"Backup Wizard" interfeysi

Backup olishning va backupdan tiklashning qulayroq interfeysi bilan tanishib chiqamiz

Backup interfeysida biz mutaxasis sifatida to'liq backup-larni boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgandik. Backup Wizard interfeysi esa siz xuddi shu imkoniyatlarni qadamma-qadam, to'g'ri tartibda amalga oshirib olishingiz uchun yo'naltirib turuvchi vazifasini bajaradi.

Interfeysda 3 qadam orqali tegishli qism zaxiralanadi, yoki zaxiradan tiklanadi.

Birinchi qadamning o'zida siz aynan zaxiralamoqchimisiz, yoki zaxiradan tiklaysizmi, shuni tanlab olasiz. akkaunt papkasini, ma'lumotlar bazasini, pochta yo'naltirish konfiguratsiyalarini, yoki email filter konfiguratsiyalarini:

  1. Zaxirasini yaratish va yuklab olish;
  2. Yoki mavjud zaxira faylidan foydalangan holda tiklab olish.

"Wizard" tushunchasi

Usta (Wizard) — foydalanuvchini murakkab vazifani bajarish jarayonida bosqichma-bosqich yo'naltiradigan interfeys elementi hisoblanadi. Har bir bosqichda kerakli ma'lumotlar kiritiladi yoki tanlov amalga oshiriladi va jarayon ketma-ket bajarib borish orqali yakunlanadi.

Zaxiralash

Zaxiralash jarayonini biz ma'lumotlar bazasini zaxiralash misolida ko'rib chiqamiz (sababi, hosting akkaunt papkasini zaxiralashni Backup interfeysi maqolasida ko'rib chiqdik):

Back Up tugmasini bosamiz
Zaxiralash turi - Databases (ma'umotlar bazasi)ni tanlaymiz
So'nggi qadamdagi ma'lumotlar bazalari ro'yxatidan keraklisini tanlaymiz

Zaxiradan tiklash

Ushbu namunada yuqorida zaxiralangan ma'lumotlar bazasini tiklashni ko'rib chiqamiz:

"Restore" tugmasini bosamiz
Tiklash turi - Databases(Ma'lumotlar bazasi)ni tanlaymiz
Tiklash uchun zaxira faylini tanlaymiz
"Upload" - yuklash tugmasini bosamiz
Zaxira nusxasi yuklanadi va shu zaxiradan bizning bazamiz kerakli holatga tiklanadi