"Mailing Lists" interfeysi

Obunachilar uchun xabarnoma shakllantirilishining "mailing lists" interfeysi bilan tanishamiz

Mijozlaringiz saytingiz yoki yana qandaydir yo'llar bilan sizdagi xabarnoma(newsletter)ga obunalikni rasmiylashtirishlari mumkin. Xo'sh bu tizim o'zi qanyday yaratiladi?

Biz bu maqolada mana shunday tizim yaratilishi va uning eng qisqa va oddiy misoli bilan tizimning ishlashini ko'rib chiqamiz.

Xabarnoma tizimini yaratish

"Mailing Lists" interfeysi orqali formani to'ldiramiz va "Add" qo'shish tugmasini bosamiz
  1. Birinchi o'rinda xabarnoma uchun nom beramiz;
  2. Parol sozlaymiz;
  3. Sozlangan parolni qayta kiritamiz;
  4. Obunaning omma uchun ochiq - Public, yoki faqat admin ruxsati bilan tasdiqlanadigan - Private ekanini belgilaymiz.
Shu tariqa xabarnoma shakli paydo bo'ladi
  1. Qo'shimcha ruxsat sozlamalari ko'rsatilgan havolani bosish orqali modal oynasida qo'shimcha sozlab olinishi mumkin;
  2. Shuningdek, xabarnoma parolini yangilash, yoki uni umuman o'chirib tashlash uchun boshqaruv tugmalari mavjud;
  3. Xabarnoma tizimi uchun cPanel Mailman-dan foydalanadi. Uning to'liq boshqaruv panelini ochib olish uchun "Manage" tugmasini bosasiz;
  4. "Delegation" qismi orqali siz xabarnoma tizimi administrator foydalanuvchilarini boshqarishingiz mumkin bo'ladi.

Obunachilarni qo'shish va ularga xabar jo'natish uchun namuna

Mailing Lists interfeysidagi xabarnoma shakli uchun "Manage" tugmasini bosib, Mailman boshqaruv panelini ochib olamiz
Boshqaruv panelida, birinchi o'rinda moderator pochtamizni qo'shib olamiz

Moderator bu xabar yuborish uchun ruxsat beriladigan pochta bo'lib, biz bu yerda info@scroll.uz dan foydalanamiz:

Pochtani kiritgach, pastroqdagi "Submit Your Changes" tugmasini bosamiz:

Keyingi o'rinda obunachi pochtalarimizni qo'shib olamiz

Buning uchun "Membership Management" bo'limining "Mass Subscribtion" funksionalidan foydalanamiz:

Endi esa moderator pochta - info@scroll.uz dan newsletter@scroll.uz ga obunachilar uchun xabar jo'natamiz
Endi esa yana Mailman boshqaruv paneliga qaytib, jo'natiladigan xabarni tasdiqlab yuborishimiz kerak bo'ladi
Xabar tasdiqlanishi bilanoq obunachilarga jo'natiladi

Xabar spam papkaga ham kelib tushishi mumkin. Inbox da bo'lamasa, spam papkani ham tekshirib ko'rasiz.

Mailman boshqaruvi juda ko'plab boshqa funksionallarga ega bo'lib, biz bu maqolada ularning barchasi bilan tanishib chiqmaymiz. Tuzilmaning qolgan boshqaruvlari o'zingiz uchun mustaqil o'rganishga qoldiramiz.