cPanel-ning "Email Routing" interfeysi

Server qabul qiluvchi elektron pochta xabarlarini boshqarish/yo'naltirishni sozlash interfeysi

cPanel v134.0.23

"Email Routing", ya'ni emailni yo'naltirish bu, server hosting akkaunt domeni uchun qabul qiladigan elektron xabarlarni qayerga yo'naltirishni sozlash hisoblanadi.

"Email Routing"ni sozlash

1. Sozlama uchun domenni tanlash

Birinchi o'rinda qilinishi kerak bo'lgan ish bu — sozlama amalga oshiriladigan domeningizni tanlab olish. Sababi, sizdagi hostingda bir nechta domen mavjud bo'lishi mumkin va pochtani yo'naltirish sozlamasi har bir domen/subdomen uchun alohida sozlanadi.

2. Pochta xabarlarini yo'naltirishni avtomatik amalga oshirish

Domen tanlangach, keyingi masala bu — biz "kiruvchi pochta xabarlarini yo'naltirishni tizimning o'zi avtomatik amalga oshirsinmi, yoki biz o'zimiz aniq belgilab beramizmi?", shuni aniqlashtirib olamiz.

Xo'sh, avtomatik deb sozlasak, bu jarayon qanday kechadi?

Tizim pochta xabarlarini avtomatik yo'naltira olishi uchun, birinchi o'rinda biz domenimiz uchun MX yozuvlarini sozlab olgan bo'lishimiz kerak. Sababi, tizim aynan shu omilga tayangan holda pochta xabarlarini yo'naltirishni amalga oshiradi:

  • Agar domen uchun MX yozuvidagi domen mana shu hosting IP manziliga sozlangan bo'lsa va agar MX yozuvlari bir nechta bo'lib, aynan shu MX yozuvi eng asosiysi bo'lsa, tizim xabarni "Local Mail Exchanger" kabi yo'naltiradi.

    Asosiy MX yozuv nima degani? — Asosiy MX yozuv bu uning priority qiymati eng kichik bo'lgani hisoblanadi. Aynan shu "priority" xususiyatiga ko'ra, kattadan kichik qiymatga qarab bu MX yozuvning muhimlik omili ortib boradi.

  • Agar domen MX yozuvlaridan asosiysi emas, balki pastroq prioritydagisi ushbu hosting IP manziliga sozlangan bo'lsa, tizim yo'naltirishni "Backup Mail Exchanger" sifatida belgilaydi.
  • Agar domen MX yozuvlarining hech qaysi biri ushbu hosting IP manziliga sozlanmagan bo'lsa, tizim email routing-ni "Remote Mail Exchanger" sifatida sozlaydi.

3. "Local Mail Excahnger" opsiyasi

Bunda xabarlar shu serverning o'zidagi pochta qutisiga borib tushadi.

Agar siz ushbu hostingni elektron pochta serveri sifatida ham ishlatayotgan bo'lsangiz, ya'ni, MX yozuvlarining eng "kichik" priority qiymatidagisi ushbu hosting server IP manziliga sozlangan bo'lsa, shu opsiya sizga to'g'ri keladi.

Bu opsiyadan ko'ra tizimning avtomatik aniqlashi opsiyasi xavfsizroq deb beriladi.

Local Mail Excahnger opsiyasi ba'zida, agar siz MX yozuvlarini butunlay sozlamagan bo'lsangiz, qo'l kelishi aytiladi.

4. "Backup Mail Exchanger" opsiyasi

Bu opsiya tanlanganda, ushbu hosting server, ko'rsatilgan domen uchun qabul qiladigan pochta xabarlarini o'zida vaqtincha saqlaydi. Bu toki asosiy mail server(asosiy MX yozuvida ko'rsatilgan server) faol bo'lmaguncha davom etadi. Ya'ni, o'z nomidan - ushbu hosting bekap server sifatida ishlashi sozlanadi.

5. "Remote Mail Exchanger" opsiyasi

Siz, hech qanday MX yozuvida ushbu hosting serverga pochta xabarlarini yuborilishini sozlamagansiz va xohlamaysiz ham.

Misol uchun, siz email server sifatida uchinchi taraf pochta xizmatlari: Gmail, Office365, Mail.ru, WK mail kabilardan foydalanasiz. Domen MX yozuvi ham mana shu xizmatlar belgilagan qiymatlarga sozlangan.

Bunday holatda, agarda server, ko'rsatilgan domen uchun elektron xabarini qabul qilsa, uni eng kichik priority qiymatidagi mail serverga yo'naltirib yuboradi.