Hosting asosiy domenini qanday o‘zgartirish mumkin?
Hostingdagi asosiy domenni boshqa domenga o‘zgartirish bo‘yicha qo‘llanma
Aytaylik, siz hosting xizmatini example.uz asosiy domen sifatida sozlagan/kiritgan holda olgan edingiz. Endi esa turli sabablarga ko'ra Main Domain yorlig'i turuvchi va public_html papkasidan foydalanuvchi asosiy domenni example.net domeniga o'zgartirmoqchisiz. Xo'sh bu qanday amalga oshiriladi?
Savolingizga javob:
Bunday o‘zgarishni siz cPanel orqali mustaqil tarzda amalga oshira olmaysiz.
Hosting akkaunti uchun asosiy domenni o‘zgartirish faqat server administratori tomonidan amalga oshiriladi.
Shuning uchun, agar sizga bunday o‘zgartirish kerak bo‘lsa, bizga to‘g‘ridan-to‘g‘ri Telegram yoki elektron pochta orqali murojaat qilishingiz kerak (Pastroqda aloqa uchun havolamiz mavjud).
Bu funksionalning cPanel-ning o'zida nega joylashmaganining o'ziga yarasha sabablari bor. Asosiy domenning o'zgarishi turli nosozliklarga, ishlab turgan saytlaringizning ishlamay qolishiga olib kelishi mumkin. Server administratori esa holatni avval tahlil qilib, ehtimoliy muammolar haqida sizni ogohlantiradi.
Qanday holatlarda asosiy domenni o'zgartirmoqchi bo'lishingiz mumkin:
Yuqoridagi misoldan foydalanadigan bo'lsak, asosiy domenni example.uz-dan example.net yoki shu kabi biror domenga o'zgartirish majbur bo'lib qolgan bo'lishingiz mumkin:
- Siz endilikda
example.uzga egalik qilmaysiz va uning o'rnigaexample.net-dan foydalanmoqchisiz; - Siz kompaniyangiz brendini o'zgartirdingiz. Shuning uchun,
example.uz-dan butunlay voz kechib,sample.uz-ni asosiy domen sifatida ishlatmoqchisiz; - Siz vaqtinchalik boshqasiga tegishli domen subdomenidan foydalanayotga edingiz (masalan,
partner022.hostmaster.uz), endi esa o'z domeningizga egasiz va uni asosiy domen sifatida ishlatmoqchisiz; - Siz loyiha uchun vaqtincha turli oddiy domenlar qo'llab ishlatayotgan edingiz. Endi esa asosiy brend domenga ega bo'ldingiz. cPanel-ni turli addon domenlardan tozalab, asosiy domen sifatida brend domenini sozlab olmoqchisiz. Va shu kabi boshqa sabablar...
Qanday holatlarda asosiy domenni o'zgartirish tavsiya etilmaydi
Ba’zida mijozlar asosiy domen tushunchasini noto‘g‘ri talqin qilib, aslida zarur bo‘lmagan holatda uni o‘zgartirishga harakat qilishadi. Quyida asosiy domenni o‘zgartirish keraksiz yoki nojoiz bo‘lgan holatlar keltirilgan:
- Aytaylik sizda ikkita brend/loyiha va ular uchun domenlar mavjud:
uzum.uzvaolcha.uz.
Sizdaolcha.uzasosiy domen,uzum.uzesa addon domen sifatida qo'shib olgansiz.
Ulardanuzum.uz-ni asosiy loyiha deb hisoblayapsiz va shuning uchungina uni asosiy domen sifatida sozlab olmoqchisiz.
Bunday amalga hech qanday muhtojlik mavjud emas. Sababi mijozlaringiz brauzerlari asosiy domenni boshqacha, addon domenni boshqacha holatda ochmaydi. Ya'ni mijozlaringiz uchun asosiy domen sifatida qaysi birini sozlanganining hech qanday farqi bo'lmaydi; - Ba’zi foydalanuvchilar sayt faqat asosiy domen
public_htmlpapkasida joylashganda tezroq ishlaydi deb o‘ylashadi.
Bu noto‘g‘ri fikr — addon domenning alohida papkada joylashgani sayt tezligi yoki ishlashiga hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi. - Agar siz addon domen loyihasini tasodifan
public_htmlichiga joylashtirib yuborgan bo‘lsangiz va “shunchaki asosiy domenni o‘zgartirib qo‘yaman” deb o‘ylayotgan bo‘lsangiz — bu xato yondashuv.
To‘g‘ri yechim — fayllarni o‘z domen papkasiga ko‘chirishdir. Bu ancha soddaroq va xavfsizroq jarayon. - Asosiy domen uchun sizda ko‘plab pochta hisoblari, konfiguratsiyalar va loyihalar yaratilgan bo‘lsa — bunday hollarda domenni birdan o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.
Buning o‘rniga yangi domenni addon domen sifatida qo‘shing, barcha loyihalarni va sozlamalarni bosqichma-bosqich ko‘chiring, sinovdan o‘tkazing.
Shundan so‘nggina uni asosiy domen sifatida sozlab olish mumkin bo‘ladi.
Xulosa
Asosiy domenni o‘zgartirish — bu oddiy jarayon emas. U saytlaringiz, pochta tizimlaringiz va konfiguratsiyalarga ta’sir qilishi mumkin.
Agar sizda bunday zarurat tug‘ilgan bo‘lsa, avvalo administrator bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Shunda jarayon xavfsiz, to‘g‘ri va muammosiz amalga oshadi.