"Disk Usage" interfeysi

Hostingimning qaysi qismi (papkasi) diskdan eng ko'p joy egallayotganini aniqlash (tahlil qilish)

cPanel v136.0.28

Ushbu maqolada biz siz bilan cPanelning muhim yordamchi interfeyslaridan biri — Disk Usage bilan tanishib olamiz.

Ushbu sahifa ikki qismdan iborat bo'lib, yuqori qismda hostingning asosiy qismlari va ular egallab turgan hajmlar bizga tushunarliroq tilda ko'rsatilgan bo'ladi.

Ammo to'liqroq ma'lumotni pastki qismda, barcha hosting papkalari va xatto ichki papkalar uchun ham olish mumkin bo'ladi.

Ya'ni yuqori qism umumiy boshlang'ich ma'lumot bo'lsa, pastki qism cPanel papka strukturasini birmuncha tushunadiganlar uchun to'liq ma'lumot beradi.

Disk Usage interfeysi bizga nega kerak?

Bu interfeys bizga shunchaki ma'lumot beruvchi sahifa emas.

Agar sida hosting disk hajmi to'lib qolsa, hamma narsa ishdan chiqishni boshlaydi - saytlaringiz, pochta, SSL yangilanishi, ba'zi cPanel interfeyslarining ishlamasligi, pochta index-lariga kirishning iloji bo'lmasligi va hokazo muammolar. Shunday vaziyatda siz birinchi o'rinda qiladigan ish bu disk hajmi to'lib qolmaganmi, shuni tekshirib olish kerak bo'lishi lozim:

Agar disk to'lib qolganini ko'rsangiz, unda sizda ikki yo'l mavjud bo'ladi:

  1. Hosting tarifingizni disk hajmi kattaroq bo'lganiga o'zgartirasiz.

    Tarif o'zgarishida ma'lumotlaringiz o'chib ketmaydi

  2. Agar moddiy yoki boshqa sabablarga ko'ra hosting tarifini o'zgartira olmasangiz unda hostingdan keraksiz fayllarni o'chirib tozalashingiz kerak bo'ladi. Masalan, eski, keraksiz rasm yoki boshqa media fayllar.

Xo'sh, bunda bizga Disk Usage qanday yordam bera oladi?

Disk Usage orqali siz aynan qaysi papka yohud hosting qismi asosiy joy egallab turgan qism ekanligini aniqlab olishingiz mumkin.

Masalan, quyida biz public_html papkasi ichidagi docs papkasi asosiy, katta disk hajmini egallab turgan papka ekanligini aniqlashimiz mumkin:

Shunga ko'ra siz hostingni tozalash bo'yicha biror qaror qabul qilishingiz mumkin bo'ladi.