"FTP Accounts" interfeysi
FTP aloqasi, maxsus ftp akkauntlari va alohida ftp akkauntlarini yaratish
Hosting serverdagi fayllarimizni boshqarish, loyiha fayllarini serverga yuklab olish kabi muhim masalalar bo'yicha "File Manager" interfeysini yechim sifatida ko'rib chiqdik. Bu vazifa uchun keyingi nomzod - FTP aloqasi bo'ladi.
FTP tushunchasi
- FTP (File Transfer Protocol): kompyuterlar o'rtasida fayllarni uzatish uchun maxsus usul/protocol. Odatda shiflanmagan holda uzatiladi.
- SFTP (SSH File Transfer Protocol): FTP`ning xavfsizlik ta'minlangan turi bo'lib, unda fayllar shifrlangan SSH aloqasi yordamida uzatiladi.
Hozirgi zamon brauzerlari allaqachon FTP`dan voz kechishgan (ftp://example.com`ni brauzeringizdan ocha olmaysiz). Bunga sabab, albatta, xavfsizlik masalasi.
Lekin hechqisi yo'q. Biz alohida dasturiy vosita orqali SFTP tarmog'idan foydalangan holda remote(masofaviy) serverdagi fayllarimizni boshqarishimiz mumkin bo'ladi.
FTP aloqasi uchun quyidagilardan foydalanishingiz mumkin:
- FileZilla Client - biz misollarimizda ushbu dasturdan foydalanamiz;
- Core FTP - Bu dasturni cPanel Windows OS uchun taklif qiladi;
- Cyberduck - Mac OS uchun cPanel taklif qiladigan dastur;
- ...
O'zingizga maqulini o'rnatib oling.
Maxsus FTP akkauntlari
"FTP Accounts" interfeysida darrov FTP akkaunt yaratishni boshlab yuborishga shoshilmaymiz. Sababi biz uchun cPanel`ning maxsus sovg'asi bor - "Special FTP Accounts".
Siz uchun hosting akkaunt yaratilishi bilanoq FTP aloqasi uchun 2 maxsus FTP akkauntlari yaratiladi:
- Asosiy FTP akkaunt - sizning
/home/$user/papkangiz uchun maxsus bog'lanish nuqtasi, ya'ni bu FTP akkaunt bilan siz barcha fayl va papkalaringiz boshqaruviga ega bo'lasiz. - Log access akkaunt - FTP tranzaksiyalari log(jurnal)lari saqlanadigan qism uchun alohida FTP akkaunt.
Yuqorida aytilganidek, bu akkauntlar avtomatik yaratiladi va shuningdek, o'chirilmaydi ham.
Maxsus FTP akkauntlardan qanday foydalaniladi?
Ushbu jarayonni ko'rib chiqish uchun siz biror FTP client dasturini o'rnatib olgan bo'lishingiz kerak. Biz o'z misollarimizda FileZilla Client dasturidan foydalanamiz.
Asosiy maxsus FTP akkaunt orqali bog'lanish
FTP akkaunt bog'lanish ma'lumotlarini aniqlab olamiz
cPanel`ning "FTP Accounts" interfeysi, pastroqdagi "Special FTP Accounts" qismida ikki FTP akkaunt berilgan bo'lib, ulardan lucide:user ikonasi berilgan birinchi FTP akkaunt uchun "Configure FTP Client" tugmasini bosamiz:
Ko'rib turganingizdek, bizga FTP akkaunt ma'lumotlari: Username, server va port qiymatlari taqdim qilinadi.
FileZilla Client`dan foydalangan holda serverga bog'lanamiz
Yuqorida aniqlab olingan ma'lumotlardan foydalangan holda FileZilla dasturi yuqori qismida berilgan tezkor bog'lanish maydonlariga FTP akkauntimiz ma'lumotlarini kiritib chiqamiz:
Bu yerda parol maydonida cPanel`ga kirishdagi parolingizdan foydalanasiz.
Shu tariqa serverdagi /home/$user/ papkangizga FTP orqali bog'lanib olasiz.
Log access FTP akkaunti orqali bog'lanish
FTP akkaunt bog'lanish ma'lumotlarini aniqlab olamiz
cPanel`ning "FTP Accounts" interfeysi, pastroqdagi "Special FTP Accounts" qismida ikki FTP akkaunt berilgan bo'lib, ulardan lucide:file ikonasi berilgan ikkinchi FTP akkaunt uchun "Configure FTP Client" tugmasini bosamiz:
Ko'rib turganingizdek, bizga FTP akkaunt ma'lumotlari: Username, server va port qiymatlari taqdim qilinadi.
FileZilla Client`dan foydalangan holda serverga bog'lanamiz
Yuqorida aniqlab olingan ma'lumotlardan foydalangan holda FileZilla dasturi yuqori qismida berilgan tezkor bog'lanish maydonlariga FTP akkauntimiz ma'lumotlarini kiritib chiqamiz:
Bu yerda parol maydonida cPanel`ga kirishdagi parolingizdan foydalanasiz.
Shu tariqa serverdagi FTP tranzaksiyalari log fayllari joylashgan qismga FTP orqali bog'lanib olasiz.
Cheklangan shaxsiy FTP akkauntlarini yaratish
Aytaylik, sizda loyihalar miqdori ko'payib bordi, shuningdek, dasturchilaringiz ham. Yohud sizda allaqachon, ko'p tarmoqli kompaniya hostingi.
Bunday holatda har bir loyiha uchun alohida dasturchilarni tayinlamoqchisiz va aynan ular uchun o'z loyihalariga(loyiha papkalariga) FTP aloqasini yaratib olmoqchisiz.
Albatta, server hosting akkauntiga to'liq ruxsat mavjud FTP akkaunt ma'lumotlarini barcha xodimlarga ulashish to'g'ri yechim bo'lmaydi va shuning uchun alohida, cheklangan FTP akkauntlarini yaratib olamiz.
Misol tariqasida, "Farxod" ismli dasturchi uchun bank.scroll.uz subdomeni papkasiga alohida FTP akkaunt yaratib olishni ko'rib chiqamiz:
FTP Accounts interfeysi orqali cheklangan FTP akkauntini yaratib olamiz
Dasturchimiz "Farxod" uchun quyidagicha FTP akkunt yaratib olamiz:
- login:
faxod; - domen:
bank.scroll.uz; - parol:
murakkabParol1@3$; - parolni tasdiqlash:
murakkabParol1@3$; - Ruxsat etiladigan papka:
bank.scroll.uz; - Fayl almashish hajmi uchun kvota:
Unlimited(cheklanmagan).
FTP aloqasi ma'lumotlarini aniqlab olamiz
Yaratilgan akkaunt "FTP Accounts" interfeysining "FTP Accounts" qismidagi ro'yxatda paydo bo'ladi:
Bu yerda biz uchun FTP akkaunt parolini o'zgartirish(Change Password), kvotani o'zgartirish(Change Quota), ushbu FTP akkauntni o'chirish(Delete) va bizga hozir zarur bo'lgan narsa - FTP akkaunt ma'lumotlarini ko'rib olish uchun tugma - "Configure FTP Client" berilgan bo'ladi.
Mana shu "Configure FTP Client" tugmasini bosib, FTP akkaunt ma'lumotlarini ko'rib olamiz:
FileZilla orqali serverga bog'lanamiz
Yuqoridagi ma'lumotlarimiz FileZilla`ning tezkor bog'lanish bo'limi maydonlariga kiritib chiqib, bog'lanishga urinamiz: