"Images" interfeysi

Rasm fayllari ustida turli amallarni amalga oshirish mumkin bo'lgan cPanel interfeysi bilan tanishamiz

cPanel v136.0.28

Web loyihalarda rasmlarning hosting serverga yuklanishi va ularning ustida o'lcham va o'lchovlarning normalizatsiyalari(thumbnailing, convertation, resizing) hozirda BackEnd tizimining o'zida amalga oshiriladi. Ya'ni backend frameworkning o'zi rasm yuklanishi jarayonining o'zida uning thumbnail versiyasini yaratib, undan foydalanishni yo'lga qo'yishi mumkin.

Bu davrgacha esa hamma narsalar statik bo'lgan va hozirda ham ba'zi loyihalar statik holatda qoldirilgan (baza va backend tuzilmasisiz).

Nima bo'lishidan qat'iy nazar, buni foydali deb topamizmi yoki yo'q, cPanel bizga rasmlar ustida ishlash uchun o'zining alohida interfeysini taqdim etadi - Images.

Shuningdek, quyida ko'rib chiqiladigan holatlar uchun biz alohida shop.scroll.uz nomli subdomen va uning katalogidagi images papkasiga namunaviy rasm qo'shib qo'ydik:

Scaler - rasm o'lchamini o'zgartirib olish

"Images" interfeysimizdan "Scaler" havolamizni bosamiz va ochiladigan fayl menejer kabi sahifadan o'lcham o'zgartirilishi kerak bo'lgan faylimizni topib olamiz
O'lcham o'zgartirish sahifamizda o'zimizga kerakli holatda o'lchamni belgilab olamiz va "Scale Image" tugmasini bosamiz
Natijada 2 xil fayl hosil bo'ladi
  1. old- qo'shimchasi qo'shilgan rasmning asl nusxasi;
  2. Faylning o'z nomi bilan esa o'lchami o'zgargan holati saqlanadi.

Thumbnailer - rasmlarning eskiz holatini yaratish

Vazifasi nuqtai nazaridan "Thumbnailer" xuddi "Scaler" ning butun boshli rasmlar papkasiga qo'llash mumkin bo'lgan variantiga o'xshab ketadi.

"Images" interfeysimizdan "Thumbnailer" havolamizni bosamiz va ochiladigan fayl menejer kabi sahifadan o'lcham o'zgartirilishi kerak bo'lgan papkani topib olamiz
O'zimizga kerak bo'lgan o'lcham o'zgarishini belgilaymiz va "Thumbnail Images" tugmasini bosamiz
Natijada rasmlar joylashgan papkamiz ichida "thumbnails" papkasida o'lchamlari o'zgartirilib, fayl nomi oldiga tn_ qo'shilgan holda yangi fayllar hosil bo'ladi

Converter - rasmlarning kengaytmasini o'zgartirish

Ba'zida bizning loyihamiz uchun aynan ma'lum kengaytmali rasm fayllari kerak bo'ladi va bunda biz rasmlarimizni "Converter" uskunamiz orqali kerakli kengaytma holatiga o'tkazib olishimiz mumkin bo'ladi.

"Images" interfeysimizdan "Converter" havolamizni bosamiz va ochiladigan fayl menejer kabi sahifadan kengaytmalari o'zgartiriladigan fayllar joylashgan papkani belgilaymiz (papka ichidagi aniq bir rasm faylini ham tanlash mumkin)
O'zgartiriladigan rasm formatini tanlab olamiz va "Convert" tugmasini bosamiz
Natijada rasmlarimizning biz tanlagan kengaytmadagi nusxalari paydo bo'ladi