Dynamic DNS interfeysi

Dynamic DNS interfeysi o'zi nima uchun xizmat qiladi?

"Dynamic DNS" bo'limi, bir tomonlama olib qaraganda, sizga kerakli bo'lim emas. Sababi siz hosting provayderdan, cPanel boshqaruvi ta'minlangan veb hosting xizmatini olyapsiz va demak, unda statik(o'zgarmas, turg'un) IP manzil ishlatiladi, dinamik(o'zgaruvchan) IP manzil emas.

Shunga qaramay cPanel bu funksionalni o'zida saqlaydi, sababi siz cPanel`ni shaxsiy maqsadlarda, masalan uy serveringizni tashkil etgan holda foydalanishingiz mumkin. Bunday serverga esa, masofadan turib bog'lanishda bir jiddiy muammoga duch kelasiz:

ISP, ya'ni sizga internet tarmog'ini taminlab berayotgan "Internet Service Provider" agar siz static IP`ni alohida sotib olmagan bo'lsangiz, sizdagi router`da, o'zidagi tizimga ko'ra, IP manzilni doimiy o'zgartirib turadi. Ya'ni siz umumiy taqdim qilingan dinamik IP manzildan foydalanishga majbursiz.

cPanel bu holatga mana shu interfeysi bilan yechim beradi. Har safar IP manzilingiz o'zgarganda, bu narsa dinamik ravishda sozlangan domen IP manzilini ham o'zgartirib turadi.

Demak, bu interfeys, mana shu kabi shaxsiy internet tarmoqlarida joylashgan serverda cPanel o'rnatilgan bo'lsagina ishlatilishi o'rinli bo'ladi.

Agar sizda shunday holat bo'lsa, interfeys haqida cPanel`ning rasmiy qo'llanmasidan tanishib chiqishingiz mumkin.