsad qilgan bo'lsangiz, unda shu bo'limning o'zi sizga yetarli bo'ladi.