"Track Delivery" interfeysi
Har bir pochta xabari yetkazilishi ma'lumotlarini tekshirish uchun maxsus interfeys bilan tanishamiz
cPanel v136.0.31
Rasmiy qo'llanma
Bu xuddi log ma'lumotlarini tekshirishga o'xshaydi, faqat aynan elektron pochta xabarlari uchun.
Interfeys filterlari
Interfeys juda oddiy tuzilgan. Kerakli filterlarni belgilaysiz va ma'lumotni ko'rib, o'qib olasiz.
- Agar pastroqda berilgan jadval log ma'lumotlarini aynan ma'lum qabul qiluvchi pochta manzili bo'yichagina tekshirib olmoqchi bo'lsangiz, uchbu maydonga kerakli pochta manzilini kiritib filterlashingiz mumkin. Pochta manzilini kiriting va "Run Report"ni bosing.
- Xabarlar yuborilishi holati bo'yicha filterlar:
- Show Success — muvaffaqiyatli yetkazilgan xabarlar;
- Show Deferred — kechiktirilgan xabarlarni ko'rsatish;
- Show Failures — yetkazilishi muvaffaqiyatsiz kechgan xabarlarni ko'rsatish;
- Show In-Progress — yetkazilishi hozircha jarayonda bo'lgan xabarlarni ko'rsatish
- Yuqorida ko'rsatilgan filterlar uchun umumiy tugmalar:
- Show All — yuqoridagi barcha filterlarni aktivlashtirish va barcha holatlardagi pochta xabarlarini ko'rsatish;
- Show Blocked & Failed — Show Failures bilan bir xil
Delivery Report jadvali ustunlari tasnifi
| Ustun | Tavsifi |
|---|---|
| Event | Yetkazilish holati ikonkasi |
| From Address | Yuboruvchi email manzili |
| Sender | Yuboruvchining cPanel foydalanuvchi nomi |
| Sent Time | Xat yuborilgan vaqt |
| Spam Score | Apache SpamAssassin spam reytingi |
| Recipient | Qabul qiluvchi email |
| Result | Natija tavsifi yoki xatolik matni |
| Actions | Batafsil hisobotni olish uchun tugma |
Jadvaldagi yetkazilish status ikonalari tasnifi
| Ikonka | Holat | Tavsifi | Sababi va Tavsiya |
|---|---|---|---|
| ✅ | Success | Xat yetkazildi. | Muammo yo'q. |
| ❓ | In-Progress / Unknown | Noma'lum / Jarayonda. | Xabarni jo'natish ko'proq vaqt olayotgan bo'lishi mumkin. Result ustunini tekshiring. |
| ⚠️ | Deferred | Kechiktirilgan (server xabarni jo'natishga qayta urinib ko'radi). | Masofaviy serverga ulanib bo'lmadi. |
| ❗ | Error | Yetkazishda xatolik. | Domen yoki manzil xato kiritilgan bo'lishi mumkin. |
| ℹ️ | Archived | Arxivlandi. | Arxivlash yoqilgan. |
| ⛔ | Rejected | Rad etildi va o'chirildi. | Yuboruvchi server xavfsiz emas yoki qora ro'yxatda. |
| 🧩 | Filtered | Qabul qilindi, lekin inbox'ga tushmadi. | Spam-filtr ushlab qolgan; Spam papkasini tekshiring. |
Demak, sizda har qanday xabar jo'natilishida muammo bo'lsa, birinchi o'rinda ushbu interfeys orqali o'sha xabar holatini, muammo xabarini tekshirib olishingiz mumkin bo'ladi. Aynan nima holat yuz berganini ko'rib olgach, tekshirishni shu yonalishda davom ettiraverasiz.
Email Address Trace
Aniq bir email manzili bo'yicha qidirilganda (yuqoridagi birinchi filter) eng pastki qismda vizual yo'nalish diagrammasi hosil bo'ladi va yo'naltirish holatlari ikonkalarda ko'rsatiladi:
| Ikonka | Holat | Tavsifi |
|---|---|---|
| 📥 | Local | Xat mahalliy pochta qutisiga (server ichiga) yetkazildi. |
| ✉️ | Remote | Xat tashqi (masofaviy) pochta qutisiga yuborildi. |
| ⏳ | Defer | Tizim xatni yuborishni kechiktirdi. |
| 👎 | Reject | Tizim xatni rad etdi. |
| ⛔ | Error | Yo'naltirish jarayonida xatolik yuz berdi. |
| ⚙️ | Command | Tizim xatni (buyruqni) qabul qildi. |
| 🗑️ | Discard | Tizim xatni bekor qildi / tashlab yubordi. |