Bundan avvalgi maqolada "shared hosting" tushunchasi va hosting akkaunt papkasi joylashuvi haqida ma'lumot berib o'tdik. Endi esa, ushbu ajratilgan hosting akkaunt papkasida fayllarni boshqarish, muhim papkalar va fayllarning vazifalari, ularga beriladigan ruxsatlarni boshqarish, yangi fayl va papkalar yaratish, yangi fayllarni yuklash kabi muhim masalalarni "File manager" interfeysi orqali amalga oshirishni ko'rib chiqamiz.
"File manager" interfeysi strukturasi
cPanel menyusida "File Manager" bo'limini tanlaganimizda, brauzerimizda alohida tab menyu bilan interfeys sahifasi ochiladi.
Ushbu interfeysni umumiy ma'noda 3 qismga ajratish mumkin:
- Yuqori qism;
- Chap qism (sidebar);
- Asosiy qism (o'ng tomondagi tarkibiy qism paneli).
Ularning har birini alohida maqolalarimizda tartib bilan ko'rib chiqamiz: