"File Manager" interfeysining yuqori qism menyusi
Fayl/kataloglarni boshqarish uskunalari
Ushbu maqolada "cPanel"`ning "File Manager" interfeysidagi yuqori qism menyusi, fayl va papkalarni boshqarish asosiy uskunalari bilan tanishib chiqamiz:
Qidiruv uskunasi
O'ng tomondan yuqorida qidiruv uskunasini ko'rishimiz mumkin:
- Birinchi o'rinda qayerdan qidirishni belgilaymiz:
- Barcha papkalarimizdan;
- public_html papkasidan (tanlangani);
- Ayni payt asosiy qismda ochilib turgan katalog ichidan.
- So'ng fayl nomini kiritamiz
- So'ngida qidiruvni boshlash uchun "Go" tugmasini bosamiz.
Bizga topilgan fayllar ro'yxati taqdim qilinadi:
Ularning ichidan keraklisi ustida ikki marta bosamiz va bizga fayl joylashgan papka ochib beriladi:
Sozlamalar
Yuqoridan o'ng tomonda, qidiruv uskunasidan so'ng, "Settings" tugmasi joylashgan bo'lib, u quyidagi umumiy sozlamalarni o'z ichiga oladi
- Bu yerda cPanel menyusida "File Manager" interfeysi tanlanganda, asosiy qismda aynan qaysi papka ochilgan holatda bo'lishi kerakligini tanlab olamiz:
- Home Directory - hosting akkaunt home papkasi, ya'ni
/home/foydalanuvchi_nomini tanlash; - Web Root - Asosiy domen papkasi hisoblanuvchi
public_html, yokiwwwpapkasini tanlash; - Public FTP Root - FTP orqali username va parolsiz fayl yuklash va yuklab olish mumkin bo'lgan
public_ftppapkasini tanlash; - Document Root for - Aynan biror domeningiz, yoki subdomeningiz papkasini tanlash mumkin.
- Keyingi funksiya - Show Hidden Files (dotfiles) - .(nuqta) bilan boshlanuvchi fayllar, ya'ni linux tizimidagi yashirin hisoblanuvchi fayllarni ko'rsatish/yashirish uchun tanlanma hisoblanadi. Bu funksional sizga yashirin holda beriluvchi muhim konfiguratsiya fayllari, masalan,
.htaccess- Apache konfiguratsiya faylini ko'rib, tahrirlab olish uchun kerak bo'ladi. - Disable Character Encoding Verification Dialogs - bu fayllarning ajralmas xarakteristik parametri bo'lgan character encoding, ya'ni fayllar belgilarining kodlash tizimi (misol sifatida: ASCII, UTF-8, UTF-16, ISO-8859-1, kabilar)ni har bir fayl tahrirlanishida aniqlashtirgan holda ochib ko'rsatish, o'zgartirish dialogining chiqishini nofaol qilib qo'yish hisoblanadi. Uni faollashtirsangiz, har safar faylni ochish yoki ko'rsatishdan oldin chiqadigan dialog endi sizni bezovta qilmaydigan bo'ladi.
Demak, Disable Character Encoding Verification Dialogs ni faollashtirmasak, har safar faylni tahrirlash uchun ochmoqchi bo'lganimizda, ushbu dialog paydo bo'ladi:
Fayllarni tahrirlashni biroz pastroqda ko'rib o'tamiz.
Action Toolbar (Amallar paneli)
Yangi fayl yaratish (File)
Tanlangan katalogda (ya'ni asosiy qismda ochilib turgan katalogda) yangi bo‘sh fayl yaratish
Fayl nomini kiritasiz va keyin "Create New File".
Istasangiz, keyingi qismda ko'rsatilgan manzilni (
/home/foydalanuvchi_nomi/public_html) boshqa katalogga o'zgartirib olishingiz mumkin
Yangi papka yaratish (Folder)
Tanlangan katalogda yangi papka yaratish
Papka/Katalog nomini kiritasiz, so'ng "Create New Folder".
Istasangiz, keyingi qismda ko'rsatilgan manzilni (
/home/foydalanuvchi_nomi/public_html) boshqa katalogga o'zgartirib olishingiz mumkin
Nusxa olish (Copy)
Tanlangan fayl yoki papkani hosting ichidagi boshqa joyga nusxalaydi.
Kerakli faylni tanlab olamiz va "Copy" tugmasini bosamiz
Ko'rsatilgan maydonga fayl ko'chirilishi kerak bo'lgan manzilni kiritamiz.
Bu yerda
/bu user papkasi, ya'ni aslida/home/username/manzili hisoblanadi.
Ko‘chirish (Move)
Fayl yoki papkani boshqa katalogga ko‘chiradi, joylashuvini o‘zgartiradi.
Kerakli faylni tanlab olamiz va "Move" tugmasini bosamiz
Ko'chirilishi kerak bo'lgan manzilni tanlaymiz va "Move Files" tugmasini bosamiz.
Yuklab olish (Download)
Tanlangan fayl yoki papkani kompyuteringizga yuklab olish imkonini beradi.
Kerakli faylni tanlaysiz va "Download" tugmasini bosasiz.
Shuningdek, ushbu amalnibajarish uchun fayl ustida, sichqoncha bilan ikki marta bosish ham mumkin.
O‘chirish (Delete)
Tanlangan fayl yoki papkani butunlay o‘chiradi. Ba’zida “Trash” bosqichini o‘tkazib yuborish mumkin.
O'chirish uchun kerakli fayl, yoki papkani tanlab olamiz, so'ng "Delete" tugmasini bosamiz.
Ochilgan tasdiqlash oynasida alohida tanlov elementi bo'lib, u sizdan "Faylni Axlat qutisi`ga tashlamasdan, butunlay o'chirib yuborish"`ni taklif qilayotgan bo'ladi.
Biz bu yerda bu funksionalni yoqmasdan, o'chirib ko'ramiz. Sababi, keyinroq uni Axlat qutisi`dan qayta tiklab olishni ko'rib olishimiz ham kerak.
"Confirm", ya'ni tasdiqlash tugmasini bosamiz va bu tanlangan faylni mavjud katalogdan o'chirib yuboradi.
Tiklash (Restore)
O'chirilgan fayl, yoki papkani tiklab olish.
Yodingizda bo'lsin, bu funksional faqat Axlat qutisi`ga kelib tushgan fayl va papkalarnigina tiklab bera oladi
"View Trash" tugmasi bizni Axlat qutisi - maxsus manzilini ochib beradi.
Tiklanishi kerak bo'lgan fayl/papka(lar)ni tanlab olib, "Restore"(tiklash) tugmasini bosamiz.
Nomini o‘zgartirish (Rename)
Fayl yoki papkaning nomini o‘zgartirish imkonini beradi.
Nomi o'zgartirilishi kerak bo'lgan fayl/papkani tanlab olamiz va "Rename" tugmasini bosamiz.
Yangi nomni kiritamiz va "Rename File" tugmasini bosamiz.
Ko‘rish (View)
Fayl mazmunini faqat o‘qish rejimida ko‘rsatadi, tahrirlashsiz.
Tarkibini o'qib olish uchun kerakli faylni tanlab olamiz va "View" tugmasini bosamiz.
Tahrirlash (Edit)
Oddiy matn fayllarini (masalan, .html, .php, .txt) tahrirlash uchun matn muharririni ochib beradi.
Tahrirlash uchun kerakli faylni tanlab olamiz va "Edit" tugmasini bosamiz.
Odatda fayl unicode`ini belgilab olish uchun yuqoridagi kabi dialog ochiladi. Shunchaki undagi "Edit" tugmasini bosamiz va bizga faylimizni tahrirlash oynasi ochiladi:
Biz bu yerda <p>new text</p> qismini qo'shib qo'ydik va natijasini ko'rib turibsiz.
Bunda o'zgarish amal qilishi uchun avval saqlash tugmasi - "Save Changes", so'ngra yopish uchun "Close" tugmasini bosgan holda foydalanishingiz mumkin.
Siqish/Arxivlash (Compress)
Fayl yoki papka(lar)ni ZIP, GZIP kabi formatlarda siqib, arxivini yaratib olish.
Arxivlash uchun barcha fayl va papkalarni tanlab olamiz, so'ng "Compress" tugmasini bosamiz.
Ochilgan dialogda arxiv formatini va qayerga, qanday nom bilan arxiv fayli saqlanishini tanlab olamiz.
So'ngida "Compress Files" tugmasini bosamiz.
Arxivdan chiqarish (Extract)
Tanlangan arxiv faylini joriy katalogga qayta ochib beradi.
Bu jarayon uchun yuqoridagi hosil qilib olgan arxiv faylimizdan foydalanamiz.
Arxiv faylni tanlab olamiz va "Extract" tugmasini bosamiz.
Arxivdan chiqarish manzilini belgilagan holda "Extract Files" tugmasini bosamiz.
Shuningdek, alohida maqolalarimizda Yuklash(Upload) va Ruxsatlarni boshqarish(Permissions)ni ko'rib chiqamiz.